К содержанию
РецензированоRU2024

X.Davlatov

YERKADASTRINI YURITISH

ИКРО журнал · 7 · 2024

Аннотация

This article briefly explains the essence of land cadastre management. An understanding of the state land cadastre isprovided. Key words Landcadastre, card, unified statecadastral system, category, legal regime. Абстрактный В данной статье кратко раскрыта сущность ведения земельного кадастра. Дается понимание государственногоземельного кадастра. Ключевые слова Земельный кадастр, карта, единая государственная кадастровая система, категория, правовой режим. Kirish. Yer kadastri, davlat yer kadastri —yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari oʻrni, oʻlchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarva mulkdorlaroʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarhamda hujjatlarmajmui. Asosiy qism. Yer kadastri „Davlat yer kadastri to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni (1998-yil 28-avgust) va ushbu qonunga oid me’yoriy hujjatlar, yoʻriqnoma va uslubiy koʻrsatmalar asosida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashga qaratilgan davlat tadbirlar tizimi hisoblanadi. yer kadastriga doir 14 IMPACT FACTOR (RESEARCHBIB) – 7,245 VOLUME 7, ISSUE 2, 2024 axborotlarni bir tizimga solinishi ularni saqlash, tahlil qilish va yangilab turish ishlarini ham o‘z ichiga oladi. Yer kadastrini yuritish quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: mamlakat yer fondinn to‘la qamrab olish, fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash, axborotlar ishlab chiqish metodiningbirligi vayer kadastriga oidaxborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi. Yer kadastrini yuritish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aerokosmik suratga olish, topografiya — geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanika, gidrogeologiyaga oid va boshqa izlanishlar va tadqiqotlarni o‘tkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish; yerlarni taqsimlash, ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi davlat xizmat organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish; yerlarning holati, mavjudligi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish; joriy (mavsumiy) tadqiqotlar, suratga olish, yer o‘lchash ishlarini hamda yer monitoringi ma’lumotlaridan foydalangan holda yer kadastriga oid axborotlar bankini yaratish va uni tartibgasolib turish. Yer kadastri tumanda (shaharda) quyidagicha amalga oshiriladi: yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish; yer kadastri maqsadlari uchun suratga olish; yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlaridan ma’lumotlar olish, ularni to‘g‘riligini tekshirish, yer kadastriga oid hujjatlarga joriy o‘zgartirishlar kiritish. Yer kadastrini yuritish jarayonida har yilning 1 yanvariga yer resurslarining holatito‘g‘risidagi milliy hisobottuziladi (yana qarang: Yer balansi). Rivojlangan davlatlarda ham yer kadastri yuritiladi. Uning ma’lumotlaridan yer egalariga soliq solish, yerdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan tijorat ishlarini tartibga solish, yer bo‘yicha bitishuv va nizolarni hal etish, yerni garovga qo‘yish va b.da foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bulgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish va yerlarni miqdoriy va sifatini hisobga olishYer resurslari davlat qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan nizomlarvame’yoriy hujjatlarasosida amalgaoshiriladi. Yer kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi yer resurslari bo‘yicha tuman xizmatlari tomonidan, shahar va shaharchalarda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Geodeziya, kartagrafiya va davlat kadastri bosh boshqarmasining ko‘chmas mulk davlat kadastri tuman va shahar xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Yer kadastri uch bo‘limga bo‘linadi. Ular yer uchastkalarni ro‘yxatga olish, yerni iqtisodiy baholash hamda tuproq bonitrovkasidir. Ushbu ishlar turkumi shahar (shaharcha) yoki tuman hokimiyati qoshidagi Yer resurslari vadavlat kadastri xizmati tomonidan amalgaoshiriladi. Yer uchastkalarini ro‘yxatga olish — tuman yoki shahar hududida joylashgan yer uchastkalarini Yer resurslari va davlat kadastri davlat xizmat mutaxassislari tomonidan Yer Kadastri kitobiga qayd etish jarayonidir. Qayd etishda yer uchastkasi to‘g‘risida jamiki ma’lumotlar, masalan, yer uchastkasi mulkdorining rasmiy ma’lumotlari, uchastka joylashgan manzil, qo‘shni uchastkalarning yuridik nomlari, yer turlari, tuproq ball boniteti va hokazo ma’lumotlar Yer Kadastri kitobida o‘z aksini topadi. 15 IMPACT FACTOR (RESEARCHBIB) – 7,245 VOLUME 7, ISSUE 2, 2024 Yerni iqtisodiy baholash — yer uchastkasining tuproq unumdorligi, suv manbalari, tizimi, tehnika qurilmalari va i

Доказательный фрагмент

«This article briefly explains the essence of land cadastre management.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article briefly explains the essence of land cadastre management. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Landcadastre, card, unified statecadastral system, category, legal regime, Land cadastre, card, unified state Cadastral System, category, legal regime., Земельный кадастр, карта, единая государственная кадастровая система, категория, правовой режим., Yer kadastri, karta, yagona davlat kadastr tizimi, toifa, huquqiy rejim.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники