К содержанию
РецензированоRU2023

ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЛЕКСЕМ, СВЯЗАННЫХ С ХЛЕБОМ

Temirova Kamola Baxtiyor qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article provides information about dough products, foods made from dough, including bread. Also, there are comments about bread, the explanation of bread-related lexemes, the description of bread types in explanatory dictionaries, and the preparation of bread types in explanatory dictionaries, and the preparation procedures of some types of bread. Keywords: food names, dough dishes, bread and bakery products, obi bread (home bread), jirish bread, shirmoy bread, komacg, etc. ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЛЕКСЕМ, СВЯЗАННЫХ С ХЛЕБОМ Аннотация. В данной статье представлена информация об изделиях из теста, продуктах из теста, в том числе о хлебе. Также есть комментарии о хлебе, объяснение лексем, связанных с хлебом, описание видов хлеба в толковых словарях, приготовление видов хлеба в толковых словарях и процедуры приготовления некоторых видов хлеба. Ключевые слова: названия блюд, блюда из теста, хлеб и хлебобулочные изделия, хлеб оби (домашний хлеб), хлеб джириш, хлеб ширмой, комач и др. Ma’lumki, lug‘at jami bilimlar majmuyi hisoblanadi. Unda inson so‘z boyligi jamlangan bo‘ladi. Lug‘at orqali kishining fikri aniqlashadi, nutqi to‘g‘rilanadi va obrazlilik ta’minlanadi. Lug‘at ustida ishlashdan maqsad – so‘z yoki termin ma’nosi, imlosi, etimologiyasi, talaffuzi, tarjimasi singarilar aniqlashtirish va ular haqida ma’lumotga ega bo‘lishdan iborat. Lugʻatlar maʼnaviy, madaniy sohada muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Shuningdek lug’atlarda oziq-ovqat mahsulotlari, taom nomlari, jumladan, xamirli taomlarning etimologiyasi, tayyorlanish jarayonlari haqida ma’lumotlar berilgan. O’zbek xonadoni oshxonasiga mansub bo’lgan xamir taomlar chiroyli ko’rinishi, serlazzat va to’qtutarligi bilan ajralib turadi. O‘zbek dasturxonini xamir mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Xamir mahsulotlari xamirning quyidagi to’rt turidan, ya’ni: 1. oddiy xamirturushsiz xamirdan. Bu xildagi xamir patir, somsa, qatlama, manti, chuchvara va lag’mon tayyorlash uchun ishlatiladi. 2. oddiy xamirturushli xamirdan. Xamirturushli xamir obi non, gijda non, har turli somsalar va yutangza tayyorlash uchun ishlatiladi; 8 37 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 3. xamirturushsiz sut, yog’, tuxum solingan xamirdan. Bunday xamirdan turli nonlar, patir, kulcha, o’rama, chak-chak, zangza, bo’g’irsoq kabilar tayyorlanadi. 4. xamirturushli sut, yog’, tuxum solingan xamirdan tayyorlanadi. 1 Yuqorida xamirdan tayyorlanadigan oziq-ovqat nomlarini qayd etib o’tdik. Aynan ushbu maqolamizda o’zbek dasturxonini bezab turuvchi non va non mahsulotlarining lug’atlarda ifodalanishi haqida to’xtalmoqchimiz. Non o‘zbek mentaliteti tushunchasini belgilab beruvchi muhim madaniy tushunchadir. Binobarin, “non va dasturxon”ni o‘zbek xalqining ma’naviy dunyoqarashi uchun ajralmas tarkibiy qism, osoyishta uyning eng muhim ramzi sifatida tahlil qilish mumkin va yana shuni ta’kidlaymizki, tarixiy asarlarda yoki zamonaviy mualliflar asarlarida bu axloqiy zamin o‘zining asosiy maqsadini yo‘qotmaydi. O‘zbek tilining 5 tomli izohli lug’atida non haqida, shuningdek, ushbu leksema bilan bog’liq birliklar haqida izohlar qoldirilgan. NON – (non; oziq-ovqat) 1. Xamirdan tayyorlanib, tandir, o‘choq, tovada pishiriladigan yegulik. Masalan, bug‘doy non, zog‘ora non, shirmoy non, bo‘lka non. Non yasab bo‘lguncha, tandir qizidi. Keyin bir chekkadan yopdim (Oybek, Tanlangan asarlar). 2. Umuman, yegulik- ichgulik, yashash, tirikchilik uchun zarur narsa. Masalan, Matqovul aka, men non toparmikanman, deb qorin g‘amida maktab ochganim yo‘q, – dedi u bosiqlik bilan. 3. Non gadoyi – nonga zor, kambag‘al – qashshoq. U yo o‘z-o‘zini o‘ldirardi, yo xizmatkor yigit bilan bir yurtga qochib, kambag‘allikda, non gadoyi bo‘lib yashardi (Oybek, Tanlangan asarlar). 4. Non yemoq biror narsadan foydalanib tirikchilik o‘tkazmoq, kun kechirmoq. Doim hovli, yer janjalidan non yeb yuradigan bir ellikboshi, afandining yo‘lini to‘sib, ko‘rgan tushini aytib berdi (“Latifalar”). 5. Non sindirish (yoki ushatish) etnografiya. nikoh to‘yi marosimlarining bir qismi: qiz tomon, ya’ni uning ota-onalari sovchi yuborgan tomonga o‘z roziligini bergach, sovchilar keltirgan dasturxon ochilib, shu rozilik belgisi sifatida non sindirilishi va to‘y bilan bog‘liq masalalarning belgilanishi, hal qilinishidir. 6. Noni butun – tirikchilik, yashash uchun zarur narsalari but, muhayyo, hech narsadan kamchiligi yo‘q, bekam-ko‘st, to‘kisligidir. Masalan, Sartarosh u dunyo, bu dunyo xor bo‘lmaydi. Hamma vaqt noni butun. 7. Noni yarimta – biror sherik yoki raqobatchi tufayli topish- tutishi kamaygan, yetishmay qolganlikdir. Masalan, nima, Qobilov kelib, nonimiz yarimta bo‘lib qoldimi, aksincha, qo‘lni-qo‘lga berib ishlasangiz, bitta noningiz ikkita bo‘ladi. 8. Nonini tuya qilmoq – birovga tegishli haqning ma’lum qismini olmoq, o‘zlashtirmoq. Masalan: “Bo‘shanglik qil

Доказательный фрагмент

«This article provides information about dough products, foods made from dough, including bread.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about dough products, foods made from dough, including bread. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
food names, dough dishes, bread and bakery products, obi bread (home bread), Lug’at, названия блюд
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники