Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРЕИМУЩЕСТВА ТЕХНОЛОГИИ В ШКОЛЬНОМ ОБУЧЕНИИ
Mamajonova Guluzra Abdurashidovna · Orifjonova Sarvinoz Doniyorbek qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi v.d.) · Jumaboyeva Mohira Avazbek qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi v.d.)
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article will talk about the implementation of the requirements of the technology education program, providing thematic knowledge, providing students with a certain amount of Polytechnic knowledge in the formation of skills and abilities, the benefits of Technology Science and its teaching in schools. Key words: technology, science, lesson, school, classroom students, teacher, theory, person, knowledge acquisition, knowledge giving. ПРЕИМУЩЕСТВА ТЕХНОЛОГИИ В ШКОЛЬНОМ ОБУЧЕНИИ Аннотация. В этой статье рассказывается о предоставлении учащимся определенного объема политехнических знаний при выполнении требований программы технологического образования, предоставлении предметных знаний, формировании навыков и умений, о преимуществах науки о технологиях и их преподавании в школах. Ключевые слова: технология, наука, урок, школа, ученики класса, Учитель, теория, человек, получение знаний, передача знаний. Ma’lumki, tasavvuf ilmida komil insonni ruhan shakllantirish, kamolotga yetkazish nazariyasi bosh masala hisoblanadi. Bu nazariyaga ko‘ra tasavvufdagi komil inson yoki «al- inson al-komil» tushunchasi ilohiylik va insoniylik tajassumining mukammal va oliy darajasi, odamlarning butunlikda, azim uyg‘unlikda ko‘rish orzu- xayollari, kamolot mash’ali bo‘lish barobarida aniq shaxslar, insonlar rutbasini tan olish va qonunlashtirish hamdir. Chunki komil inson barcha ilmlardan, zohiriy va botiniy donishdan bexabar, qalbida g‘ayb asrori jo‘sh urib turgan zot deb bilingan. Mustaqillik barcha xalqlarning rivojlanishi uchun sharoit tug‘dirib beradi. Har bir xalqning odat va marosimlarida xalq hayotini zamonaviy turmushiga uzluksiz singgan chuqur xalqchil va ilg‘or elementlar mavjuddir. Xalqda mehnatsevarlikni shakllantirish uchun o‘sib kelayotgan yosh avlod atrofida mustahkam va turg‘un mehnat muhitini hosil qilish zarur. Shuning uchun o‘zini oqlagan ko‘p asrlik mehnat an’analarini o‘rganish va targ‘ibod qilish kerak. Texnologiya ta’limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim berishda, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga ma’lum hajmdagi politexnik bilimlar 3 39 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ beriladi. Boshlang‘ich politexnik bilim bilan qurollantirish o‘quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o‘ziga xosliklari, materialga qo‘lda ishlov berilganda qo‘llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoydalari haqida ma’lumot berib boriladi. O‘quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir. Amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish - amaliy mashg‘ulot turlarini o‘rgatish ham demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish turlari xilma- xildir, biroq texnologiya malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish, o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig‘ish va buyumni mantaj qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. O‘quvchilardagi texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniqlash va ularga texnologiya malakalarini sevgan mashg‘ulotlarida takomillashtirishlariga yordamberish juda muhimdir. Bunda o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yinchoqlarni, o‘yinlarni, o‘quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarda texnologiyaga qiziqishni uyg‘otish, texnologiya darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ko‘nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, ma’lum harakatni ongli bajarishga bo‘lgan qobiliyatidir. Masalan: kartonni kesa bilish ko‘nikmasi, qaychini to‘g‘ri ishlata olish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, yo‘nalish, kuch va bosimning tengligini saqlash. Malaka – bu faoliyatdagi mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib topgan ko‘nikma yoki bu ma’lum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda ko‘nikmadan sakrab o‘tish degan ma’noni anglatadi. Shunung uchun mazkur ko‘nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa u to‘g‘ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning takommillashuv darajasi o‘qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning strukturasi ham o‘zgaruvchandir. Mashqlar jarayonida o‘quvchilar bajarilayotgan harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab malakalarga birlashuvi sodir bo‘ladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida texnologiya o’quv faniga 1-4
Доказательный фрагмент
«This article will talk about the implementation of the requirements of the technology education program, providing thematic knowledge, providing students with a certain amount of Polytechnic knowledge in the formation…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article will talk about the implementation of the requirements of the technology education program, providing thematic knowledge, providing students with a certain amount of Polytechnic knowledge in the formation… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- technology, science, lesson, school, classroom students, teacher, theory, технология, texnologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025