К содержанию
РецензированоUZ2025

XabibullayevaMunavvarxon Lochinbek qizi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

XabibullayevaMunavvarxon Lochinbek qizi · ABDULLAQODIRIYVA UNING ASARLARIDA O’ZBEK QADRIYATLARI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Mazkur maqola Abdulla Qodiriy ijodida o‘zbek xalqining qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalarining aks etishiga bag‘ishlanadi. Abdulla Qodiriy o‘zining yirik asarlari, jumladan "O‘tkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlari orqali o‘zbek millatining tarixiy va madaniy merosini jonlantirgan va uning maʼnaviy qadriyatlarini tasvirlab bergan. Yozuvchi asarlarini yaratishda, o‘zbek xalqining oilaviy tuzilishi, o‘ziga xos urf-odatlari, milliy g‘oyalar va jamiyatdagi ijtimoiy rollarni taʼkidlaydi. Maqolada Qodiriy asarlarida o‘zbek oilasining o‘ziga xosligi, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, milliy anʼanalar, vatanparvarlik g‘oyalari va xalqning axloqiy qadriyatlari keng tahlilqilinadi. Abdulla Qodiriy o‘z asarlarini yaratishda nafaqat zamonining ijtimoiy hayotini, balki o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va anʼanalarini saqlashga, ularni kelajak avlodga yetkazishga alohida eʼtibor qaratgan. Asarlaridagi qahramonlar orqali milliy g‘oyalar va qadriyatlar, xususan, vatanparvarlik, o‘zlikni anglash va oilaviy muhitda tarbiya berish masalalari ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada Qodiriy asarlaridagi maʼnaviy va ijtimoiy qadriyatlar, ayniqsa, o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy hayotini aks ettirishdagi ahamiyati va ulug‘ yozuvchining milliy maʼnaviyatga qo‘shgan hissasitahlil qilinadi. Bu maqola Abdulla Qodiriy ijodining nafaqat adabiy, balki maʼnaviy, ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan. Yozuvchining asarlari orqali o‘zbek xalqining qadriyatlari, anʼanalari va madaniyati qanday ifodalanganini ko‘rsatib, uning millatning maʼnaviy yuksalishidagi o‘rnini taʼkidlaydi. Maqolada shuningdek, Qodiriy asarlarining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati ham muhokama qilinadi, chunki ular yosh avlodga o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni qadrlash va turmushga masʼuliyat bilan yondashishni o‘rgatadi. Kalit so’zlar: Abdulla Qodiriy, O‘zbek adabiyoti, Milliy qadriyatlar, Urf-odatlar, Anʼanalar, Oilaviy munosabatlar, Vatanparvarlik, Maʼnaviy qadriyatlar, Tarbiyaviy ahamiyat, Milliy uyg‘onish. Asosiy qism Abdulla Qodiriyasarlarida milliy qadriyatlarvamaʼnaviyat Abdulla Qodiriy, o‘zbek adabiyotining muhim vakili sifatida, o‘z asarlarini yaratishda milliy qadriyatlarni saqlashga katta ahamiyat bergan. Uning asarlaridagi maʼnaviy va axloqiy qadriyatlar o‘zbek xalqining yuksak maʼnaviy tuzilishini va qadimiy urf-odatlarini aks ettiradi. Qodiriy asarlarida, oilaviy qadriyatlar, milliy anʼanalar, xalqning diniy va madaniy qadriyatlari chuqur va samimiy tarzda yoritilgan. Yozuvchi asarlarini yaratishda, nafaqat xalqning o‘tmishini saqlashni, balki uni yangi avlodga yetkazishniham o‘zoldiga maqsad qilib qo‘ygan. 1.O‘zbek oilasiningahamiyati Qodiriy asarlarida oilaning jamiyatdagi o‘rni va uning qadriyatlari markaziy o‘rin tutadi. Yozuvchining "O‘tkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlarida oilaviy munosabatlar, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 oilaning mustahkamligi va tarbiyaviy ahamiyati asosiy mavzulardan biri bo‘lib, bu qadriyatlar yozuvchi tomonidan idealizatsiya qilingan. Oilaviy tuzilmaning mustahkamligi va undagi axloqiy o‘rinning ahamiyati tasvirlangan. O‘zbek oilasining ajralmas qismi bo‘lgan ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarda yuksak hurmat, sevgi, samimiyat va o‘zaro ishonch g‘oyalarini ilgari surish, Qodiriy asarlarining eng muhim jihatlaridan biridir. Qodiriyning oilaga nisbatan qarashlari ayniqsa, uning yaratgan qahramonlari orqali aks etadi. Masalan, "O‘tkan kunlar"da oilaning turmushdagi roli, milliy qadriyatlar, mas’uliyat va etika tamoyillari orqali ifodalanadi. Qodiriy bu asar orqali oilaning jamiyatda muhim o‘rin tutishini, oilaviy qadriyatlarni saqlash zarurligini taʼkidlaydi. 2.Milliy urf-odatlarvaanʼanalar Qodiriy o‘z asarlarida milliy urf-odatlar va anʼanalarni tasvirlashga alohida eʼtibor qaratgan. "Mehrobdan chayon" asarida o‘zbek xalqining diniy urf-odatlari, xalq anʼanalari, anʼanaviy oilaviy tuzilma va unga tegishli qadriyatlar juda yaxshi aks etgan. Yozuvchi, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash orqali, uning o‘zligiga bo‘lgan hurmatni namoyish etadi. Asarlarning har bir sahifasida xalqning milliy urf-odatlari, bayramlar va boshqa muhim ijtimoiy hodisalar tasvirlanadi. Bularning barchasi, asarda millatning ildizlari va tarixiy xotirasi sifatida muhimrol o‘ynaydi. Qodiriy o‘z asarlarida o‘zbek xalqining diniy urf-odatlariga ham katta ahamiyat beradi. "O‘tkan kunlar"da muqaddas ramazon oyi, diniy bayramlar, qurboniya va boshqa diniy obida masalalari milliy qadriyatlar bilan bog‘liq holda keltiriladi. Bu jihatlar orqali yozuvchi, o‘zbek xalqining maʼnaviyhayotinio‘ziga xos tarzda yoritadi. 3.Milliy g‘oyalarvamillatga xizmat qilish Abdulla Qodiriy o‘z asarlarida milliy g‘oyalarga katta ahamiyat beradi. U o‘zbek xalqining tarixiy ildizlarini yodga olgan holda, millatni sevishni, uni yuksalti

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola Abdulla Qodiriy ijodida o‘zbek xalqining qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalarining aks etishiga bag‘ishlanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola Abdulla Qodiriy ijodida o‘zbek xalqining qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalarining aks etishiga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oilaviy munosabatlar, Maʼnaviy qadriyatlar, Abdulla Qodiriy, Vatanparvarlik, Tarbiyaviy ahamiyat, Anʼanalar, Milliy uyg‘onish., Milliy qadriyatlar, O‘zbek adabiyoti, Urf-odatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники