Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПАЛЕОДЕМОГРАФИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ РАСЧЕТА
PALEODEMOGRAFIK HISOBLASH USULLARI · Aliyorbek Abdurahmonov · PALEODEMOGRAPHIC CALCULATION METHODS
Современная наука и исследования · 2 · 55-57 · 2023
Аннотация
This article provides information on Paleodemographic calculation methods. Keywords: Paleodemographic studies, demographic situation, population placement in regions, social stratification. ПАЛЕОДЕМОГРАФИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ РАСЧЕТА Аннотация. В этой статье представлена информация о методах Палеодемографического расчета. Ключевые слова: Палеодемографические исследования, демографическая ситуация, расселение по территориям, социальная стратификация. Paleodemografik tadqiqotlar qadimgi qabilalarning yoyilish dinamikasini kuzatish imkonini beradi. Ular orqali hududlarga aholining joylashishi qanday kechganligi, yodgorliklar jam boʻlgan rayonlarni aniqlash mumkin. Bu esa, oʻz navbatida ushbu joylarning biror madaniyat tarkibiy qismining markazi yoki muayyan ibodat maskani boʻlganligi (dafn yodgorliklari kontekstida) masalasini oydinlashtirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, ushbu izlanishlar turli madaniyatlarning ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan oʻzaro bog‘liqligini, muayyan jamiyat ichidagi ijtimoiy stratifikatsiyani anglashga yordam beradi. Albatta, paleodemografiya yuqoridagi masalalarni toʻla hal qilishga qodir emas. Buning uchun uni boshqa bilim sohalaridagi, masalan, antropologik tadqiqotlar bilan toʻldirish mumkin. Moddiy madaniyat tarixiga oid ma’lumotlar mazkur masalalarga yanada oydinlik kiritadi. Paleodemografik modellar asosan tosh davrining ovchi va termachi jamoalari uchun yaratiladi hamda foydalaniladi. Bronza davriga oid demografik rekonstruksiya uzoq vaqtgacha faqat bir necha ishlardan iborat boʻlgan. Bu bronza davri yodgorliklari tarqalgan barcha hududlarni oʻrganib chiqishdagi muammolar bilan izohlanadi. Umuman olganda bunday muammo barcha davr yodgorliklariga xos. Biroq, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yangi texnologiya va uslubiyotlarning paydo boʻlishi bu masalani ma’lum darajada hal qilish imkonini yaratdi. S.N.Bibikovning “Paleolit davrini paleoiqtisodiy modellashtirishning ayrim jihatlari” nomli ishida Dnepr, Desna, Don daryolari boʻyidagi ba’zi paleolit davri turar-joylari va manzilgohlari hamda Sharqiy Sibirdagi paleolit davriga oid keng oʻrganilgan Malta va Buret manzilgohlarini tahlil qilgan. Muallif paleolit manzilgohlaridagi turar joylar soni 10 dan oshmaganligini qayd etadi . Tuzilishiga koʻra ular hozirgi Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada yashovchi chukcha, aleut, nenets, toviy, komi kabi xalqlarning uyiga oʻxshaydi. Ayni vaqtda ushbu uylar oʻsha davr merosi emas, balki paleolit davri odamlari va zamonaviy shimolliklarning turmush tarzi va mashg‘ulotlari umummiyligi mahsulidir . S.N.Bibikov XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shimolliklar orasida oʻtkazilgan roʻyxatga olish ma’lumotlariga asoslanib, shimol xalqlarining manzilgohlarida ikki xil – qishki va yozgi 5 20 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ turargohlar mavjudligini qayd etadi. Birinchilari mustahkam qurilgan boʻlsa, ikkinchilari engil konstruksiyaga ega edi. S.N.Bibikov A.N.Chernish, N.I.Boriskovskiy, B.Klimlarning arxeologik tadqiqotlariga tayanib, turargohning ichida bir necha oʻchoqlar borligi, manzilgohlarning chekka qismlarida esa yozgi turargohlarning qoldig‘i sifatida alohida gulxanlar topilganini ta’kidlaydi . Yana bir misol tariqasida Desna daryosi boʻyidagi Pushkari I manzilgohida turargoh ichida ham, uning tashqarisida ham uchtadan oʻchoq boʻlganini keltiradi. Bu holat boshqa manzilgohlarda ham kuzatiladi. Bundan bitta turargohda bir necha oila istiqomat qilgan, degan xulosa kelib chiqadi. S.N.Bibikovning hisobicha, uylarning ichkari va tashqarisidagi oʻchoqlar hamda “ishlab chiqarish oʻrinlari”ning soniga qarab paleolit davri manzilgohida yashagan oilalar sonini aniqlash mumkin. Ushbu modelni asos qilib olgan holda, S.N.Bibikov oʻchoqlar (gulxanlar) soni oilalar soniga teng, deb xulosa beradi . U etnografik ma’lumotlarga tayanib, paleolit davri oilasi 5–7 kishidan iborat boʻlganini taxmin qiladi. Shuningdek, tadqiqotchi qadimgi odamlarning goʻshtga boʻlgan ehtiyojini ham inobatga oladi. U shimol xalqlariga parallel oʻtkazgan holda manzilgoh aholisining goʻshtga boʻlgan yillik ehtiyoji 11 tonnani tashkil etishini hisoblab chiqqan. Tabiiy resurslar bazasi e’tiborga olinsa, manzilgohning mavjud boʻlish davri 22–23 yilni tashkil etgan. Shu bilan birga S.N.Bibikov aniq paleodemografik hisob-kitoblarga toʻsqinlik qiluvchi jihatlarni ham qayd etadi. Hududlar boʻyicha aniq xronologik boʻlinish va ular oʻrtasida sinxronizatsiyaning mavjud emasligi, oʻtroq yashovchi jamoalarning ham koʻchishi, qadimda mavjud boʻlgan yodgorliklarning aniqlanganlariga nisbatan koʻproq ekanligi shular jumlasidan. Umuman olganda, S.N.Bibikovning demografik tuzilishni aniqlash modeli quyidagilardan iborat: 1. Manzilgohdagi yoki qatlamdagi oilalarning umumiy sonini hisoblash. 2. Oila a’zolari sonini hisoblab chiqish. 3. U yoki bu hududdagi oilalar sonini hisoblash. 4. Umumiy natijalarni hisoblash. Ushbu model paleolit jamiyati uchun yarat
Доказательный фрагмент
«This article provides information on Paleodemographic calculation methods.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on Paleodemographic calculation methods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Paleodemographic studies, demographic situation, population placement in, Paleodemografik tadqiqotlar, Палеодемографические исследования
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024