Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОНИКНОВЕНИЯ ЗАИМСТВОВАННЫХ СЛОВ В УЗБЕКСКУЮ ЛИНГВИСТИКУ
Begmuhammedova Mushtariy Iqboljon qizi · Obidova Shahnozaxon Shaxobiddin qizi · УЗБЕКСКУЮ ЛИНГВИСТИКУ
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article provides a brief overview of the lexicons that have entered Uzbek linguistics and their causes. Key words: Neologisms, Persian-tajik language, English, popularization of new words. Tilning rivojlanishi va muttasil taraqqiy topa borishi jarayonida o’zlashma so’zlarning o’rni beqiyosdir. Dunyoda hech bir til yo’qki o’z so’z boyligi zaxirasini boyitish uchun boshqa tillardan so’z olmagan bo’lsa. Bizga yaxshi ma’lumki, olinma so’zlar tilning kundan-kunga rivojlanishini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri. Shunga qaramay, o’z tilimizda chet tilidan olinayotgan so’zga teng keladigan atama bo’laturib, ulardan foydalanmaslik ona tilimizga bo’lgan hurmatsizlikdir. Biz 130 yil davomida Sovet Rossiyasi tajovuzi ostida davlatimizni boshqardik, shu sababli tilimizga ko’plab rus tilidagi istilohlar shu qadar o’rnashganki, ularning o’zbekcha muqobil variantini topib aytolmaslik holatlari ham uchrashi achinarli hol, albatta. Buning yorqin misoli qilib “obed” so’zini olaylik. Bu so’z o’zbek tilida tushlik deb ataladi, ammo xalqimiz orasida bu so’zdan foydalanadiganlar deyarli yo’q. Lekin hozir biz foydalanayotgan tildagi barcha so’zlar ham sof o’zbekcha so’zlar emas. Ularning kattagina qismi tilimizga fors-tojik va arab tillaridan o’tgan. Bu tillardan ko’p so’zlar o’tganligining sababi o’zaro madaniy aloqalarning mavjudligi, tildagi mushtaraklik bo’lsa, qisman ularning yurtimiz hududini ko’p yillar istilo qilganliklari bilan ham bog’liqdir. Qadimda yurtimizga bostirib kirgan va hukmronligini o’rnatgan boshqa millat vakillaridan beixtiyor ayrim so’zlar tilimizga o’rnashib qolavergan. Shu sababli o’zbek tili lug’ati fors-tojik, arab, mo’g’ul, rus tilidan kirib kelgan so’zlar bilan boyigan. Biz ko’p qo’llaydigan kitob, san’at, maktab, abadiy, ammo, lekin, milliy kabi so’zlar bizga arab tilidan, barg, anor, dastro’mol, go’sht, nodon so’zlari esa fors-tojik tilidan kirib kelgan. 3 30 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Haqiqiy o’zbekcha so’zlar, asosan, fe’llar va bir bo’g’inli so’zlardir. Kelmoq, ketmoq, bormoq, yurmoq, ona, ota kabilar sof o’zbekcha so’zlarga misol bo’la oladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning so’z boyligi yigirma olti mingdan ziyod bo’lsa, ularning ko’p qismi fors-tojik tilidagi kalimalardir. Fors-tojik va arab tillaridagi so’zlar o’zbek tiliga o’xshash jihatlari borligi sababli ommalashgan bo’lsa, bu o’rinda o’zbek tiliga mutlaqo yaqin bo’lmagan tillardan ham so’zlarning kirib kelishi oqimi kuchayganligini ko’rishimiz mumkin. Bu esa bizning xalqaro hamjamiyat tomon intilayotganimizdir. O’zbek tiliga rus, ingliz, nemis tillaridan kirib kelgan so’zlar ham mavjud bo’lib, tilimizda boshqa til atamalariga muqobili bo’lmagani sababli ularni shundayligicha yoki ayrim o’zgarishlar bilan tilimizga qabul qilganmiz. Bu tillar orasida ayniqsa ingliz tili yetakchi o’rinni egallaydi. Ingliz tilidan o’zlashgan terminlarga hayotimizning har bir jabhasida duch kelamiz. Iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va sport sohasining ko’plab atamalari tilimizga ingliz tilidan o’tgan. Ommaviy axborot vositalari yangi so’zlarning targ’ib qilishda yetakchi mavqega egadirlar. Televideniya yoki gazeta va jurnallar orqali yangi so’zlar xalqqa tez yetib boradi va iste’mol doirasiga kiritiladi. Oziq- ovqat mahsulotlari nomi: bishfteks, gamburger, yogurt, ketchup, jem; ichimlik nomlari: kokteyl, viski, koka-kola; kiyim-kechak nomlari: jemper, jinsi, pidjak, sviter; uy-ro’zg’or buyumlari nomi: mikser, pech, pleyer; o’rin-joy tushunchasini ifodalovchi: vokzal, klub, kottej, supermarket, tunnel, kollej, universtitet, bar; transport vositalari nomlari: tramvay, trolleybus, avtobus, taksi; texnikaga oid bo’lgan nomlar: kompyuter, skaner, printer, disk kabi so’zlar hozirda tilimizda faol qo’llanilayotgan o’zlashma so’zlardir. Bu so’zlar tilimizda shu qadar o’rnashdiki, ulardan o’z so’z yasovchi qo’shimchalarimiz orqali yangi atamalar ham hosil qila boshladik. Masalan, kompyuter so’ziga kasb-hunar ifodalash uchun ishlatiladigan –chi qo’shimchasini qo’shib kompyuterchi so’zini hosil qildik va bu so’z hozirda xalqimiz orasida keng qo’llanilmoqda. Bundan tashqari, o’zbek leksikasidan o’rin olgan inglizcha o’zlashgan so’zlar ham anchagina o’zgarishlarga uchrab, o’zining polisemantik (ko’p ma’nolilik) xususiyatiga ega bo’lishdan tashqari, so’zlardagi ma’noning kengayishi va ta’kidlaganimizdek o’zbekcha so’zlar yasalishida ham faolligini namoyon qilmoqda. Tilga so’zlarning kirib kelishi bir necha bosqichli bo’lishi mumkin. Masalan, asli inglizcha bo’lgan so’zlar tilimizga rus tili orqali o’zlashib, ma’lum o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Shunga muvofiq, rus tili orqali o’zlashgan “xokkey” so’zi ham asli ingliz tilida “hockey” deb ataladi. Rus tilida h fonemasi mavjud bo’lmagani sababli tilimizga rus tilida qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilingan. Yoki aksincha o’zbek tilidagi terminlar ingliz tiliga rus tili orqali o’tganligi sababli o’zgarish
Доказательный фрагмент
«This article provides a brief overview of the lexicons that have entered Uzbek linguistics and their causes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a brief overview of the lexicons that have entered Uzbek linguistics and their causes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Neologisms, Persian-tajik language, English, popularization of new words, Neologizmlar, Неологизмы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025