К содержанию
РецензированоUZ2025

Abduraximova Shaxnoza Raxmonjonovna Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika vapsixologiya kafedrasi o’qituvchisi

Abduraximova Shaxnoza Raxmonjonovna · STRESSGABARDOSHLILIKNI SHAKILLANTIRISHDAIJTIMOIY-PSIXOLOGIK (Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika vapsixologiya kafedrasi o’qituvchisi.) · YORDAMNING AHAMIYATI (Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika vapsixologiya kafedrasi o’qituvchisi.)

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada stressga bardoshlilikni shakllantirish jarayonida ijtimoiy- psixologik yordamning ahamiyati ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Stressga bardoshlilik tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, psixologik yordamning turli shakllari, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya, relaksatsiya texnikalari vaijtimoiy treninglar samaradorligi haqidabatafsil ma’lumotberilgan. Kalit so‘zlar: stressga bardoshlilik, ijtimoiy-psixologik yordam, kognitiv-behavioral terapiya, relaksatsiya texnikalari, emotsional barqarorlik, kommunikatsiya ko‘nikmalari, ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash,stressni boshqarish,moslashuvchanlik,psixoterapiya. Kirish. Zamonaviy jamiyatda hayot sur’atining oshishi, texnologik rivojlanish va globallashuv jarayonlari insonlarning kundalik hayotida yangi imkoniyatlarni yaratish bilan birga, turli xil stress omillarini ham keltirib chiqarmoqda. Ish faoliyatidagi raqobat, shaxsiy hayotdagi muammolar, iqtisodiy va ijtimoiy bosim kabi omillar insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’sir qiluvchi asosiy sabablardan biri sifatida ko‘riladi. Bu sharoitda stressga bardoshlilikni rivojlantirish shaxsiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Stressga bardoshlilik insonning salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan kurasha olish, muammolarni samarali hal etish va emotsional muvozanatni saqlash qobiliyatidir. Ushbu ko‘nikma shaxsning ichki resurslari, ijtimoiy munosabatlari va psixologik barqarorligi bilan chambarchas bog‘liq. Biroq, ko‘pchilik hollarda, shaxs o‘z-o‘zidan bunday qobiliyatni rivojlantirishga qodirbo‘lmaydi. Bu jarayonda ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish samarali usul sifatidanamoyon bo‘ladi. Asosiy qism. Ijtimoiy-psixologik yordam – bu insonlarga stress bilan kurashish, o‘z-o‘zini boshqarish va ruhiy salomatlikni tiklashga qaratilgan maxsus usullarva texnologiyalar yig‘indisi. Psixoterapiya, guruhiy mashg‘ulotlar, treninglar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari kabi yondashuvlar stressga bardoshlilikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqola stressga bardoshlilikni rivojlantirish jarayonida ijtimoiy-psixologik yordamning o‘rni va ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Unda stressga bardoshlilikni shakllantirishning nazariy asoslari, ijtimoiy-psixologik yordamning mazmuni va uning samarali usullari tahlil qilinadi. Maqola orqali zamonaviy sharoitda stress bilan muvaffaqiyatli kurashish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Stressga bardoshlilik, zamonaviy psixologiyada muhim tushuncha sifatida, insonning salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillarga qarshi turish, bu omillarning psixologik va emotsional holatga ta’sirini minimallashtirish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Ushbu qobiliyat insonning ruhiy salomatligi, ijtimoiy moslashuvchanligi va hayot sifati darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Stressni boshqarish shaxsning o‘zini tanish, his-tuyg‘ularni boshqarish va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish qobiliyatidan kelib chiqadi [1].Stressga bardoshlilikning nazariy asoslari bir qator ilmiy paradigmalarga asoslanadi. Stressga bardoshlilikni ta’minlovchi asosiy tarkibiy qismlar psixologik barqarorlik, ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash va moslashuvchanlikdan iborat. Ushbu omillarni chuqur tahlil qilish mazkur tushunchaning mohiyatini yanada kengroq yoritishga yordam beradi. Psixologik barqarorlikning yuqori darajasi stress omillarining ruhiy salomatlikka salbiy ta’sirini kamaytiradi va shaxsning www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 ichki muvozanatini saqlashiga yordam beradi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash shaxsning oila, do‘stlar, jamiyat yoki ish joyidagi hamkasblar bilan o‘zaro munosabatlar orqali oladigan ma’naviy va amaliy yordami sifatida talqin etiladi. Atrofdagilarning iliq munosabati va qo‘llab- quvvatlovi stressni yengishda katta ahamiyatga egadir. Moliyaviy, maslahat yoki muammoni hal qilishga amaliy yordam beruvchi resurslar hisoblanadi. Shaxsning jamiyatga integratsiyasi, o‘zini yagona tizimning bir qismi sifatida his qilishi mumkin va kuchli ijtimoiy tarmoqka ega shaxslar stressli vaziyatlarda kamroq ruhiy bosimga uchraydi. Stressli vaziyatlar ko‘pincha o‘zgarishlarga moslashish qobiliyatini talab qiladi. Ijtimoiy-psixologik yordam moslashuvchanlikni rivojlantirish orqali stress omillarini engish imkoniyatini beradi. Psixologik yordam shaxsni muammolarni ijodiy hal qilishga undaydi va yangi yondashuvlarni taklif etadi. Moslashuvchanlikning oshishi shaxsga turli xil murakkab vaziyatlarda bardoshli bo‘lishga yordam beradi va uning stressga nisbatan immunitetini mustahkamlaydi. Moslashuvchanlik – shaxsning stressli holatlarda moslashish va muammolarni bartaraf etish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqish qobiliyatidir. Moslashuvchanlik shaxsning turli xil stress omillariga nisbatan chidamli

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada stressga bardoshlilikni shakllantirish jarayonida ijtimoiy- psixologik yordamning ahamiyati ilmiy asoslangan holda yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada stressga bardoshlilikni shakllantirish jarayonida ijtimoiy- psixologik yordamning ahamiyati ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emotsional barqarorlik, stressga bardoshlilik, kognitiv-behavioral terapiya, moslashuvchanlik, ijtimoiy-psixologik yordam, relaksatsiya texnikalari, kommunikatsiya ko‘nikmalari, stressni boshqarish, psixoterapiya., ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники