К содержанию
РецензированоRU2023

ИСКУССТВО И ТЕМАТИКА ПРОЗЫ ХАЛМУХАММЕДА КАРИМИ

Sodiqova Dilshoda · Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU talabasi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

Kholmuhammad Karimi, one of the ADIBS, whose current period significantly contributes to the development of Uzbek storytelling. Our writer has gained the attention of many literary critics and readers with his stories on various topics. In this article, the writer Nazar Eshonkul's H. His views on Karimiy, his thoughts and article on the writer shahsiyati by literary scholar Bahadir Karim, are included in the collections of Kholmuhammad Karimiy. Key words: story genre, household problem, chronotope, traditional image method, language of symbols, Paphos. ИСКУССТВО И ТЕМАТИКА ПРОЗЫ ХАЛМУХАММЕДА КАРИМИ Аннотация. Одним из писателей, внесших значительный вклад в развитие узбекского сказительства современности, является Халмухамед карими. Наш писатель привлек внимание многих литературоведов и читателей своими рассказами на разные темы. В этой статье представлен список произведений писателя Назара эшонкула. Включены его взгляды на карими, мысли и статья литературного критика Бахадура Карима о личности писателя, а также сборники халмухаммада карими. Ключевые слова: жанр рассказа, бытовая проблема, хронотоп, традиционный метод изображения, язык символов, пафос. Bugungi kunga kelib maʼnaviy qadriyat, madaniyat, adabiyot va ilm-fanga bo‘lgan eʼtibor kuchaymoqda. Milliy mustaqillik qoʻlga kiritilgandan so‘ng barcha sohalarda boʻlgani kabi badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikda jiddiy oʻzgarishlar yuzaga keldi. Milliy adabiyotimiz turfa xil shakl va ohanglarda oʻz aksini topa boshladi. Hozirgi davr adabiyoti insonning botiniy olami, ruhiyatini badiiy tadqiq qilar ekan, xilma- xil ramzlar, majoziy talqinlar anʼanasini yuksak darajaga koʻtardi. Jumladan, keyingi yillar oʻzbek hikoyachiligida yangicha uslubiy izlanishlarni kuzatish mumkin. Hozirgi davrda bu janrning rivojiga sezilarli xissa qo‘shib kelayotgan nosirlardan biri Xolmuhammad Karimiydir. Adib milliy adabiy anʼanalarni ham, dunyo adabiyoti tajribalarini ham yaxshi oʻzlashtirgan, doimiy harakatda, izlanishda, anʼanaviy tasvir usullarini yangilashga intilgan, oʻz uslubiga, fikriga ega ijodkordir. Xolmuhammad Karim Xudoyberdi o‘g‘li Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida Katman qishlog'ida 1966-yilning 21-yanvarida tug'ilgan. Shu qishloqdagi Abdulla Qodiriy nomidagi o‘rta maktabni bitirib, paxta tozalash zavodida ishlagan. 1990-1995 yillarda Toshkent 6 76 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Davlat Universitetining oʻzbek filologiya fakultetida oʻqiydi. Oʻqishni bitirib Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Qoʻlyozmalar institutida tadqiqotchi boʻlib ishga kiradi. 1996-yili aspiranturaga qabul qilinadi. Manbashunoslik va matnshunoslik yoʻnalishida “Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlari nasriy bayonlari tadqiqoti” (arab harfidagi eski oʻzbek tilida) nomli ilmiy mavzu ustida ishlaydi. 1997-yilda “Hurayro” nomli birinchi hikoyasi matbuotda eʼlon qilingan edi. Shundan keyin 2005-yilga kelib 12 ta hikoya jamlangan “Hurayro” nomli toʻplamni nashr ettiradi. 2011- yilda (Toshkent: Akademnashr) “Hurliqo” qissa va hikoyalar toʻplami, 2014-yilda (Toshkent: Akademnashr) “Buni hayot deydilar...” va 2017-yili (Toshkent: Sharq nashriyoti) “Ovunchoq tosh” nomli hikoyalar toʻplami nashr etilgan hamda 2022-yili Turkiyaning uluslararo “Paradigma akademik” nashriyotida “Samarqand fasli” qissa va hikoyalar toʻplami nashr etilgan, “Urush koʻrgan odamlar” biografik kitob muallifi. Oilali, uch nafar farzandi bor. Professor ustozimiz Bahodir Karim "Odamlarni tanish yo‘lida" nomli maqolasida: "Xolmuxammad Karimiy toʻgʻrisoʻz, choʻrtkesar odam. Bor gapini yuzing-koʻzing demaydi, tabiiy bir tarzda aytadi- qoʻyadi. Oʻzining kimligini ham yaxshi biladi. Oʻylashimcha, u maqtovdan koʻpirib, taltayib ketmaydi. Tanqid sababli kalam-daftarini yig'ishtirib kuyadigan toifa ham emas. Ammo, men sezib-bilib yuraman, xar kanday adibda boʻlganidek, unga ham baribir oʻz yozganlari xususida adabiyotchilarning, biz kabi yakinlarining fikr-mulohazasi kerak, munosabat lozim"1- deydi.Yozuvch hikoya janrida qalami o`tkir ijodkorlardandir. Hikoyaning ibtido koʻlami umumbashariyatning orzu-istaklari, quvonch- tashvishlari, alam-iztiroblari tarixi bilan teng desak mubolag'a bo'lmaydi. Professor Uzoq Jo'raqulov: "Hikoya janri barcha adabiy janrlarning sinkretik shakli sifatida lirika, drama, hamda eposga xos elementlarni sintez qilishi bilan birga, yuzaki qaraganda noadabiy, ammo mohiyat e'tibori bilan umuminsoniy, demakki, adabiy, falsafiy, ilohiy elementlarga boy ekani ham fikrimizni quvvatlaydi"2-deydi hikoya janri haqida to‘xtalib. Inson tabiatning har bir mo'jizasiga hayrat bilan qaraydi, muhabbat iztirobidan ruhiyati tozaradi, do'st-yorlarining aldovidan azob chekadi, tirikchilik tashvishlariga ko'miladi, "qayon keldig-u, qayon ketamiz” mohiyatiga yetishishni istaydi. Badiiy adabiyotda insoniyat taqdiri borasidagi bunday azaliy hamda adabiy kayfiyat mavzulari epik turning eng kichik janri hikoyada mo'jizaviy tarzda, o

Доказательный фрагмент

«Kholmuhammad Karimi, one of the ADIBS, whose current period significantly contributes to the development of Uzbek storytelling.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kholmuhammad Karimi, one of the ADIBS, whose current period significantly contributes to the development of Uzbek storytelling. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
story genre, household problem, chronotope, traditional image method, жанр рассказа, hikoya janri
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники