Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НОВЫХ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Ergasheva Mohigul Qahramon qizi · LITERATURE LESSONS
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the use of new innovative pedagogical technologies in the mother tongue and literature classes, interactive methods in the educational process, innovative technologies, and the use of pedagogical and information technologies in the educational process. Key words: healthy communication, mass media, analysis "Charkhpalak" technology, discussion, "Brainstorming". ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НОВЫХ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ Аннотация. В данной статье говорится об использовании новых инновационных педагогических технологий на уроках родного языка и литературы, интерактивных методов в образовательном процессе, инновационных технологиях, а также использовании педагогических и информационных технологий в образовательном процессе. Ключевые слова: здоровая коммуникация, СМИ, анализ, технология «Чархпалак», дискуссия, «Мозговой штурм». Shuni ta’kidlash muhimki, «Ona tili va adabiyot» darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangiyangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Ona tili va adabiyot» darslarining o‘rni beqiyosdir. Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin. Innovatsion texnologiya – ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, 2 14 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilarning yozma nutqi va imlosi savodxonligini mustahkamlash maqsadida matn yaratish yuzasidan bir qancha qiziqarli topshiriqlar berish mumkin. Jumladan, “Morfologiya” bo‘limini o‘tish jarayonida har bir so‘z turkumi yuzasidan grammatik ertak yaratish vazifasi topshirilsa, o‘quvchilarning grammatik savodxonligi o‘sish bilan bir qatorda, mantiqiy mushohada qilish qobiliyati rivojlanadi, ijodkorligi oshadi. Innovatsion texnologiyalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirib, ta’lim jarayonining markaziga o‘quvchi- talabalarning o‘quv-biluv faoliyatini qo‘yadi, ta’lim jarayoni yaxlitligini ta’minlaydi. O‘quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko‘rsatkichi, o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etishi, iroda va faoliyatning o‘quvchi ongining predmetiga aylanishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, ta’lim beruvchi maqsadga eltuvchi usullarni tanlay bilishi, o‘quv-tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta’minlashi lozim. Innovatsion texnologiyalarni ta’limjarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish pedagoglar oldida turgan masalalardan biri hisoblanadi. O‘qituvchi dars jarayonida boshqa ma’lumotni berish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari, multimedia dasturlari, jadvallar va shunga o‘xshash mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatib o‘tsa, bu nafaqat o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, balki o‘quvchilarning mustaqil o‘qishini talab darajasida shakllantirishiga, mavzuni imkon darajasida to‘la o‘zlashtirishiga ham yordam beradi. Ma’lumki, bugungi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng foydalaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot” “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzun
Доказательный фрагмент
«This article talks about the use of new innovative pedagogical technologies in the mother tongue and literature classes, interactive methods in the educational process, innovative technologies, and the use of pedagogi…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the use of new innovative pedagogical technologies in the mother tongue and literature classes, interactive methods in the educational process, innovative technologies, and the use of pedagogi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- healthy communication, mass media, analysis "Charkhpalak" technology, здоровая коммуникация, sog'lom muloqot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025