Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБЕННОСТИ ЖАНРА РОМАНА (НА ПРИМЕРЕ МИНИ-РОМАНА УЛУГБЕКА ХАМДАМА «НАМАТАК»)
Oʻrolova Mohichehra
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, Ulugbek Hamdam's mini-novel "Namatak", the definition of the concept of the novel, the events in the work, the content of the work, the concept of the novel in Uzbek literary studies, and the characteristics of the novel are discussed. Key words: Modern literature, problem, artistic language, volume, center, artistic aesthetic, social psychological, event. ОСОБЕННОСТИ ЖАНРА РОМАНА (НА ПРИМЕРЕ МИНИ-РОМАНА УЛУГБЕКА ХАМДАМА «НАМАТАК») Аннотация. В данной статье мини-роман Улугбека Хамдама «Наматак», определение понятия романа, события в произведении, содержание произведения, понятие романа в узбекском литературоведении, характеристика романа Обсуждаются. Ключевые слова: современная литература, проблема, художественный язык, объем, центр, художественная эстетика, социально-психологический, событие. Roman haqida so'zlaganimizda, shaxs ruhiyatini keng qamrovda ifodalab, katta hajmliligi bilan hikoya va qissadan ajralib turuvchi butunlikni tushunami. Ammo bu aksariyat romanlarga xos. Sababi shundaki, ba'zi romanlar hajman qissadan uncha farq qilmasligi, bir syujetdan tarkib topib, voqealar vaqt nuqtayi nazaridan qisqa davom etishi ham mumkin. Masalan yozuvchi Ulug'bek Hamdam qalamiga mansub "Na'matak" romani. Asar hajm jihatidan juda kichik, biroq uchta avlod haqida hikoya qiladi. Bunday vaziyatda o'quvchi tasavvurida "Roman" nima? - degan savol tugʻilishi mumkin. Adabiyotushunos professor Dilmurod Quronov "Adabiyotshunoslik lug'ati " kitobida roman haqida shunday deydi: "Roman (roman - lotin tilida emas, roman tillaridan birida yozilgan ma'nosida)- zamonaviy adabiyotda epik turning yirik hajmli janridir". Darhaqiqat roman bir sjuyetdan tarkib topuvchi butunlik. Romanning bugunini tushunish, unga xos belgilarni aniqlash uchun, uning qachon va qayerda paydo bo'lganligi, ya'ni tarixiga murojaat qilish kerak. Ilk romanlar milodning XII-XIII asrlarida roman tillarida so‘zlashuvchi xalqlar orasida vujudga kelgan. "Roman tillari" tushunchasi Rimga tegishli degan ma‘noni anglatib, lotin tili asosida shakllangan ispan, italyan, portugal, fransuz tillarini o‘z ichiga olgan. Ovrupodagi deyarli barcha davlatlar uchun lotin tili rasmiy va badiiy til sanalgan. Ammo aholining asosiy qismi, bu tilni bilmagan. Shu asnoda yurtdagi quyi tabaqa vakillariga o‘z tilini 1 07 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qulayroq o‘rgatish maqsadida, romanlar yozishga ehtiyoj sezilgan. Ulugʻbek Hamdamning "Namatak" romanini mutoala qilgan odam, bir qarashda uning tub mazmun mohiyatini uncha anglay olmasligi mumkin, ammo asarni tubdan tahlil qiladigan boʻlsak, uning zamirida qanday yuksak maʼno yotganligini anglab olamiz. "Qanday koʻzla boqsa odam olamga, Shunday javob aylar olam odamga". Quyidagi jumla asarga epigraf qilib olingan va asarning asl mohiyatini, ushbu jumla oʻzida mujassam etgan desak ham mubolagʻa boʻlmaydi. Ikki qoʻshni hovlisi oʻrtasida bir naʼmatak paydo boʻladi. Qoʻshnilar oʻzlarining tomonlariga tushgan naʼmataklarni "oʻzganing haqqi" qabilida, chelakka terib, bir - birlariga olib chiqib berishardi. Shu asnoda, bu odatni ularning farzandlar, yigit va qiz ham davom ettirishadi. Naʼmatak ularning tanishuvi, muhabbati va umr yoʻllarining bogʻlanishiga sabab boʻldi. Oradan yillar oʻtib, oʻsha hovlida ularning avlodlari yashar edi. "Zamonlar oʻtgan sayin, insonlar oʻzagara boradi" deganlaridek, bu avlodlarning ochkoʻzlik, nafs, tuygʻulari insoniylik sifatlaridan ustun kelib, bir - birlari bilan har kuni naʼmatakning ustidan janjal qilishardi. Bir kuni ikki qoʻshni yana qattiq urushishdi va janjal fojiaga aylanib, oʻsha yigit va qizga baxt ulashgan naʼmatak bir qoʻshnining oʻlimi, yana birining esa qamalishiga sabab boʻladi. Namatak chopilib qayta koʻkaradi, ammo endi uning atrofida bir - biriga dushman ekanliginigina biluvchi, qoʻshni yigit va qiz paydo boʻladi. Hozirgi kunda keksa nuroniylarimiz, yohud koʻpchilik insonlardan: "zamon oʻzgaryabdi, odamlarda odamgarchilik, mehr - oqibat tuygʻulari qolmayabdi. Yoshlar oʻzgaryabdi, " kabi soʻzlarni kuzatamiz. Yozuvchi ham xuddi shu jumlalarni asarida mujassam qilishga harakat qilgan. Yozuvchi birinchi avlod orqali mehr oqibat, ikkinchisi orqali esa ochkoʻzlik, nafs sifatlarini yoritib bergan, zero har uchala holat markazida ham Namatak turibdi. Demak har uchchala holatga ham Namatak sababchimi? Bu savolga, yuqorida keltirilgan: "Qanday koʻzla boqsa odam olamga, Shunday javob aylar olam odamga" epigrafi javob boʻla oladi. Uchinchi avlod vakillari Namatakni, u bilan boʻlgan voqealarni uncha yaxshi bilishmaydi, shunchaki bir- birlariga dushman ekanliklarini anglashadi xolos. Yozuvchi bu orqali insonlar hozirda oʻzlari yashayotgan hayotga, voqealarga, hatto oʻz taqdirlariga, turli sinovlarning chorasini topishga harakat ham qilmay qoʻyganligini, shunchalik darajada befarq boʻlib ketishayotganini uqtirmoqchi boʻladi. Romanni oʻrganish borasida oʻzbek adabiyotshunosligida dastlab
Доказательный фрагмент
«In this article, Ulugbek Hamdam's mini-novel "Namatak", the definition of the concept of the novel, the events in the work, the content of the work, the concept of the novel in Uzbek literary studies, and the characte…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, Ulugbek Hamdam's mini-novel "Namatak", the definition of the concept of the novel, the events in the work, the content of the work, the concept of the novel in Uzbek literary studies, and the characte… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Modern literature, problem, artistic language, volume, center, artistic, Zamonaviy adabiyot, современная литература
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026