К содержанию
РецензированоUZ2026

Mahalliy laktobatsilla shtammlarini yallig‘lanishga qarshi faolligini o‘rganish

MAHALLIY LAKTOBATSILLA SHTAMMLARINI YALLIG‘LANISHGA · QARSHI FAOLLIGINI O‘RGANISH · G.J. Qutlieva · D.K. Nurmuhamedova · Weissella viridescens WV (Annotatsiya: O‘zRFA mikrobiologiya instituti “Probiotiklar mikrobiologiyasi) · Lactobacillus plantarum CM (Annotatsiya: O‘zRFA mikrobiologiya instituti “Probiotiklar mikrobiologiyasi) · TADQIQOT MAQSADI (Annotatsiya: O‘zRFA mikrobiologiya instituti “Probiotiklar mikrobiologiyasi)

Актуальные проблемы современной фармакотерапии · 7-44 · 2026

Аннотация

O‘zRFA mikrobiologiya instituti “Probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi” laboratoriyasida mahalliy sut mahsulotlari hamda ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloq axlati namunasidan sut achituvchi bakteriyalarining quyidagi shtammlarini ajratib olindi: Weissella cibaria WC- 1, Weissella cibaria WC-2, Weissella viridescens WV, Lactobacillus plantarum CM, Lactobacillus plantarum OC, Lactobacillus plantarum Б-20 hamda , Lactobacillus plantarum C-3 lar. Tanlangan mahalliy shtammlarning probiotik xususiyatlari, bezararligi, o‘tkir toksikligi o‘rganildi, to‘g‘ri ichak yarali kolitida qo‘llash bo‘yicha klinik oldi sinovlaridan ijobiy natijalar qayd etildi. Tadqiqotlar davomida o‘rganilayotgan shtammlar asosida to‘g‘ri ichak yarali kolit yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olish maqsadida qo‘llashga tavsiya etildi . Kalit so‘zlar: probiotiklar, yarali kolit (YK), Kron kasalligi (KK) TADQIQOT MAQSADI Yarali kolit (YK) yo‘g‘on ichak shilliq qavatida surunkali yallig‘lanish bilan tavsiflanadi. Ko‘pgina izlanishlarga qaramasdan, ushbu kasallikning etiologiyasi noaniq bo‘lib qolmoqda, patogenetik mexanizmlari hali hanuz yaxshi tushunilmagan. Bizning bilimlarimizning zamonaviy arsenali, kasallikning patogenezini o‘rganish va YK ni davolashning yangi usullarini ishlab chiqishda sezilarli yutuq bo‘lishiga qaramay, muammoni hal qilingan deb hisoblashimizga imkon bermaydi. Uzoq muddatli surunkali yallig‘lanish yo‘g‘on ichak shilliq qavatida patologik jarayonni rivojlanish ehtimoli bilan bog‘liq. Genetik xavf yallig‘lanishli ichak kasalliklarining rivojlanish xususiyatlarini aniqlaydi: yarali kolit (YK) yoki Kron kasalligi (KR), ammo aniqlangan anomaliyalarning atigi 20%i ma’lum genetik lokuslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Genetik variantlarni dekodlash juda qiyin, ammo bu kasalliklarning murakkab patogenezini o‘rganishga imkon beradi. So‘nggi o‘n yilliklarda butun dunyoda, shu jumladan megapolislarda, o‘sish tendensiyasi eng yuqori bo‘lgan sanoatlashgan mamlakatlarda, yallig‘lanishli ichak kasalliklarining tez sur’atlarda o‘sishi kuzatilmoqda (R. Boyapati, J. Satsangi, 2015) [1]. Yarali kolitni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy natijalariga ko‘ra, uning shakllanishi tashqi va ichki muhitning turli omillariga bog‘liq, ya’ni 68 «Актуальные проблемы современной фармакотерапии» Республиканская научно-практическая конференция multifaktorial etiologiyaga ega, uning rivojlanishida yagona sabab yo‘q. Shu munosabat bilan, ko‘plab olimlar patologiyaning sabablari noma’lum va diagnostika va davolashda oldingi tadqiqotlar tajribasiga asoslanganligini ta’kidlaydilar [2]. Shunday qilib, tadqiqotlarga ko‘ra, rivojlanish sababi ichak mikroflorasining buzilishi hisoblanadi. Ichakda foydali mikroorganizmlar guruhlaridan biri laktobakteriyalar bo‘lib, ularning ishtirokisiz tananing normal ishlashini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Misol uchun, laktobakteriyalar (atsidofil) va sut achituvchi bakteriyalari o‘z vaqtida ichak harakatini ta’minlaydi, allergik reaksiyalar va ich qotishidan himoya qiladi [3, 4]. Neytral mikrofloraga Escherichia coli va enterokokklarni kiritish mumkin, chunki ularning tanaga foydali ta’siri haqida hali hech qanday dalil yo‘q. Mikroorganizmlarning immunitet holatiga ta’siri haqida nazariya ilgari surildi. Shunday qilib, ular organizmda antiviral immunitetni shakllantirish tufayli tashqi salbiy omillardan himoya qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ustun bo‘lgan foydali mikroflora qarish jarayonini sekinlashtiradi va ko‘plab patologiyalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi [5]. Ichak mikroflorasining asosiy massalaridan biri tayoqchalar va kokklardir (masalan, stafilokokklar), ular oddiy mikroflora hisoblanadi va shartli patogen flora hisoblanadi. Ularning koloniyalarining “kritik massa”dan oshmaydigan o‘sishi uchun shartlar bo‘lmasa, ular mutlaqo zararsizdir [6]. Laboratoriyadagi ketma-ket skrining tekshiruvlarini o‘tkazgan ilmiy ishlanmalarimiz quyidagi mahalliy shtammlarni ajratib olish imkonini berdi: Lactobacillus plantarum C-3, Lactobacillus plantarum CM, Lactobacillus plantarum OC, Lactobacillus plantarum Б-20, Weissella cibaria WC-1, Weissella cibaria WC-1, Weissella cibaria WC -2, Weissella viridescens WV-1. MATERIALLAR VA USULLAR Tadqiqotlar vazni 18-21 g boʻlgan har ikki jinsdagi 120 ta yetuk sichqonlarda oʻtkazildi. Tajriba hayvonlari ustida ilmiy ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Farmakologiya qoʻmitasi talablari asosida olib borildi. Tajriba hayvonlari Toshkent farmatsevtika instituti vivariysiga qabul qilinib, hayvonlar ikki haftalik karantinga joylashtirildi. Hayvonlar ochiq tizimli xonada 18-25 ° С haroratda, tabiiy yorug‘lik, suv va maxsus oziq-ovqatdan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan xonada saqlangan. Tajriba hayvonlariga yarali kolitni chaqirishdan oldin, ya’ni eksperiment avvalida hayvonlar tana vazni tortildi. Tajriba davomida sichqonlarning axlatining tabiati, ularning harakat faolligi, tuk qoplamalarining holati kuzatildi va hayvonlarning nobud bo‘lish ko‘rsat

Доказательный фрагмент

«O‘zRFA mikrobiologiya instituti “Probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi” laboratoriyasida mahalliy sut mahsulotlari hamda ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloq axlati namunasidan sut achituvchi bakteriyalar…»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zRFA mikrobiologiya instituti “Probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi” laboratoriyasida mahalliy sut mahsulotlari hamda ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloq axlati namunasidan sut achituvchi bakteriyalar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yarali kolit (YK), язвенный колит (ЯК), ulcerative colitis (UC), probiotiklar, пробиотики, Crohn's disease (CC), болезнь Крона (БК), probiotics, Kron kasalligi (KK)
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]МедицинаENРецензированоОткрытый доступ
ACUTE HEMATOGENIC OSTEOMYELITIS IN CHILDREN

СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022

4