Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕКСИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА (НА ПРИМЕРЕ ФРАНЦУЗСКОГО)
TARJIMANING LEKSIK MUAMMOLARI · (FRANSUZ TILI MISOLIDA) · Hayitboyeva Dilnoza Ne’mat qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the lexical and semantic problems of translation, which are often encountered in translation. Key words: semantic meaning, idiom, adequate translation, word equivalent. ЛЕКСИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА (НА ПРИМЕРЕ ФРАНЦУЗСКОГО) Аннотация. В данной статье говорится о лексико-семантических проблемах перевода, которые часто встречаются при переводе. Ключевые слова: семантическое значение, фразеологизм, адекватный перевод, словесный эквивалент. Tarjimaning murakkab muammolaridan biri bu tarjima tilidagi so’zning aynan ma’nosini bera oladigan mos so'zlarni topib boshqa tilga tarjima qilishdir. Bu qiyinchilik so'zlarning semantik tabiati bilan izohlanadi. Leksik birlik kabi soʻzlar fransuz va oʻzbek tillarida juda kamdan-kam uchraydi. Koʻpincha oʻzbekcha soʻz fransuz tilida qoʻshma soʻz yoki boshqa soʻz turkumiga mos keladi. So‘z biror narsa yoki hodisa haqidagi tushunchani shakl va ma’no majmui orqali ifodalaydi. So`z ma`nosi ostida predmetga va mantiqqa bog`liq ma`no tushuniladi, va shu bilan birga atash ma'nosi va hissiy ma'no o'rtasida farqlanadi. Atash ma'nosi unitar obyektni - shaxs yoki geografik tushunchani nomlash uchun xizmat qiladi. Hissiy ma’no bu his-tuyg'ularni ifodalaydi (qo'rquv hissi, hurmat hissi, sevgi hissi..). Variantlar orasidan mos so'zni tanlash masalasi tarjimada birlamchi savol hisoblanadi. Eng mos so'zni topish uchun so'zning semantik tahliliga tayanish kerak bo'ladi. So'zning mantiqiy ma'nosi ikkiga bo'linadi: o’z ma'nosi va ko’chma ma'nosi. Ko’chma maʼnoli so’zlar tarixiy taraqqiyoti jarayonida asta-sekin shakllanadi. Ko‘p hollarda fransuz va o‘zbek so‘zlarining asosiy ma’nolarining mos kelishi va ko’chma ma’nolarining mos kelmasligini kuzatamiz. Masalan, “stol” so’zning fransuz tiliga tarjimasi “table” so‘zning o’z ma’nosi hisoblanadi. Ammo ko’chma ma'noga kelsak, bu biroz farq qiladi: 1. stol (mebel)-table 2. taom: aimer la table - mazali ovqatlanishni yaxshi ko'rish; 7 48 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tenir table ouverte - mehmondo'st bo'lmoq - dasturxoni ko'zlar. 3. bayram. Présider la table - davrani olib bormoq. 4. faire table rase - yo‘q qilmoq, yer bilan yakson qilmoq. 5. table de manoeuvre - boshqaruv pulti . 6. table en marbre - marmar bilan qoplangan stol. 7. table de matière - mundarija . Table de Mendeleiev – Mendeleyev davriy jadvali. Table de multiplication - karra jadvali. Xuddi shu kabi holatni idiomalar misolida ham korishimiz mumkin : Payer argent sur table = payer argent comptant = payer argent sec - naqd pul bilan to'lash. Bas bout de la table - davraning eng o'tgan qismi (davraning to’ri). Iboralarning bu tarzda qo’llanishini misol tariqasida gaplarda ko’rib chiqamiz. Sur un signe du marquis, Julien était resté au bas bout de la table. Pour se donner une contenence, il se mit à tailler des plumes (Stendhal, Le Rouge et le Noir) Markizning belgisiga ko'ra, Juyen stolning to’rida o'tirdi. Bezovta bo'lib ko'rinmaslik uchun u patlarni tuzatishni boshladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, tarjimaning leksik muammolaridan biri tegishli so'zni tanlashdan iborat. Tarjimonning maqsadi ko‘zlangan tildagi asl matndagi so‘zga semantik va stilistik jihatdan mos keladigan so‘zni topishdir. Aniq, shunday so'zlar borki, ularning ma'nosi ikki tilda deyarli to'liq mos keladi. Fransuz tilidagi livre, montagne, mer, froid, jeune kabi so‘zlarning o‘zbek tilida o‘z ekvivalenti bor. Ammo, afsuski, so'zlarning aksariyati ikki tilda ham asl ma'nosiga mos kelavermaydi. Misol uchun, fransuzcha “aller” so‘zining ekvivalenti o‘zbek tilidagi « bormoq » degan ma’nodan ko’ra ko’proq mazmunga ega. Aller- bormoq 1. aller à pied - Piyoda yurmoq. 2. aller au bureau - Ishga bormoq (bormoq). 3. ce chemin va au village - Bu yo’l qishloqqa olib boradi (olib bormoq). 4. le travail va bien - Ishlar yaxshi ketapti. 5. ce chapeau lui va bien - Bu shlyapa unga yarashyapti (yarashmoq). 6. Comment allez-vouz ? – Ishlaring qanday? 7. elle allait sur ses 70 ans - U 70 yoshlarda edi. 8. aller avec qn - “kim bilandir yurmoq” (sevishmoq). 9. allez-y! - boshidak, ketdik ... 10. aller chercher qn- kimnidir olib kelmoq 11. il va partir – U hozir jo’nab ketadi. ( Future proche zamoni) 12. billet aller et retour – borish-kelish chiptasi. 13. billet aller simple - faqat boorish uchun bilet. O'zbek tilida esa: Yurmoq, qadam tashlab yurmoq 1. umuman, bir joydan jilmoq, siljimoq 2. hayot kechirmoq, yashamoq - Ruslar orasida yurib, til o’rgandim. Jiyanim uch yil biznikida yurdi. 3. birga bo’lmoq- Nodon bilan yurma, nomusingni bukma (maqol). 4. qatnamoq- Markazdan qishloqimizga avtobus yuradi . 7 49 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 5. sevishmoq- Ular bir necha yil sevishib yurishdi. 6. yurmoq (ko’chma ma’noda) - Mening maslahatimga yurmadi. Ko'p so'zlar, o'z ma'nosidan tashqari, qandaydir his-tuyg'ularni ifod
Доказательный фрагмент
«This article talks about the lexical and semantic problems of translation, which are often encountered in translation.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the lexical and semantic problems of translation, which are often encountered in translation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- semantic meaning, idiom, adequate translation, word equivalent, семантическое значение, semantik ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024