К содержанию
РецензированоRU2023

ИЗУЧЕНИЕ ПЛОТНОСТИ ТРАНСПОРТНЫХ СРЕДСТВ НА УЛИЦАХ ГОРОДА КАРШИ

ZICHLIGINI O‘RGANISH · Xushvaqtova Bibioysha Mamayusupovna · Abduraxmonov Urol Nurmatovich · OF KARSHI CITY

Современная наука и исследования · 2 · 543– 548 · 2023

Аннотация

This article presents the traffic density in the central streets of Karshi and its changes depending on traffic composition, speed and road conditions. Key words: car, traffic flow, road, road source, traffic density, traffic volume, traffic speed, traffic unevenness, safe traffic. ИЗУЧЕНИЕ ПЛОТНОСТИ ТРАНСПОРТНЫХ СРЕДСТВ НА УЛИЦАХ ГОРОДА КАРШИ Аннотация. В данной статье представлена плотность движения на центральных улицах города Карши и ее изменения в зависимости от состава трафика, скорости движения и дорожных условий. Ключевые слова: автомобиль, транспортный поток, дорога, дорожный источник, плотность движения, интенсивность движения, скорость движения, неравномерность движения, безопасное движение. Kirish. Avtomobil yo‘llarida xavfsiz harakatni tashkil etish uchun transport vositalarini yuqori samaradorlik bilan harakatlanishiga qaratilgan tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi. Unda transport vositalari oqimi yo‘lning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, uning har xil bo‘laklarida xavfsiz harakat rejimini va yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi lozim bo‘ladi. Transport oqimining o‘zgarishiga yo‘l sharoitining holatiga bog‘liqligini ham hisobga olish kerak. Avtomobil yo‘llarida transport oqimining harakat tizimini o‘rganishda eng ahamiyatli xususiyatlardan biri bu - transport oqimining harakat zichligidir. Transport oqimining harakat zichligi – transport vositalarining yo‘lning 1 km uzunlikdagi bitta harakat bulagiga joylashgan soni bilan o‘lchanadi[1]. Bu ko‘rsatkich harakat tarkibiga, uning tezligiga va yo‘l sharoitiga nisbatan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yengil avtomobillardan iborat maksimal transport oqimining zichligi qmak=200 avt/km, bunda tezlik v=0 km/soatga, transport oqimining optimal zichligi Qopt= 15-25 avt/kmga ega bo‘ladi. Tranport oqimining zichligi oshib borgan sari transport vositalari oraliq masofasi kamayishi, tezlikning kamayishi hamda haydovchilarning ruxiy ish rejimining qiyinlashishi umumiy yo‘l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining zichligi transport vositalarining to‘xtab qolish holatida kuzatiladi[2]. 1 99 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Transport vositalarining eng asosiy ko‘rsatkichlari bu: harakat miqdori(N), tezlik(V) va tranport oqimining zichligidir(Q) [3,4]. Tranport oqimining zichligini quyidagi ifoda orqali aniqlandi. Q = N / V (1) Bu yerda: N- yo‘lning bitta bo‘lagidagi harakat miqdori, avt/km V-transport oqimining tezligi, km/soat Transport oqimining harakat zichligi harakat miqdori “N” va yo‘l sharoiti o‘zgarishiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Tranport oqimining zichligi aerofotosyemka yoki yo‘lning yon tarafidan baland joydan tasvirga olish orqali aniqlanadi. Tranport oqimining zichligi yuqori bo‘lgan paytlarda yo‘lning yuklanganlik darajasi ortadi va transport oqimining tezligini kamayadi. Bu xollarda tabiiy ravishda transport vositalaridan atrof-muhitga chiqayotgan ortiqcha zaharli gazlar miqdori ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Transport vositalaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamaytirishda transport oqimining zichligini kichik ko‘rsatkichga keltirish, buning uchun oraliq masofani saqlagan holda 40 dan 60 km/soatgacha tezlik bilan harakatlanishini ta’minlash lozim bo‘ladi. Xarkov milliy avtomobil-yo‘llar universiteti olimlari L.A.Kovalenko, S.N.Urdziklar transport oqimining harakat zichligi, harakat miqdori va harakat tezligini bog‘lovchi qonuniyatni ishlab chiqishdi: Nmax=Qmax * V, (2) Bu yerda Q=Qmax meyoriy harakat miqdori, shahar ko‘chalarida o‘tkazuvchanlik qobiliyatining miqdorini belgilab beradi. Yilning har xil vaqtlarida olib borgan eksperimental tadqiq ishlariga asosan, harakat zichligi va harakat tezligi orasidagi bog‘liqlik: quruq ob-havo sharoiti uchun Qmax= 125-0.88V, (3) yog‘ingarchilik sharoiti uchun Qmax= 125-1.10 V, (4) Ifodalardan ko‘rinadiki, yog‘ingarchilik sharoiti quruq havo sharoitiga nisbatan harakat zichligining o‘tkazish qobiliyati va transport oqimining tezligiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi[5]. Shuning uchun transport oqimining harakatlanish xavfsizligi va uning holatini baholashda harakat zichligini va harakat tezligini aniqlash talab etiladi. Shahar ko‘chalarida eksperimental kuzatishlar olib borishdan maqsad harakat tezligini o‘zgarish qonuniyatini o‘rganish, har xil sharoitlarda transport oqimining harakat zichligining o‘zgarishini o‘rganish hamda transport oqimining asosiy xususiyatlari orasidagi qonuniyatlarni o‘rganishdir. Transport oqimining zichligi harakat tezligining pastligi va harakat notekisligi orqali ham xarakterlanadi. Transport oqimining harakat zichligini o‘rganish uchun harakat zichligiga yo‘l sharoitining ta’sirini va “tezlik-zichlik ” bog‘liqligini tadqiq qilinadi. Harakat zichligi vaqt davomida yo‘lning ahamiyatiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Harakat zichligining yuqori qiymatini ko‘proq qiyaliklarga ko‘tarilishlarda, temir yo‘l kesishmalari atrofida, aholi yashash joylarin

Доказательный фрагмент

«This article presents the traffic density in the central streets of Karshi and its changes depending on traffic composition, speed and road conditions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents the traffic density in the central streets of Karshi and its changes depending on traffic composition, speed and road conditions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
car, traffic flow, road, road source, traffic density, traffic volume, traffic speed, автомобиль, avtomobil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники