К содержанию
РецензированоRU2023

ЭВОЛЮЦИЯ ТЕОРИЙ МИСТИЧЕСКОГО УЧЕНИЯ.

Axrorjon G'aniyev

Современная наука и исследования · 2 · 55-57 · 2023

Аннотация

In modern Bliss and beyond, mysticism, among other Islamic Sciences, was not isolated in the early days. The Muslims of that time followed him in all things in the life of rasululah Sallahu alayhi vassalam. Key words: mysticism, Sufism ideas, thought, word. ЭВОЛЮЦИЯ ТЕОРИЙ МИСТИЧЕСКОГО УЧЕНИЯ. Аннотация. Суфизм, как и другие исламские науки, не выделялся в отдельность в эпоху Садата и в раннее время после него. Мусульмане того времени во все времена жизни Посланника Аллаха (да благословит его Аллах и приветствует) вассалов во всем следовали за самим имамом. Ключевые слова: мистика, суфизм идеи, мысль, слово. Tasavvuf tariqatlari insonlarni ruxan poklanishga, halolikka, haqiqat yo‘lidan yurishga, undovchi insoniy, axloqiy tamoillarni shakllantruvchi yo‘ldir. Tarixdan bizga ma’lumki ushbu yo‘l asosida yashagan, insonlarni to‘g‘ri yashashga chorlagan, insonlar hayotini faoliyatini yengillashtirgan, ularga naf keltirgan ne-ne buyuk siymolarimiz mavjud. Ularning hayot faoliyati biz uchun ibrat maktabi vazifasini o‘taydi. Bunday buyuk ajdodlarimizga misol qilib buyuk sarkarda, Temuriylar davlati asoschisi Amir Temur xazratlarini, o‘z davrida valiy darajasida ulug‘langan xazrat Xoja Ubaydullox Axrorni, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy xazratlarini keltirishimiz mumkin. Tasavvuf tariqatlari tarixiga nazar soladigan bo‘lsak undagi g‘oyalar, ta’limotlar necha asrlar davomida axloq singari zamon o‘zgargani singari u xam sayqallanib, takomillashib borgan. Quyida ushbu tarixiy jarayonga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Zamoni saodatda va undan keying dastlabki vaqtlarda aqoid, fiqh va boshqa islomiy ilmlar qatori tasavvuf ham alohida ajrab chiqqan emasdi. O‘sha davrdagi musulmonlar Rasululoh sallohu alayhi vassalamning hayotlik chog’larida barcha narsada u zotning o‘zlariga ergashar edilar. Keyinchalik esa sahobalar o‘zlari Qur’on va sunnatdan kerakli xulosalarni olib, amal qilib yurdilar. O‘sha paytda ruhiy kamolotga, zikr va zohidlikka moyil zotlar turli oyat va va hadislarni o‘zlari uchun dalil topib, mazkur ishlarni o‘z hayotlariga tatbiq qildilar. Bu borada sahobai kiromlar ichida to‘rt roshid xalifa Abu Zar G’ifforiy, Abdulloh ibn Amr, Abu Dardo, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar, Salmon Forsiy, as’hobi suffa roziollohu anhum va boshqalar ko‘zga ko‘ringan edilar. Tobeinlar avlodi esa boshqa barcha ilmlar qatori, ruhiy tarbiya va nafsni jilovlash ilmini ham sahobalardan qabul qilib oldilar. 4 94 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ular orasidan tasavvuf yo‘nalishini belgilashda va uning ilm sifatida shakllanishiga o‘zlarining kata hissalarini qo‘shgan zotlaryetishib chiqadilar. Bulardan Uvays Karaniy, Hasan Basriy, Said Ibn Musayyab, Jafar Sodiq va boshqalarni barcha e’tirof etib, zikr qiladilar. Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo‘llovchi ta’limot. Tasavvuf so‘zining o‘zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e’tirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "po‘stin" so‘zidan olingan bo‘lishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan to‘qilgan kiyim yoki po‘stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini o‘zlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va "sufiy" so‘zlari IX asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama o‘rnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi so‘zlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga ko‘ra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuyg‘ular mujassam bo‘lgan. Lekin hijratning II asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning ko‘pchiligida mazkur xususiyatlar o‘rnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo‘la boshlagandan keyin obidlik va zoqidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar Tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Masalan: Ma’ruf alKarxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf — haqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnun al Misriy (859 y.v.e.), "So‘fiy boylik istab o‘zini charchatmas va yo‘qotgan boyligiga achinib, bezovta bo‘lmas", desa, Junayd al Bag‘dodiy (909 y.v.e.) "tasavvuf — qalbni sof tutmoq, tug‘ma zaiflik va noxushaxloqlardan forig‘ bo‘lib, hayvoniy va nafsoniy tuyg‘ular ustidan g‘alaba qilmoq", deb ta’rif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy bo‘lsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. So‘fi Olloyor bu ta’rifni quvvatlab:Shariatsiz kishi uchea havog‘a Ko‘ngil berma aningdek xudnamog‘a deb yozadi.Misirlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda Tasavvufning paydo bo‘lishi" kitobida hijriy 3 va 4-asrlarda yashab o‘tgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta ta’rifini keltirad

Доказательный фрагмент

«In modern Bliss and beyond, mysticism, among other Islamic Sciences, was not isolated in the early days.»

Образец извлечения

Демо-превью

In modern Bliss and beyond, mysticism, among other Islamic Sciences, was not isolated in the early days. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mysticism, Sufism ideas, thought, word, мистика, tasavvuf
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники