К содержанию
РецензированоEN2026

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

This article describes Beruni's work in the development of natural sciences and his invaluable contribution to the study of natural science. The encyclopedic scientist, based on his natural science observations and experiments, comes to the conclusion that phenomena in nature are governed by certain laws of nature. Keywords: medicine, minerals, biological properties, changing the appearance of the earth, natural sciences Xorazm azaldan o’z tabiatining go’zalligi bilan olamga mashxur bo’lgan va bu hududda qadimdan chorvachilik, dehqonchilik, sug’orish inshootlari qurish, ipakchilik paxtachilik va asalarichilik rivojlangan. Ajdododlarimiz o’zlari yashagan maskan tabiatini asrab- avaylaganlar, doim avlodlariga ozod va obod Vatanni qoldirish uchun harakat qilganlar. Ular o’zlarini tabiatning farzandlari deb bilganlar. 18 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Allomalarimiz tabiatdagi mavjud muvozanati buzmaslikka katta e’tibor berganlarki, bugunga kunga kelib bunday qarashlar tabiatshunoslik tushunchasining asosiga aylangan. Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048) Ma’mun akadеmiyasining yеtuk оlimi, ajоyib rahbari edi. Ular X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashab ijod etgan jahon ilm-faniga katta hissa qo`shgan allomalardan biri hisoblanadi. Beruniy jahon fani rivojiga katta taʼsir qilib, yaratgan asarlari ma'lum sohalar boʻyicha oʻziga xos Xorazm ilmiy maktabini vujudga keltirdi. Beruniy ushbu maktabning yorqin namoyondasi boʻlib qolmasdan, balki, Sharqning yirik ilm-ma’rifat markazi - "Dor-ul hikma va ma’rif" yoki Ma’mun akademiyasining mоhir tashkilotchisi boʻlgan . Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining shakllanishi va taraqqiy qilishida eldоshimiz Abu Rayhоn Bеruniy ning ilmiy kashfiyotlari ham muhim rоl o’ynaydi. Ma’mun akadеmiyasi оlimlari Bеruniyning asarlaridan ma’naviy оziqlandilar, ularning ilmiy xulоsa va kashfiyotlarini o’z tadqiqоtlari bilan bоyitdilar va rivоjlantirdilar. Bеruniy turli ilmlarga dоir 156 ta asar muallifi bo’lib, shulardan bizgacha 30 ga yaqini еtib kеlgan, хоlоs. "Qadimgi xalqlardan qоlgan yodgоrliklar", "Hindistоn", "Minеrоlоgiya", "Qоnuni Ma'sudiy", "Saydana" va bоshqa asarlari оlimga o’z zamоnasidayoq ulkan shuhrat kеltirgan asarlar bo’lib hоzirgi kunda ham fan оlamining nоdir asarlaridan sanaladi. Оlimning Yer sharining o’lchamlari haqidagi ilmiy хulоsalari ham hоzirgi zamоn faniga yaqin bo’lib, ancha aniq va mukammal xulоsalardandir. Beruniy tabiiy fanlar ravnaqida, ilk fanlar koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan narsa va hodisalarning oʻzaro taʼsiri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba'zi hodisalarni quyoshning ta'siri bilan izohlaydi. Uning fikricha, inson tabiat qoidalariga rioya qilishi lozim. Beruniy ba'zi tabiiy- ilmiy masalalarda tabiat hayotidagi dialektikani topishga harakat qiladi va shu zaylda , umumiy shaklda boʻlsa ham, keying davrlardagi tabiatshunos olimlarga ba'zi muhim ilmiy yutuqlarga erishish uchun yoʻl koʻrsatib beradi . Masalan, Beruniy fikricha, yerdagi oʻsimlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangandir. Lekin oʻsimlik va hayvonlar cheksiz koʻpayishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: " Erkin nasl qoldirish bilan dunyo toʻlib boraveradi ".Garchi dunyo cheklangan boʻlsada, kunlar oʻtishi bilan bu ikki oʻsish natijasida koʻpayish cheklanmaydi. Agarda oʻsimliklardan jonivorlardan biror xilining oʻsishiga sharoit boʻlmay, oʻsishdan toʻxtab ham 19 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshqalarida bu ahvol boʻlmaydi. Ular birdaniga paydo boʻlib, birdaniga yoʻq boʻlib ketadi. Balki ularning biri yoʻqolgan ham, u oʻz oʻxshashni qoldirib ketadi. Agar yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning koʻpayishiga ham, daraxtning oʻsishiga ham oʻrin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni oʻtoq qilib, keraksizini yulib tashlaydi. Bogʻbon ham daraxtlarning meva beradigan shoxlarini qoldirib, keraksizini kesib tashlaydi. Beruniy asarlarida oʻsimlik va hayvonlarning biologic xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Beruniy “Saydana “ nomli asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o’simliklardan 101 tasi hayvonlardan ,107 tasi esa minerallardan olinadi. Har bir o’simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan. “Saydana“ Beruniyning so`ngi asari bo`lsa ham, olim yoshlik chog`laridan boshlab dorivor o`simliklar bilan qiziqqan va ularning boshqa tillardagi nomlarini aniqlab yig`ib yurgan.”Yoshligimdanoq,- deydi Beruniy,- mening tabiatimda o`z yoshim va holimga yarasha bilim olishga haddan tashqari ishtiyoq bor edi. Bunga shohid sifatida quyidagin

Доказательный фрагмент

«This article describes Beruni's work in the development of natural sciences and his invaluable contribution to the study of natural science.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes Beruni's work in the development of natural sciences and his invaluable contribution to the study of natural science. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
medicine, minerals, biological properties, changing the appearance of, lotin alifbosi, arab yozuvi, avlodlararo uzviylik, madaniy xotira, O‘zbekiston, kirill alifbosi, yozuv islohoti, milliy o‘zlik, madaniy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники