Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НЕКОММЕРЧЕСКИЕ ОРГАНИЗАЦИИ, ИХ РАЗВИТИЕ, ПОДДЕРЖКА И УПРАВЛЕНИЕ
Xasanov Jaxongir Botir o'g'li
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
It is not a secret that this thesis is considered a key element of the development of non-profit organizations, their development, support and management, and non-profit organizations. Today, the socio-economic situation shows that in order to have a place in the life of society, it is necessary that NGOs carry out their tasks without deviations. Key words: non-profit organization, society, development, concept, method. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng koʼlamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglik muhitini taʼminlash uchun muhim poydevor boʼldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Ma’lumki, mamlakatimizning so’ngi yillarida jamiyat hayotining barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyati, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha ta’sirli va shuning bilan birga muhim chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 200 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, 1 22 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda. Ma'lumki, zamonaviy davlatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Chunki, ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch bo’lishi lozim. Albatta, bu kuchni ularning manfaatlari tashkil etishi kerak. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida namoyon bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning a’zosi emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Bundan ko’rinadiki, har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi bo’lishi mumkin. Mamlakat fuqarolarining ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’lishi mumkindir. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Hukumat esa, bu kabi guruhlar manfaatini doim e’tiborga olishi lozim hisoblanadi. Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Oʼzbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish boʼyichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi toʼgʼrisidа” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilinib, unda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Farmondan misol keltiradigan bo’lsak, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yoʼnaltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish. Shuningdek, mamlakatimizda yashayotgan insonlarning huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining ochiqligini yanada kuchaytirish, shuning bilan birga fuqarolik jamiyati institutlarining ro’li hamda aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jamoat birlashmasi tushunchasi nodavlat notijorat tashkilot tushunchasidan oldinroq paydo bo‘lgan. Demak, jamoat birlashmasi tushunchasining keng mazmunga egaligini Asosiy qonunda, qonunlarda, shuningdek ko‘plab qonun osti hujjatlarida jamoat birlashmasi tushunchasi ko‘p qo‘llanilgani bilan izohlash mumkin. Shuningdek, ba’zi mualliflar “90 yillar o‘rtalaridayoq nodavlat tashkilot atamasi”
Доказательный фрагмент
«It is not a secret that this thesis is considered a key element of the development of non-profit organizations, their development, support and management, and non-profit organizations.»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is not a secret that this thesis is considered a key element of the development of non-profit organizations, their development, support and management, and non-profit organizations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- non-profit organization, society, development, concept, method, nodavlat notijorat tashkilot, НПО
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025