Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАЗВИТИЕ ПРОСВЕЩЕНИЯ В АФГАНИСТАНЕ ВО ВРЕМЯ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ И ПОСЛЕ НЕЕ
MAORIFNING RIVOJLANISHI · Do’smatova Oltinoy Tursun qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article covers the development of the maorif in the state of Afghanistan, the work done in the cultural and educational spheres, the achievements and results of Afghanistan in the field of Education. In addition, Afghanistan emphasized issues of the state of schools, implemented constitutional measures, World War II, and the development of the educational system in Afghanistan during the post-war period Key words: Afghanistan, education system, reforms, pedagogical educational institutions, termination of illiteracy, cultural and trade and economic relations. Afg’onistonning ushbu davrgacha bo’lgan tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ta’lim tizimi, madaniyat va maorif tushunchalari deyarli juda sekin tadrijiy rivojlanish bosqichlarini bosib o’tganligini guvohi bo’lamiz. Faqatgina XX asrning 20-30-yillariga kelib, amir Omonullaxonning sa’y-harakatlari natijasida birmuncha islohotlar o’tkazilganligini ko’rishimiz mumkin. Afg’onistonda ikkinchi jahon urushi yillarida ta’lim tizimining rivojlanishi sekinlashdi. Maorif vazirligi 1940-yilga kelib 1938-yilda qabul qilingan 5 yillik ta’limni rivojlantirish dasturini qayta ko’rib chiqishga majbur bo’ldi. Bu bilan aholining o’ziga to’q qismlari ta’lim olishi mumkinligi yana birinchi o’ringa chiqdi. 8 82 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Urush yillarida maktab ta’limida pedagog kadrlarga bo’lgan talab yana kuchaydi. Lekin o’qituvchilarning soni avvalgi yillarga qaraganda ko’paygan edi. Yashash sharoitining og’irlashgani tufayli ko’plab malakali o’qituvchilar maktabni tashlab ketdilar, ularning o’rnini esa quyi darajada bilim olgan kadrlar bilan to’ldirildi. 1957-yilda Kobulda nashr etilgan Maorif Vazirligining 50-yillar hisobotida „o’qituvchilar qayerda bor bo’lsa, hammasi yig‘ildi“ deb ko’rsatilgani ham buni tasdiqlaydi[9.669]. Kobul va Qandahor pedagogika o’quv yurtlarida o’quv kurslari tezlashtirildi. 1940-yilda bu kurslarni bitirgan 215 ta bitiruvchi boshlang’ich maktablarga jo’natildi[7.198]. O’qituvchilarni malakasini oshirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi, shulardan biri 1945/1946-yillarda Kobulda o’qituvchilar malaka oshirish kechki kurslarining tashkil qilinishi bo’ldi. Bu kurslar ikki bo’limdan iborat bo’lgan: ularning biri boshlang’ich maktab o’qituvchilarini tayyorlagan, ikkinchisi to’liqsiz o’rta ta’limga yo’naltirilgan. Ta’lim pedagogika bilim yurtining mas’ul bo’limi dasturi asosida olib borilgan. Afg’onistonda pushtu tili o’qituvchilari uchun bir qancha kurslar faoliyat yuritgan. Maorif vazirligining buyrug’iga ko’ra xalq ta’limi tizimida ishlaydigan barcha o’qituvchi va xizmatchilar bo’sh vaqtlarida xaftada 3 marta bir soatdan pushtu tili kurslariga borishlari shart edi. Pushtu tili bo’yicha tekshiruv imtihonida 6 balldan past baho olgan o’qituvchilarning maoshi 6% ga pasaytirilishi belgilab qo’yildi. 1941/1942-yillarda barcha boshlang’ich maktablarda o’qish muddati 6 yillik qilib belgilab qo’yildi. 5 va 6-sinflar uchun 1942/1943-yillarda 54 ta yangi maktablar ochilgan. Urush yillarida katta yoshli aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish bo’yicha kurslarning ishlashi davom ettirildi. Bu kurslar armiyada ham tashkil etildi. Afg’on hukumati chet eldan ham malakali mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etgani uchun ularga mahalliy kadrlarga qaraganda ko’proq mablag‘ sarflagan. Chunki ular o’z maoshlaridan norozi bo’lsalar, xohlagan vaqtda shartnomani tugatib, mamlakatdan ketishi mumkin bo’lgan. 1944-yilda Maorif vazirligi Britaniya Hindistoni hukumatiga litseylarga ingliz tilida dars o’tish uchun o’qituvchilar guruhini jo’natishni so’rab murojaat qildi. Yosh avlodning dunyoqarashining shakllanishiga bu vaqtda ham ruhoniylarning ta’siri kuchli bo’lgan. O’quv dasturida avvalgidek diniy fanlar keng o’rin olgan edi. 1944-yilda diniy ta’lim tizimi Kobuldagi musulmon qonunshunoslari diniy seminariyasi bilan to’ldirildi. „Seminariyani tashkil etishdan maqsad, - deyiladi Maorif vazirligining hisobotida, - zamonaviy bilimga ega ulamolarni va maktablar uchun diniy o’qituvchilarni tayyorlashdir“. Seminariyada o’qish muddati 3 yil bo’lib, 1944-yilda 80 ta o’quvchi qabul qilingan[5.53]. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Afg’onistonda maorif rivolanishining yangi bosqichi boshlandi. Bunga sabab Afg’oniston iqtisodiyotida birmuncha o’sishning kuzatilishi bo’ldi. Urushdan keyingi davrda afg’on jamoatchiligi orasida xalq ta’limi tizimini kengaytirish va mamlakatda aholi savodsizligiga barham berish uchun chiqishlar tez-tez takrorlanib turdi. Ma’rifatparvarlikning maqsadlari „Vish Zalmiyon“ („Uyg’oq yoshlar“) nomi ostida mashhur bo’lgan ijtimoiy harakatlar dasturida o’rin olgan edi. Uning a’zolari jaholat va madaniy qoloqlikni tugatishga chaqirdilar. 50-yillarda, xususan, 5 yillik reja qabul qilingandan so’ng ma’rifatparvarlikda ma’lum o’sish kuzatildi. Bunga birinchi navbatda xalq ta’limiga ajratilgan mablag’larning ko’payganligi sabab bo’ldi. Bu paytga kelib
Доказательный фрагмент
«This article covers the development of the maorif in the state of Afghanistan, the work done in the cultural and educational spheres, the achievements and results of Afghanistan in the field of Education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers the development of the maorif in the state of Afghanistan, the work done in the cultural and educational spheres, the achievements and results of Afghanistan in the field of Education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Afghanistan, education system, reforms, pedagogical educational institutions, Афганистан, Afg’oniston
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025