К содержанию
РецензированоRU2023

ПРИМЕНЕНИЕ СРЕДСТВА САРКАСТИЧЕСКОГО ИЗОБРАЖЕНИЯ В РОМАНЕ "ЛЮДИ В ЖАРЕ"

VOSITASINING QO’LLANILISHI · Yulduz Turdiyeva

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article contains information about the use of the sarcastic image medium in the novel “people in heat”. Key words: irony, humorous works, people in the heat, agronomist, ironic plates, high patriotic singer, fundamentals of Literary Studies. ПРИМЕНЕНИЕ СРЕДСТВА САРКАСТИЧЕСКОГО ИЗОБРАЖЕНИЯ В РОМАНЕ "ЛЮДИ В ЖАРЕ" Аннотация. В этой статье представлена информация о применении средства саркастического изображения в романе” Люди в жаре". Ключевые слова: Ирония, юмористические произведения, люди в жаре, агроном, саркастические кадры, высокий патриотический певец, основы литературоведения. Ilmiy adabiyotlarda kinoyaga turlicha ta’rif keltiriladi, xususan, To’xta Boboyevning “Adabiyotshunoslik asoslari” darsligida: “Kinoya (yunon. Eironeio – bilib bilmaslikka olish) – inkorning bir ko’rinishi bo’lib, tasvir ob’yekti ustidan kesatish, qochiriq yo’li bilan yashirin kulish, piching. Kinoya ikki xil (fosh qiluvchi va shunchaki qochiriq, yengil kulgi) bo’ladi. Hajviyotda fosh qiluvchi sarkazm kinoya bo’lsa, yumoristik asarlarda quvnoq kulgi, piching, shunchaki yengil qochiriqlar) bo’ladi” [1:150-bet]. “Jaziramadagi odamlar” romanida kinoyaning birinchi, ya’ni fosh qiluvchi – sarkazm turi yetakchilik qiladi. Muallif bu vosita orqali ayrim kishilarning salbiy xarakter jihatlarini, kamchiliklarini fosh qiladi, jamiyatdagi yozilmagan qonun-qoidalarni tanqid ostiga oladi, kishilarning hayotida ularning xohish-istaklari emas, mana shu qoidalar hukmronligiga kinoya orqali ishora qiladi. Asar qahramonlaridan Ulash agronom xarakteriga xos xususiyatlar, ayniqsa qusurlari haqida bir muncha xulosaga ega bo’lgan kitobxon uchun uning yaltiroq, shishirilgan sharga o’xshash balandparvoz gaplari, nodoatiy ishlari yangilik bo’lmasligi mumkin, lekin yozuvchi qahramonining bu xarakteri, dunyoqarashi, o’zini tutishidan foydalanib, kinoya, sarkazm qilish orqali kishilardagi ayrim illatlarni ustidan achchiq kuladi: “Yuksak vatanparvar kuychisi, motamsoro ayolning aljirashlari chin chiqib, hali boshlamagan dostoni chala qolishidan cho’chiganmi, yo hukumat sha’ni toptalganidan ozorlanganmi, har qalay, og’ir-ezgin xayollarga cho’mibdi. Cho’ma-cho’ma, go’yo davlat sha’niga tomgan dog’ni yuvib tashlashga oshiqqanday, uch-to’rt piyola limmo-lim aroqni ketma-ket sipqorib yuboribdi” [2:161-bet]. Askarlikdagi O’roqning to’satdan yuz bergan o’limi har qanday onaizorni ezib qo’ygani kabi Xosiyat xolani ham telba holiga keltirib qo’yayozgandi. Shu boisdanmi, farzandining 1 19 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tirikligiga sabab bo’luvchi zarracha umiddan ham najot kutib, boshqalar bilan o’g’lining tirik bo’lishi mumkinligi haqidagi o’z taxminlari, xayollarini baham ko’ruvchi ona kishilar nazdida telbaga aylangan, o’glining askarlikka xiyonat qilib qochgan bo’lsa-da, tirik kelishiga umid bog’lagan bu onaga ba’zi “vatanparvar” hamqishloqlari “sotqin” sifatida qaray boshlashadi. Ularning munosabatini muallif umumiy qilib, agronomning kinoyaviy holatida ochib beradi. Shuningdek, kishilar uchun balandparvozlik hislari, chin insoniy rishtalardan ustun turishi, ba’zi shaxslar atrofdagilarning fojeasi, g’amidanda o’z manfaatida foydalanib qolishga harakat qilishi bu kinoyalar zamiriga yashirinadi. Zero, O’roqning o’limidan qahramonlik, Xosiyat xolaning azasidan motamsoro ona, yosh beva Lolaning achchiq qismati sadoqatli yosh beva timsollarini yaratib, ular haqida doston yozishni lof urib va’da qilgan, buning orqasidan o’z obro’sini oshirishni, shoirlik cho’qqisini zabt etishni maqsad qilgan shu – Ulash agronom emasmi!? “Uslub hodisasi bo’lmish kinoyaning voqelanishida nutq ohangi, turli ekstralingvistik omillar (imo-ishora, mimika, poza) muhim rol o’ynaydi. Biroq uni yuzaga keltiruvchi asos ziddiyat bo’lib, bu va yashirin kulgining mavjudligi uning ko’chim sifatidagi kinoya bilan mushtarak xususiyatidir” [3:16-bet]. Darhaqiqat, o’zining dissertatsiyasida kinoya haqida keng fikr yuritgan Mashhura Sheraliyeva kinoyani yuzaga keltiruvchi, badiiy kuchini ta’minlovchi omillar haqida ham to’xtalib o’tadi. Aynan, kinoyaning zamiridagi jamiyatga, ijtimoiy muhitga, odatlarga yoxud kishilardagi xarakter xususiyatlarga bo’lgan ziddiyatli tasviri va uning zamiridagi achchiq kulgu yozuvchi badiiy niyatini ifodalashda qo’l keladi. Xususan, asar boshida xiyonatdan jabr ko’rgan qiz obrazini yaratgan Shabnamning O’roqdan keyingi chin sevgisi bo’lmish Sherbekkada jafo qilib, boshqasiga turmushga chiqish voqealari mahorat bilan kinoya qilinadi. Bunda muallif, aslida yozganlarini teskari, ya’ni zid ma’nosini nazarda tutgan holda, biroz kesatiq, biroz samimiy kulgu bilan voqealarni yanada qiziqarli va ta’sirliroq qilib tasvirlaydi, agar yozuvchi Shabnamdagi bu vaziyatni to’g’riligicha, hikoya yo’li bilan yoritib berganida, uning zamiridagi asl ma’nosi bunchalar kuchli ta’sirga ega bo’lmas va o’quvchini ham o’ziga jalb etolmasdi. Shu boisdanmi, asardagi har bir katta yoxud kichik ob

Доказательный фрагмент

«This article contains information about the use of the sarcastic image medium in the novel “people in heat”.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article contains information about the use of the sarcastic image medium in the novel “people in heat”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
irony, humorous works, people in the heat, agronomist, ironic plates, high, Ирония, Kinoya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники