К содержанию
РецензированоRU2023

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ БИОХИМИИ

Tajiyeva Oyimjon Ataxanovna

Современная наука и исследования · 2 · 2055-2078 · 2023

Аннотация

This article presents general concepts about the science of Biochemistry, its importance today, as well as the use of the problem situations method in teaching biochemistry. Keywords: Biochemistry, “molecular logic science of the living”, the method of the problem situation, the method of problematic education, educational Medicine, higher education, skills. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНЫХ СИТУАЦИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ БИОХИМИИ Аннотация. В данной статье представлены общие понятия о науке биохимии, ее значение на сегодняшний день, а также информация об использовании метода проблемных ситуаций в преподавании биохимии. Ключевые слова: биохимия,” молекулярно-логическая наука о живых существах", метод проблемной ситуации, метод проблемного обучения, образование медицина, высшее образование, навыки. Biologik kimyo muhim biologik moddalarning tuzilishini ular bajaradigan funksiyalari bilan bog’liq holda, bubirikmalarning molekulyar, hujayra, to’qima va organizm darajasida o’zgarishini o’rganadi. A.Leninjer biokimyoni “tiriklarning molekulyar mantiqiy fani” deb atagan. Biokimyoni barcha tabiiy fanlarning asosiy negizi deb hisoblash mumkin, chunki u barcha organizmlar uchun umumiy bo’lgan tuzilish va metabolizm qonuniyatlarini o’rganadi. Shu bilan birga, biologik kimyo tibbiyot, qishloq xo’jaligi, nanobiotexnologiya, gen injeneriyasi va bir qator sanoat tarmoqlarining nazariy asosini tashkil etadi. So’nggi o’n yillikda odam va hayvonlar fiziologiyasi, o’simliklar fiziologiyasi, immunologiya, sitologiya va gistologiyaning ko’plab muammolarini hal qilishda biokimyoviy yondashuv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biokimyoviy tahlil usullari, xususan, xromatografiya va elektroforez usullarining turlari ilmiy tadqiqotlarning instrumental asosi bo’lib, tabiiy muhit, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish va laboratoriya diagnostikasida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda, biokimyo fanini o’qitishda laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta’limda an’anaviy usullar bilan birgalikda “Muammoli vaziyatlar” yoki “Muammoli ta’lim” (Problem based learning) usulini qo’llash muhim ahamiyatga ega. Oliy ta’limga kompetentsiyaga 3 03 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ asoslangan yondashuv nuqtai nazaridan talabalarning o’quv jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash maqsadlaridan biri talabalarning shaxsiyatini, uning o’zini o’zi rivojlantirish qobiliyatini, o’z taqdirini o’zi belgilashi, o’z-o’zini tarbiyalash va anglash qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni asosiy kompetentsiyalarni shakllantirishdir. Muammoli vaziyatlar usulida talabalar hayotda uchraydigan voqealar, muammoli vaziyatlarni yechishiga qaratilgan tajriba ishlarini amalga oshiradi. Muammoli vaziyatlar usuli o’qitishning interfaol usuli bo’lib, talabalarning ijobiy munosabatini qozonmoqda. Bunda nazariy tamoyillarni o’rganishga imkon berib materialdan amaliy foydalanish ko’nikmasini o’zlashtirishini ta’minlaydi. Talabalarning kasbiy tayyorgarligiga ta’sir qiladi, ularning ulg’ayishiga ko’maklashadi, o’qishga bo’lgan qiziqish va ijobiy motivatsiyani shakllantiradi. Shu bilan birga, bu usul o’qituvchining fikrlash usuli, uning boshqacha fikrlashi va harakat qilishi, ijodiy salohiyatini yangilashga imkon beradigan o’ziga xos paradigmasi kabi vazifasini bajaradi. Bunda beriladigan muammoli vaziyatda ma’lumotlarning ma’lum qismlari bo’lmasligi mumkin. Bu ma’lumotga bo’lgan talabni va bu ma’lumotni olish tinglovchilar vazifalarining asosiy qismi hisoblanadi. Biokimyo fani barcha tibbiyot oliygohlarida birinchi va ikkinchi kurslarida o’tildigan fundamental fan hisoblanadi va u kimyo fanini tibbiyotdagi ahamiyati bilan cheklanib qolmaydi. Fan nafaqat kimyoviy moddalarni inson organizmiga ta’siri, balki, organizmda kechadigan moddalarning o’zgarishlari, o’zgarishlar natijasida organizmda sodir bo’ladigan jarayonlarni ham o’rganadi. Misol tariqasida quyidagi muammoli vaziyatga oid masasalalarni keltirish mumkin. 1-muammoli vaziyat. Ilgari, sud tibbiyotida odam mishyak preparatlari bilan zaharlanganlikda gumon qilinganida, asosiy tadqiqot usuli sochlardagi mishyak miqdorini sifat jihatdan aniqlash bo’lgan. Bunday tadqiqotlar inson o’limidan ko’p yillar o’tgach ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, Napoleon Bonapartning sochlarini nisbatan yaqinda olib borilgan tadqiqoti, uning o’limiga sabab bo’lgan kasalligi, guvohlarning fikriga ko’ra, mishyak zaharlanishiga o’xshaydi. Mishyakning eng toksik shakli bo’lgan arsenit turli birikmalarning SH-guruhlariga, birinchi navbatda oqsillarga kovalent bog’lanishi mumkin. Nima uchun tibbiyot adabiyotida arsenitning sochlarning follikulalarida sintez qilinadigan va soch tarkibiga kiritilgan keratin kabi oqsillarning “noyetuk” shakllari bilan bog’lanishi ko’rsatilgan? Quyidagi savollarga javob bering: a) tarkibida SH-rpynna bo’lgan aminokislota formulasini yozing; b) reaksiya sxemalaridan foydalanib, ushbu aminokislotaning oqsillar tuzilishini shak

Доказательный фрагмент

«This article presents general concepts about the science of Biochemistry, its importance today, as well as the use of the problem situations method in teaching biochemistry.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents general concepts about the science of Biochemistry, its importance today, as well as the use of the problem situations method in teaching biochemistry. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Biochemistry, “molecular logic science of the living”, the method of the, Biokimyo, биохимия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники