Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ВНЕДРЕНИЕ НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО МУЗЫКАЛЬНОМУ ВОСПИТАНИЮ НА УРОКАХ МУЗЫКИ
Rustamova Xurshidabonu Jamshidovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article focuses on the issue of introducing scientific pedagogical research on music education in music lessons. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are cited throughout the article. Key words: musical education system, scientific pedagogical research, music lesson. ВНЕДРЕНИЕ НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО МУЗЫКАЛЬНОМУ ВОСПИТАНИЮ НА УРОКАХ МУЗЫКИ Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос внедрения научно- педагогических исследований по музыкальному воспитанию на уроках музыки. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы цитируются на протяжении всей статьи. Ключевые слова: система музыкального образования, научно-педагогические исследования, урок музыки. Uzluksiz ta'lim tizimida musiqiy ta'lim tizimi bir necha bosqichlardan iborat. Musiqa ta'limi boshqa fanlar kabi maktabdan emas, balki maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanadi va ta'lim tizimining barcha jabhalarida davom etadi. Musiqa shunday san'at turiki, u insonlami kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri - ta'lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go‘zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san'atning xalqchilligi to‘g‘risidagi ta'limotga suyanib, o‘quvchilarning obyektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste'dodini o‘stiradi hamda ularda yuksak ma'naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg‘u va fikrlarni rivojlantirish, go‘zallikni ko‘ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi. Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi, o‘quvchilarni go‘zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko‘ra bilishga o‘rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, hatti-harakatlariga, xulq- atvoriga ta'sir o‘tkazadi. Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqindir. 1 21 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg‘ularni aks ettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni to‘lqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo‘ladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug‘orilgan bo‘ladi, musiqada hayot va o‘lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zayiflik kabi masalalar aks etadi. Musiqaning inson ruhiyatiga ta'sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o‘ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san'atlar ichida. musiqa san'atining insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari - ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta'siri, uning ichki dunyosini o‘zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo‘lgan. Musiqa san'ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga kuchli ta'sir etadi. Oilada, bog‘chada, maktabda musiqa mashg‘ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san'atni to‘g‘ri tushunishdagi samarali yo‘ldir. Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg‘ulariga faol ta'sir etadi. Musiqa ham fan, ham san'atdir. U fizika va matematikaga asoslanadi, bu fanlar musiqani fanga aylantiradi. Lekin musiqa asariga shu fanning turg‘un tushunchasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Chunki musiqa har doim rivojlanib turuvchi jonli san'atdir. Musiqa san'ati inson hayotining ilk yillaridanoq uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Musiqa inson umrining doimiy yo‘ldoshi. Olim Stendalning aytishiga ko‘ra, musiqa — san'at turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir. «Musiqa san'atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea-hodisalarni ifodali aks ettiradi. Ammo u me'morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o‘lchovlari bilan belgilanmaydi. Musiqa ko‘rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok etiladi. Musiqa mavzui o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarini qamrab ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyg‘u va kayfiyatini ifodalaydi. Musiqa voqelikning his-tuyg‘uli qiyofasini yaratadi». Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega.
Доказательный фрагмент
«This article focuses on the issue of introducing scientific pedagogical research on music education in music lessons.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article focuses on the issue of introducing scientific pedagogical research on music education in music lessons. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- musical education system, scientific pedagogical research, music lesson, система музыкального образования, musiqiy ta'lim tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025