К содержанию
РецензированоRU2023

ИСТОРИЯ И РАЗВИТИЕ «ЖЕНСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ» В ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИИ

TARIXI VA RIVOJLANISHI · LITERARY STUDIES

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article discusses the history of the formation of "Women's Literature" in literary studies and its role in Uzbek literature Key words: "Women's literature", typological similarities, genetic characteristics, poem debate, literary school. ИСТОРИЯ И РАЗВИТИЕ «ЖЕНСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ» В ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИИ Аннотация. Oй статье рассматривается история становления «женской литературы» в литературоведении и ее роль в узбекской литературе. Ключевые слова: «Женская литература», типологическое сходство, генетическая характеристика, литературная школа. Jahon adabiyotshunosligida ilk bor amerikalik tadqiqotchilar fanga “Ayollar adabiyoti” degan tushunchani olib kirishdi. Zero, XX asr o‘rtalariga kelib jahon feminizasiyasi1 o‘z ta’sirini so‘z san’ati bo‘lmish adabiyotga ham o‘tkazayotgan edi. N.Beym 1978 yilda “Ayollar adabiyoti” nomli kitobini nashr qildi. N.Beym ayollar asarlarining o‘ziga xos tipologik xususiyatlarini kashf etdi2. Unda XIX asrning o‘rtalarida katta mashhurlikka ega bo‘lgan, biroq keyinchalik ismlari aktualligini yo‘qotgan ayol ijodkorlarning asarlari tahlil qilingan. Bular Ketrin - Mariya Sedjvik, Sara Xeyl, A.Dj. Greyvs, Mariya Makintosh, Emma Sautuort va Karolina Li Xens, Mari Kamins va Mariam Kouls Xarris. Yuqoridagi ijodkorlarning asarlarini tahlil qilish borasida Nina Beym “ayollar romani”ning o‘ziga xos tipologik xususiyatlarini kashf etdi. Adabiyotshunoslikda “Ayollar adabiyoti” borasidagi kuzatishlar “Ayollar adabiyotshunosligi” terminologik tushunchasini yuzaga keltirdi. Bu fan hali taraqqiyot davrini o‘z boshidan kechirmoqda. “Ayollar adabiyotshunosligi”ga munosib hissa qo‘shgan ingliz adibasi Virdjiniya Vulf3 sanaladi. Yapon adabiyotshunoslari “Yaponiya ayollar adabiyoti”ni 1 феминизм – лотинчада социал ва ижтимоий фаолиятда аёллар ҳуқуқи учун ҳаракат 2 Baym N. Woman‘s fiction: F guide to nevels by a. about women in America, 1820-1870. – Hhaga; London: Cernel unif.Press. 1978. – 320 p.; Бу ҳақда қаранг: Умурова Г. Зулфия бадиий олами ва поэтик мактаби. Филол. фан. д-ри (DSc)... дисс. – Самарқанд: 2019. 3 Rigney B.H. A wreath upon the grave? The influence of Virginia Woolf on feminist critical theory// Criticism and critical theory.- L.: Arnold, 1984. Б.73 1 09 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ shakllantirgan adibalar ijodini o‘rganib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, ayol ijodkorlarning qahramon obrazini yaratishdagi genderlik alomatlarini aniqladi. Yu.Rumak mashhur yozuvchilar asarlarini tahlil qilib, ularda genetik jihatdan farqni ko‘rsatdi. Chunonchi, yapon adibalari asarlarini yaponcha yozuv (idyeografik sillabik, ya’ni aralash yozuv) bilan, erkak yozuvchilar esa xitoycha yozuvda yozgan. Chunki o‘rta asrlarda Yaponiyada xitoy tili ilm-fan tili, rasmiy hujjat va olimlar tili deb hisoblangan. Murakkabligi bois xitoy tilini yapon ayollari o‘rgana olmaganlar.4 Xuddi shunday o‘zbek adabiyotida poetik maktab yaratgan ayol ijodkorlar ham mavjudki, ularning adabiy merosini, estetik olamini tadqiq etish bizlarni mana shu kabi fikrlarga olib keladi. O‘zbek adabiyotida ham ayollar adabiyotini keng tadqiq etish uchun yetarlicha manbaa mavjud. Chunki, o‘zbek mumtoz adabiyotida ayol ijodkorlarning o‘rni va o‘z nufuzi bo‘lgan. Saroylarda shoiralarning, ijodkor ayollarning maxsus mushoiralari, adabiy anjumanlari muntazam bo‘lib o‘tgan. Ularning asarlari e’tiroflarga, tahsinlarga sazovor bo‘lgan. Jumladan, shoira Nodira, Jahon Otin Uvaysiy, Dilshodi Barno, Anbar Otin kabi ijodkor ayollarning ijodiy merosi o‘zbek adabiyotida ayollar adabiyotining ancha ilgari paydo bo‘lganiga ishoradir. Chunki bu shoiralardan katta adabiy maktab qolganki, uning an’analari bugungi kunda ham tadqiq etilmoqda. Ular yaratgan adabiy maktablarda yuzlab yosh shoiralar shakllangan, ayollarning ilmli, ziyoli, diniy va dunyoviy bilimlarni mukammal egallashi ijodining pafosiga aylangan. Tarixiy yodnomalarda, tazkiralarda ularning adabiyot nazariyasining bilimdoni ekanligi, adabiyotning bir qancha janrlarida ijod qilganligi e’tirof etilgan. Ijodiy jarayonda ayollar obrazi tasviri bilan ayollar adabiyotining o‘ziga xos farqli jihatlari mavjud. O‘zbek adabiyotining eng sara asarlari ayollarga bag‘ishlangan, ularni madh etgan asarlardir. Shuning bilan birga o‘zbek shoiralari va adibalari, ularning ijodi, adabiy merosi, mahorati ham o‘ziga xosdir. O‘zbek adabiyotida maktab yaratgan shoiralarimiz tomonidan yaratilgan adabiy maktablarning – ayollar adabiyotining shakllanishida o‘rni beqiyos. XX asr o‘zbek adabiyotida mana shunday adabiy maktab yaratgan shoiralar sirasiga shoira Zulfiya adabiy maktabini kiritishimiz mumkin. Chunki shoira Zulfiya adabiy maktabi T.Sodiqova, H.Xudoyberdiyeva, O.Hojiyeva, G.Jo‘rayeva, H.Ahmedova singari bir qancha iste’dodli shoiralarni yetishtirib berdi. Shubhasiz, adabiy maktab, ijodiy muhitni iste’dodlar yaratadi. Ayni paytda bu muhit yetishib chiqayotgan ijodkorlarning saviyasini belgilaydi. Har bir adabiy

Доказательный фрагмент

«This article discusses the history of the formation of "Women's Literature" in literary studies and its role in Uzbek literature Key words: "Women's literature", typological similarities, genetic characteristics, poem…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the history of the formation of "Women's Literature" in literary studies and its role in Uzbek literature Key words: "Women's literature", typological similarities, genetic characteristics, poem… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Women's literature", typological similarities, genetic characteristics, poem, “Ayollar adabiyoti”,, «Женская литература»,
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники