Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФАКТОРЫ ПОЯВЛЕНИЯ ПЕЙЗАЖНЫХ ОБРАЗОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ НУРУЛЛЫ ЧОРИ
BOʻLISH OMILLARI · Adolat Davlatova · CHORI'S WORKS
Современная наука и исследования · 2 · 80-83 · 2023
Аннотация
The phenomenon of landscape in literary science and the opinions of literary experts about this phenomenon are briefly presented, and the beautiful views of landscape in the prose of Nurulla Chori are shown and analyzed.. Key words: landscape, landscape lyrics, nature image, word-image line, image. ФАКТОРЫ ПОЯВЛЕНИЯ ПЕЙЗАЖНЫХ ОБРАЗОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ НУРУЛЛЫ ЧОРИ Аннотация. Кратко представлен феномен пейзажа в литературоведении и мнения литературоведов об этом явлении, показаны и проанализированы прекрасные виды пейзажа в прозе Нуруллы Чори. Ключевые слова: пейзаж, пейзажная лирика, образ природы, словесно-образный ряд, образ. Adabiyotning, xususan, badiiy adabiyotning eng katta vazifalaridan biri bu – borliqning jozibasini, goʻzalligini aks ettirish, tasvirlashdir. Adabiyot ilmida bu hodisa peyzaj deb ataladi. Ijodkor peyzaj orqali nafaqat tabiatning goʻzalligini tasvirlaydi, balki bu tasvirlar orqasiga ramzlar, simvollar, koʻchimlarni yashiradi. Yozuvchi tasvirlagan peyzaj orqali oʻquvchi tabiatida zavq, hayotga muhabbat uygʻonsa, uning orqasidagi “yashirin” maʼnoni teran anglaganda esa oldingidan ham koʻproq zavq-shavqqa toʻladi. Badiiy asar tub zamiridagi maʼnolarni peyzaj orqali anglash har qanday oʻquvchiga ham nasib etavermaydi. Yozuvchi demoqchi boʻlgan holat oʻquvchi uchun tushunarli boʻlishligi bir qancha shartlarni talab qiladi. Bular: makon va zamon yaqinligi; oʻquvchining yoshi va saviyasi; badiiy asar tilining murakkablik darajasi. Badiiy asarlarda berilgan tabiat manzaralari tasviri ijodkor badiiy mahoratini namoyon etadigan omillardan biri sanaladi. Chunki tabiat manzaralari tasvirida ijodkorning oʻzi qalamga olayotgan makonga munosabati, u joyni qanchalik bilishi, qahramonlari dunyosi va ular 2 28 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yashayotgan muhitni nechogʻlik chuqur his qilishi bilinadi. Shu bois tabiat manzaralari tasviri badiiy asarning tarkibiy qismi hisoblanadi1. Tabiat tasviri ijodkor badiiy mahoratini namoyon etuvchi muhim omillardan sanaladi. Chunki manzaralar tasvirida ijodkorning soʻz qoʻllash mahorati, qalamga olingan makonga munosabati yuzaga chiqadi2. Badiiy asarlarda tabiat tasvirlari ijodkorning badiiy mahoratini, uning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini koʻrsatib beradi. Tabiat manzaralari koʻrinishi kitobxonlarning qahramonlar xarakteri, holatini his qilishga imkon berishi jihatidan ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Qahramonlar yashaydigan joy ham ularning hayoti haqida aniq tasavvurlar uygʻota oladi. Adabiyotshunos olim D.Quronovning peyzaj haqidagi fikrlarini toʻliq va ortiqcha izohlarsiz berib oʻtishni joiz topdik. “PEYZAJ ( fr. paysage – joy, yurt) – adabiy asarda yaratiluvchi badiiy voqelikning muhim komponenti, voqealar kechuvchi ochiq makon (yopiq makon – interyer) tasviri. Anʼanaga koʻra peyzaj deyilganda tabiat tasviri tushuniladi, lekin bu xil tushunish birmuncha torroq. Chunki peyzaj nafaqat tabiatni (agar bu soʻz ostida birlamchi tabiat tushunilsa), balki u bilan birga inson tomonidan yaratilgan narsalar tasvirini ham koʻzda tutadi. Shu maʼnoda, masalan, biron-bir xiyobon yoki shahar koʻchasining tasviri ham peyzaj, holbuki, ular tabiat tasviri emas, joy tasviridir. Yozuvchi peyzajni voqealar rivojini toʻxtatib qoʻygancha mufassal tasvirlashi (statik peyzaj) yoki unga taalluqli detallarni voqealar davomida berib borishi (dinamik peyzaj) mumkin3. Shuningdek olim va boshqa adabiyotshunoslar “Аdabiyotshunoslik lugʻati”da peyzaj lirikasining mazmun mohiyati, maqsad vazifalari haqida: “Peyzaj lirikasida tasvirlangan tabiat manzarasida lirik subyekt qalbi suratlanadi. Lirik subyekt qalbidan oʻtkazib berilgan manzara oniy kayfiyatning obraziga aylanadi. Shu maʼnoda peyzaj lirikasida tabiatni tasvirlash maqsad emas, balki bir vositadir… Koʻp hollarda sheʼrda tasvirlangan manzara ramziy obrazga aylanadi. Va mavjudlikning mangu muammolari ijtimoiy hayot, inson feʼl-atvori, hayotning mazmuni va shakllar mohiyatini obrazli tarzda ochib berishga qaratiladi ”, -deb taʼkidlasalar, Izzat Sulton: “Badiiy asardagi tabiat tasviri peyzaj (manzara) deb ataladi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, asarning gʻoyaviy-estetik quvvatini oshiradi”, — deb yozadi4. Adabiyotshunoslar adabiyotda peyzajning ahamiyatiga azaldan yuqori baho berishgan. XVIII asrda peyzaj adabiyotda keng tarqalgan mavzu boʻlib, koʻpincha turli shakl va koʻrinishda namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham XVIII-XX asr adabiyotida gʻoya, tushuncha ifodalanishi keng hajmni talab qilgan. Yozuvchilar oddiy jarayonni yoki holatni ham keng tasvirlar orqali ifodalashi bunga sababdir. Masalan, adib qahramonlar ustidagi kiyim-kechakdan tortib, toki, atrofdagi eng kichik detallargacha mufassal tasvirlaganlar. Hozirgi zamon adabiyoti esa buni koʻtarmaydi. Hozirgi peyzaj ham purmaʼnolilikni, ham murakkablikni, ham serjilolilikni talab qiladi. Shu jihatdan qaraydigan boʻlsak, XVIII asr va undan keyingi davrda
Доказательный фрагмент
«The phenomenon of landscape in literary science and the opinions of literary experts about this phenomenon are briefly presented, and the beautiful views of landscape in the prose of Nurulla Chori are shown and analyz…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe phenomenon of landscape in literary science and the opinions of literary experts about this phenomenon are briefly presented, and the beautiful views of landscape in the prose of Nurulla Chori are shown and analyz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- landscape, landscape lyrics, nature image, word-image line, image, peyzaj, пейзаж
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025