Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБЕННОСТИ РОЖДЕНИЯ И СМЕРТИ В КАМЕННОМ ВЕКЕ
Aliyorjon Abduraxmonov Abduqaxxorovich
Современная наука и исследования · 2 · 55-57 · 2023
Аннотация
This article provides information on the characteristics of birth and death in the Stone Age. Key words: the evolution of the stages of the development of modern humanity, modern humanity, Asia, Europe, humanity. ОСОБЕННОСТИ РОЖДЕНИЯ И СМЕРТИ В КАМЕННОМ ВЕКЕ Аннотация. В этой статье представлены данные об особенностях рождаемости и смертности в каменном веке. Ключевые слова: эволюция современного человечества, современное человечество, этапы развития Азии, Европы, человечества. Inson tabiat yaratgan tirik mavjudodlarning eng oliysi va gul tojisi hisoblanadi. Yer yuzida bu oliy darajadagi mavjudodni paydo boʻlib, yashay boshlaganiga qariyb 3,5–5 million yillar oʻtdi. Mazkur davr mobaynida inson mehnat qilish tufayli hayvonlar olamidan ajralib chiqdi. Uzoq rivojlanish bosqichini oʻz boshidan kechirib, nihoyat bundan 40–45 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamga aylandi. Shu bilan antropogonez jarayoni ham tugab, nihoyasiga etdi. Soʻnggi ma’lumotlarga koʻra, insonning va umuman, butun zamonaviy insoniyatning ilk vatani Afrika ekanligi uqtiriladi. XX asrning ikkinchi yarmidagi koʻplab paleontologik kashfiyotlar ilmiy jamoatchilikni (koʻpchilik mutaxassislarni) insoniyatning beshigi Afrika qit’asi ekanligiga ishontirgan edi. Aniqrog‘i, Sharqiy Afrikadagi kichik bo’lgan hududda, zamonaviy Tanzaniya, Efiopiya va Keniyadan 1959-yildan beri odamlarga yoki ularning oʻtmishdoshlariga tegishli minglab qoldiqlar topilgan; shu bilan birga, ularning koʻpchiligi taxminan 3 million yil va undan koʻproq (ba’zi topilmalar 8 million yil) yilga toʻg‘ri keladi . Shuningdek, arxeolog olimlar Afrika, Osiyo, Yevropa va yer kurrasining boshqa joylaridan ham ibtidoiy kishilarning juda koʻp makon va manzillarini kavlab ochishga muvaffaq boʻlganlar. Arxeologik qazishlar natijasida mazkur manzilgohlardan kishilikning eng qadimgi tosh asriga mansub boʻlgan koʻplab tosh, suyak va yog‘ochdan yasalgan oddiy, sodda qurollar hamda ularning ayrim siniq parchalari topilgan. Bashariyat taraqqiyoti bosqichlari evolyutsiyasi – Homo habilis (Ishbilarmon odam, 3 mln. yil), homo erektus (tik turadigan odam, 1,5 mln. yil), neandertal odami (300 ming yil), homo sapiens (aql-idrok odam, 200–100 ming yil ilgari)dan iborat boʻlib, ular shunchalik izchilki, bu bizga inson zoti haqida uzluksiz gapirish va tasavvur qilish imkonini ham beradi. Yana shuni ta’kidlash ham joizki, bu jarayonning har bir bosqichida faqat bitta kichik populyatsiya yangi evolyutsiya bosqichiga koʻtarilish uchun qulay bo’lgan shart-sharoitlarni yaratdi. Efiopiyadan yoshi 3,2–3,5 million yil boʻlgan urg‘ochi avstralopitek (u Lyusi deb atalgan) skeletining qoldiqlari topildi. Lyusini 1974-yilda antropolog professor Donald Yoxanson va uning shogirdi Tom Grey Efiopiya shimolidagi Hadar jarligidan topganlar. D.Yoxansonning soʻzlariga koʻra, Lyusi koʻlda choʻkib ketgan, bu uning qoldiqlarini yirtqich hayvonlardan saqlab qolgan, shuning uchun uning suyak qoldiqlari kemirilmagan. Ostindagi Texas universiteti paleoantropologlari tomonidan kompyuter tomografiyasi yordamida olib borilgan keyingi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, oyoq sinishi, tos va koʻkrak qafasining siqilib 5 35 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ sinishi, qoʻllar va pastki jag‘ning sinishiga koʻra, Lyusi oʻlimidan oldin 13 metr balandlikdan yiqilgan . Jon Kappelmanning soʻzlariga koʻra, Lyusi kuchli ichki qon ketishdan vafot etgan. Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdi: Lyusining boʻyi atigi 105 sm, vazni – 27 kg edi. Lyusining kichik miyasi hajmi taxminan 400 sm³; pastki ekstremitalarning suyaklari boʻlgan tos suyagi insonga funktsional jihatdan oʻxshash boʻlgan, bu esa, bu tur vakillarining tik turganligini koʻrsatadi. Tish tahlillari boʻyicha qilingan hisob-kitoblarga koʻra, Lyusi 25–30 yoshida vafot etgan; u asosan mevalar va ekin ildizlarini iste’mol qilgan (bu tish emalining holati bilan belgilanadi). Lyusi tos suyagining kattaligi va tuzilishiga koʻra, tadqiqotchilar urg‘ochi avstralopiteklarda tug‘ilish harakati maymunnikidan koʻra odamga yaqinroq, degan xulosaga kelishdi. Tananing vertikal holati bosh suyagi va shunga mos ravishda miya hajmining oshishiga olib keldi. Avstralopitek oyoqqa turgach, oldingi oyoq-qoʻllarini asta-sekin harakat qilish funktsiyasidan ozod qildi va qurol (asbob)lar yasashga qodir qoʻllarga aylandi. Ammo asboblarning faol yaratilishi, ularning takomillashtirilishi va ishlatilishi taxminan 3 million yil oldin avstralopitek bilan million yil yoki undan koʻproq vaqt davomida birga yashashi mumkin boʻlgan yangi jonzotning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu yangi jonzot tik turadigan, balandroq, miyasi yaxshi va deyarli hamma narsa bilan oziqlanadigan edi. Uning paydo boʻlish vaqti yangi issiq va quruq iqlim davrining boshlanishi bilan bog‘liq. Atrof-muhit oʻzgarishlariga muvaffaqiyatli moslashish nafas olish yoʻllarining modifikatsiyasiga yordam berdi, bu artikulyar nutqning paydo boʻlishi uchu
Доказательный фрагмент
«This article provides information on the characteristics of birth and death in the Stone Age.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on the characteristics of birth and death in the Stone Age. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- the evolution of the stages of the development of modern humanity, modern, эволюция современного человечества, zamonaviy insoniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024