Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ПОДГОТОВКИ К ПОСТУПЛЕНИЮ В ВЫСШЕЕ УЧЕБНОЕ ЗАВЕДЕНИЕ В ОБЛАСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА.
Qodirov Shohbozjon Gʼayratjon o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 55-57 · 2023
Аннотация
This article reflects on the pressing problems of training for admission to a higher educational institution in the field of Physical Culture and sports. Key words: Physical Culture, physical and spiritual mature, high non-landing of personnel. АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ПОДГОТОВКИ К ПОСТУПЛЕНИЮ В ВЫСШЕЕ УЧЕБНОЕ ЗАВЕДЕНИЕ В ОБЛАСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА. Аннотация. В данной статье рассмотрены актуальные проблемы подготовки к поступлению в высшее учебное заведение в области физической культуры и спорта. Ключевые слова: физическая культура, физическая и духовная зрелость, высокая текучесть кадров. Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan eʼtibor juda ahamiyatlidir. “Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha boʼlgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir boʼlgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g’urur va iftixor bagʼishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, taʼlim-tarbiya boʼyicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur. Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun taʼlim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-oʼqituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta taʼlim berish, ularni jismoniy va maʼnaviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib oʼrin egallashini taʼminlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga koʼtarishni davrning oʼzi taqozo etmoqda”, deb alohida taʼkidlaganlar va oliy oʼquv yurtlariga qamrovni 60 % ga chiqarish vazifasi qoʼyilgan[2]. Yosh avlod – tarbiya tizimining tarkibiy qismi asosida jismoniy tarbiya taʼlimi yotadi. Taʼlim jarayonining bu jabhasi oʼquvchilarni har tomonlama jismoniy, ruhiy va maʼnaviy fazilatlarini tarbiyalash, hayotga, mehnatga, Vatan mudofasiga tayyorlash, jismoniy kamolotga erishish uchun zarur jismoniy zaxiralar bankini oʼzida mujassamlashtirgan jamiyat aʼzosini shakllantirishdek, maqsad uchun xizmat qiladi. 3 95 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Jismoniy madaniyat va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlashda yangi yoʼnalishlarni izlash oliy oʼquv yurtida ilmiy-pedagogik jarayonni yaxshilashning asosiy yoʼllaridan biri hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonida ham “... 2025-yilgacha davlat sport taʼlimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy maʼlumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish...” asosiy yoʼnalishlar qilib belgilangan[2] . Bu oʼz navbatida yoshlarni oliy oʼquv yurtigacha tayyorlash sohasiga ham jiddiy eʼtibor qaratishni taqozo etadi. Аyniqsa, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish va bu sohada zamon talablariga mos keluvchi malakali kadrlarni tayyorlash ham dolzarb masalalardan biridir. Biz tadqiqotlarimizni umumiy oʼrta taʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʼquvchilari bilan olib bordik va ularni jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy taʼlim muassasalariga tayyorgarlik darajasini oʼrgandik. Kadrlarning yuqori qoʼnimsizligi va motivatsiyaning pastligi jismoniy madaniyat va sport sohasidagi oliy oʼquv yurtlariga kirish uchun oʼquvchilar kontingentini saqlash va saralab olishni takomillashtirish yoʼllarini qidirib topish masalasini ilgari suradi. Maktab oʼquvchilari va talabalarni jismoniy madaniyat mashgʼulotlariga va pedagogik faoliyatga motivatsiyasi oʼrganildi. Natijalar tahlili koʼrsatdiki, yaʼni jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan bogʼliq (84.3%), maktab oʼquvchilarini jismoniy madaniyat bilan shugʼullanishga xohishi va tanlangan sport turidan yuqori natijalarga erishish (68.7%) koʼproq taʼsirli motivlar hisoblanadi. Talabalarda esa bu motivlar mos ravishda 53.2% va 31% ni tashkil qildi. Salomatlikni mustahkamlashni 21 % maktab oʼquvchilari va 38.4 % talabalar belgiladilar. Pedagogik faoliyatni tushunib yetishda motivatsiya asosiy hisoblanadi. Pedagogik faoliyatga qiziqish tarbiya va oʼqitish bilan bogʼliq, kasbiy faoliyatga shaxsni intilishi sifatida tushuniladi. Natijalarni tahlili koʼrsatdiki, bu bir qancha maktab oʼquvchilarida notoʼgʼri tushuncha bilan yondoshishidan darak beradi, bu esa ularni jismoniy madaniyat va sport sohasidagi kasbiy faoliyat toʼgʼrisida kerakli axborotga ega emasligi va unda oʼz kuchini sinash uchun imkoniyat berilmaganligini bildiradi. Shuning uchun maktab oʼquvchilariga kasbni tanlash va pedagogik faoliyat toʼgʼrisida qoʼshimcha mashgʼulotlar oʼtkazilishi zaruriyati mavjud. Maktab oʼquvchilarida yuqori darajada kasbiy qiziqishni shakllantirish tanlangan kasbga ishtiyoqni yuqori va past-oʼrta darajada ifodalanishiga asoslanadi. Maktab oʼquvch
Доказательный фрагмент
«This article reflects on the pressing problems of training for admission to a higher educational institution in the field of Physical Culture and sports.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reflects on the pressing problems of training for admission to a higher educational institution in the field of Physical Culture and sports. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Physical Culture, physical and spiritual mature, high non-landing of, Jismoniy madaniyat, физическая культура
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025