Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
qo‘shgan hissasihaqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Oliy ta’lim, Oliy o‘quv yurtlari, Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, ko‘chirib keltirilgan ziyolilar, ta’lim.
To‘xtasinovToxirjon Mo‘minjonovich · IIJAHONURUSHIDAN KEYINGI YILLARDAO‘ZBEKISTONDAOLIYTA’LIMTIZIMI (Andijondavlat tibbiyot instituti,)
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
В данной статье рассказывается о создании, проблемах и достижениях высших учебных заведений Узбекистана в годы после Второй мировой войны, а также их вкладе в систему образования Узбекистана. Ключевые слова: Высшее образование, высшие учебные заведения, подготовка высококвалифицированных специалистов,переведенныеинтеллигенция,образование. Abstrakt: This article describes the creation, problems and achievements of higher educational institutions in Uzbekistan in the years after the Second World War, as well as their contribution to the education system ofUzbekistan. Keywords: Higher education, higher educational institutions, training of highly qualified specialists, transferred intelligentsia, education. Bugungi kunda O‘zbekiston tarixini xolisona, ilmiy asosda o‘rganishga aloxida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda Oly Majlisga qilgan murojaatnomasida ta’kidlab o‘tganidek, “milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizni qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab- quvvatlashimizlozim. O‘tmishga berilgan baho albattaxolisona, eng mihimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishizarur.” O‘zbekiston tarixini o‘rganishda Sovet davri tarixi muhim ahamiyat kasb etadi. 1946-1991 yillarda sovet hukumati O‘zbekistonda ziyoli mutaxassislarni yetishtirishga bel bog‘ladi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari malakali mutaxassislartayyorlash maskaniga aylandi. Urush yillari O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtlari og‘ir sinovlardan o‘tdi. Ko‘pchilik professor-o‘qituvchilar, talabalar frontga safarbar etildi. Samarqand kooperativ instituti bilan Toshkent moliya–iqtisodiyot instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari, O‘zbek va O‘rta Osiyo davlat universitetlari birlashtirildi [1]. Ularning bo‘shagan binolariga harbiy muassasalar, gospitallar joylashtirildi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR(RESEARCH BIB) –7,245,SJIF–5,431 O‘z professor-o‘qituvchilari bilan ko‘chirib keltirilgan Oliy o‘quv yurtlarining faoliyati respublikada Oliy ta’limning yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi. Moskvalik va Leningradlik olimlar talabalarga yangi kurslar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar, mahalliy millat vakillaridan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ko‘maklashdilar, yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo’yildi. Ular xalq xo‘jaligi va harbiy ahamiyatga molik mavzularda tadqiqot ishlarini olib bordilar. Toshkent industriya instituti ilmiy jamoasi Bekobod metallurgiya zavodini qurish, mis va boshqa mahalliy rudalarni eritish usullarini ishlab chiqish, metallar korroziyasiga qarshi kurashishning samarali yo‘llarini topish, yangi zavodlar loyihasini ishlab chiqish vaqurish borasida faol qatnashdilar. O‘zbekiston hukumati Oliy o‘quv yurtlaridagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, moddiy ba’zasini mustahkamlash, o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalalarida ko‘maklashdi. Ayniqsa ko‘chib kelgan tajribali pedagoglar, olimlar 1943-1944-yillarda o‘z shaharlariga qayta boshlagan, urushning dastlabki davrida yopilgan yoki birlashtirilgan institutlar qayta tiklanayotgan, yangidan Chimboy va Urganch pedagogika institutlari, Toshkent teatr san’ati instituti ochilgan, ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik ortgan bir paytda pespublika hukumatining Oliy o‘quv yurtlariga ko‘magi sezilarli bo‘ldi. Yirik Oliy o‘quv yurtlarida aspirantura va doktoranturaga qabul kengaytirildi [1]. Respublika miqyosida ishlab turgan rahbar xodimlar Oliy o‘quvyurtlariga ishga yuborildi. 1945-yilda Oliy o‘quiv yurtlari soni 1940-yilga qaraganda 3 taga ko‘payib. 33 tani tashkil qildi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urursh yillarida xammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy malakali va3,7mingga yaqin o‘rta maxsusu ma’lumotlimutaxassis tayyorlandi [1]. Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan 1941-1943 yillarda ko‘chirib keltirilgan 35 ta Oliy o‘quv yurti va 7 ta akademiya qabul qilib olindi, ularning ba’zilari o‘zaro yoki O‘zbekistonOliy o‘quvyurtari bilan birlashtirildi[1]. Ushbu qiyinchiliklariga qaramasdan O‘zbekistonda Oliy va o‘rta maxsus yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati ham to‘xtab qolmadi. O‘zbekistonda 29 ta Oliy va 52 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti ishlab turdi, ularning soni markazdan ko‘chirib keltirilgan 31 ta Oliy o‘quv yurti va 7 ta harbiy akademiya hisobiga yanada ortib bordi. Bu o‘quv yurtlarida urush yillari mobaynida 11.750 nafar yuqori malakali mutaxassiskadrlar tayyorlandi [2]. Ikkinchi jahon urushidagi katta yoqotishlar Oliy ma’lumotli xodimlarning son va sifat jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida urushdan keyingi yillardayoq Oliy ta’limni rivojlantirish zarur ekanligini taqozo etardi. Shu yillar mobaynida o‘rta maxsus va Oliy ta’lim tarmoqlari ham rivojlandi. 1940–1941-o‘quv yilida O‘zbеkistonda 98 ta o‘rta maxsus
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассказывается о создании, проблемах и достижениях высших учебных заведений Узбекистана в годы после Второй мировой войны, а также их вкладе в систему образования Узбекистана.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассказывается о создании, проблемах и достижениях высших учебных заведений Узбекистана в годы после Второй мировой войны, а также их вкладе в систему образования Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Higher education, higher educational institutions, training of highly qualified specialists, Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, Oliy o‘quv yurtlari, ko‘chirib keltirilgan ziyolilar, Oliy ta’lim, ta’lim.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014