Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРЕЗУМПЦИЯ НЕВИНОВНОСТИ И ПРАВО НА КВАЛИФИЦИРОВАННУЮ ЮРИДИЧЕСКУЮ ПОМОЩЬ В НОВОЙ КОНСТИТУЦИИ
Shomuradova Malika Alisher qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article presents the changes made to the new constitution on the presumption of innocence and their analysis. Also,some information on the right of citizens to receive qualified legal assistance as defined in the constitution has been provided. Key words: presumption of innocence, the Miranda rule, alibi, samosud. Barchamizga ma’lumki, joriy yil 30-aprelda o’tkazilgan referendumda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi. Unda inson huquq va erkinligi oliy qadriyat deb e’tirof etilib, aybsizlik prezumsiyasi va himoya institutiga oid o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, amaldagi konstitutsiyaning 26-moddasida shaxsning ishi sudda ko’rib chiqilib uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi qayd etilgan bo’lsa endilikda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 28-moddasida aybsizlik prezumsiyasi keng yoritilib berilgan va unda shaxsning aybi qonunda nazarda tutilga tartibda oshkora sud muhokamasi yo’li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi belgilandi. Bu qoida shaxsni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o’zboshimchalik bilan ayblash va javobgarlikka tortishdan himoya qiladi shuningdek, so’ngi yillarda fuqarolar orasida keng tarqalgan “samosud” holatlariga chek qo’yishga xizmat qiladi. Ayblanuvchiga o’zini himoya qilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi bu - ayblanuvchiga malakali yuridik yordam olish va advokat bilan xoli uchrashish undan maslahatlar olish imkoniyati bilan ta’minlaydi, belgilangan hollarda esa advokatlar tomonidan ko’rsatilgan yuridik yordam davlat hisobidan qoplanadi. 2 77 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Aybdorlikka oid barcha shubhalar agar ularni bartaraf qilish imkoni tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchining ayblanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Shaxsni aybdorligiga oid har qanday shubhalarga tayanib, ayblash uchun yetarli bo’lmagan dalillar asosida javobgarlikka tortish mumkin emas. Bordi-yu, tergovda ayb e’lon qilinsa ham bunday vaziyatda sudda aybini tasdiqlovchi dalillar yetarli emasligi tufayli unga nisbatan oqlov hukmi chiqariladi. Gumon qilinuvchi ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin “Miranda qoidasi” yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ham kiritildi, unga binoan, ushlangan shaxs sukut saqlash, so’roq jaroyinida advokati ishtirokini talab qilish va boshqa huquqlarga egaligi sodda tilda shaxsga ilk soniyalardan tushuntiriladi. Yana bu qoida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan o’zining aybsizligi to’g’risida “alibi” va boshqa dalillar talab etilishiga to’sqinlik qiladi. Hech kim o’ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. Sud va tergovda shaxsni o’ziga va oila a’zolariga guvohlik berishga majbur qilish uning manfaatlariga aslo to’g’ri kelmaydi. Qolaversa, milliy mentalitetimizda oila a’zolari va qarindoshlar o’rtasida o’zaro hurmat muhim qadryat hisoblanadi. Otaning o’z farzandiga, farzandning otasiga, aka-uka va opa-singillar bir-biriga qarshi guvohlik berishi oilaviy qadryatlarimizga ham mos emas. Shu sababli bu norma aybsizlik prezumpsiyasini miliy mentaletetimiz asosida yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Agar shaxsning o’z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo’lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas deb belgilandi. Bu sud va tergovda shaxs manfaatlarini himoya qilish bo’yicha yangi kafolatlar taqdim etadi. Gap shundaki, shaxsning aybiga oid dalillar yetarli bo’lmaganda uning o’z aybiga iqror bo’lganligi to’g’risidagi yagona dalil bilan cheklanish holatlari ham mavjud edi. Birgina o’z aybiga iqror bo’lganligi bilan shaxsni javobgarlikka tortish va jazoga hukm qilish adolat va mantiq mezonlariga to’gri kelmaydi. Bundan keyin shaxsni ayblash uchun dalillar yetarli bo’lmaganda aybiga iqrorlik olish uchun qo’rqitish unga tahdid qilish va bosim o’tkazish yoki qiynoq qo’llash holatlariga yo’l qo’yilmaydi. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o’ziga nisbatan insoniy muomalada bo’linishi hamda inson shaxsiga xos bo’lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga egaligi ham tarixda ilk bor konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda. Qolaversa, shaxsning sudlanganligi va bundan buyon kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlari huquqlarini cheklash uchun asos bo’lishi mumkin emasligi belgilandi, bularning hammasi mustabid tuzumdan qolgan illatga, ya’ni sudlangan shaxs uchun uning yaqinlari jabr tortishiga chek qo’yadi va ko’p yillardan buyon qiynab kelayotgan aybsiz aybdor bo’lib qolish muammosiga yechim bo’ladi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 29-moddasidagi asosan, “Har kim malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi, Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko’rsatiladi”. Sir emas, zarur hollarda malakali yuridik yordam o
Доказательный фрагмент
«This article presents the changes made to the new constitution on the presumption of innocence and their analysis.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the changes made to the new constitution on the presumption of innocence and their analysis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- presumption of innocence, the Miranda rule, alibi, samosud, Презупция невиновности, Aybsizlik prezumsiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026