Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТОРГОВЫЕ ОТНОШЕНИЯ БУХАРСКОГО ЭМИРАТА С ИНДИЕЙ И КИТАЕМ
Oripova Chinnigul Aminjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
Cities have always been of great importance in the political, economic and cultural life of the country. Because cities served as a pillar of state power, a center of trade and crafts, a center of culture and science. In this article, new results of a study of trade relations of the Emirate of Bukhara with India and China are written. Key words: trade, Bukhara Emirate, India, China, caravanserai. Sharq tijorat dunyosining yirik markazi bo’lgan Buxoro bilan Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalari keng qamrovli bo’lib, XIX asrda Buxoro, Samarqand va Qarshi Hindistonning mashhur savdo markazlari – Peshovar, Shikarpur, Mo’lton bilan Afg’onistonning Kobul, Hirot va Qandahor shaharlaridan o’tuvchi karvon yo’llari orqali bog’langan edi1. Buxoro savdo karvonlari Qobul va Hindistonga ham borib savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishgan. Hindistondan buxorolik savdogarlar qimmatbaho toshlar, doridarmonlar va Kashmir matolarini sotib olishgan. Hindistonlik savdogarlar ham, o’z navbatida, Buxoroga tashrif buyurishgan va ko’plab xind matolarini olib kelishgan. Buxoro savdogarlari Xitoy, Sharqiy Turkiston bilan ham savdo aloqalarini olib borishgan. Xitoy bilan savdo aloqalarini Qo’qon xonligi orqali olib borishgan. Xitoyga paxta, qorakul teri, Buxoro xunarmandlarining turli xil mahsulotlari olib borilgan. Xitoydan esa, eng avvalo, ko’p miqdorda ipak matolar va chinni buyumlar olib kelingan2. 1 Мейендорф.Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару –С, 129 2 Alimova R.R. O’rta Osiyo xonliklarining qo’shni davlatlar bilan diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlari.-T.:2017.-b.35 1 72 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Hindikush orqali o’tuvchi karvon yo’llaridagi murakkab tabiiy shaoitlar va tog’lik qabilalarning hujumi xavflari tufayli savdogarlar Hindistondan Buxoroga mol keltirishda povinda qabilasining qurolli soqchilari xizmatidan foydalanishgan. Povinda hindistonlik va buxorolik savdogarlar mollarini manzilga yetkazib berishdan tashqari o’zi ham mol olib sotish bilan shug’ullangan. Bu qabila Buxoro bozorlariga Hindistonning janubida to’qiladigan “muslin”degan yupqa matoni, nil bo’yog’i, doka, choy, kimxob, bo’yog’i beruvchi ildizlar, dorivor giyohlar, qora murch, sholi va boshqa xil mollarni katta miqdorda keltirib sotilgan3. Peshovardan yo’lga chiqqan povinda karvoni afg’onlarning haybar qabilasi yashovchi Haybar dovoni orqali 3 kun bosib Jalolobodga yetib kelgan. U yerdan Kobulga kelgach, zakot to’lagan. Kobuldan Bomiyongacha 16 kunlik tog’lik yo’l bo’lib, bu yo’lda Sarichashma, Hulm va Bimiyonda yana zakot to’langan4. Bomiyondan Balxgacha 2 kun, Balxdan Karkigacha 7-9 kun yurgan povinda karvoni Balx va Karkida ham zakot to’lab, Qarshiga kelgan. Bu yerda Qo’qon va Toshkentga boruvchi savdogarlar Samarqandga tomon, qolganlar esa Buxoroga yo’l olishgan. Buxoroda Kobul yo’nalishi bo’yicha ortiga qaytgan povinda Qarshi, Karkida boj to’lab, afg’on tuprog’iga kirgan. Balx, Hulm, Bomiyon, Kobulda boj to’lab, Jalolobod so’ng Haybar dovoni orqali Peshovarga yetib kelgan5. Buxorodan Hindistonga chiqariladigan ipakning asosiy qismi Mo’lton shahrida mahsulotga aylantirilgan. Bu molni manzilga yetkazishda povinda, ya’ni lohanlar bilan birga shikapurlik savdogarlar ham ishtirok etganlar. Buxorodan ipakni tuyalarga ortib 15 kunda Hulmga yetib kelgan savdogarlar har bir yuk uchun 1,5 tillodan boj to’lashgan hamda tuyalarni almashtirishgan. Kobulga kelishib, Buxorodan xarid qilingan novvot, zar ip va rus nonkasini sotishgan. Umuman, olganda, har bir tuya ipak uchun 250-300 rupiya oralig’ida boj to’lab, Qandahor yoki G’azna orqali Hindistonga yetib kelingan. XIX asrning o’rtalariga kelib, ingliz- hind mollari Buxoro bozorlariga 2 asosiy yo’l orqali keltirilgan: 1) Kalkutta yoki Bombaydan Peshovar orqali Kobulga, u yerdan Buxoroga; 2) Hindistondan dengiz orqali fors qo’ltig’idagi Bandar-Bushehr port shahriga, u yerdan Isfahon, Mashhad, Marv, Chorjo’y orqali Buxoroga6 Barcha xorijiy savdogarlarga Buxoro xonligining Buxoro xonligining butun hududida erkin yashash huquqi berilgan. O’zga dindagilarga ularning kamsitilmasligi uchun yo’l ruxsatnomalari berilib, o’zlari xohlagan vaqtlarida vatanlariga qaytib ketishlari ta’min etilgan. Agar, musulmon – sunniylarga nisbatan ikki baravar ortiq boj to’lashlarini hisobga olmaganda, ular hech bir kamsitilmagan7. Borns, Buxoroda hind savdogarlari musulmon savdogarlari bilan bir qatorda imtiyozga egalar va ular o’z ahvollaridan mamnundirlar, deb qayd etadi. Uning yozishicha, hindlarni majburiy suratda musulmon qilish hollari ro’y bermagan. XIX asrning birinchi yarmida Shikarpur, 3 Ахмедов Б.А. Историко-географическая литература Средней Азии ХVI-ХVIII вв. (Письменные памятники). Ташкент. 1985 4 Саидкулов Т.С. Самарканд во второй половине ХIХ – начале ХХ веков. Самарканд, 1970 5 Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии. М., 1958 6 Записки о Бухарском ханстве. (Отчеты П.И.Демезона и И.В.Виткевича). М.1983. с 76 7
Доказательный фрагмент
«Cities have always been of great importance in the political, economic and cultural life of the country.»
Образец извлечения
Демо-превьюCities have always been of great importance in the political, economic and cultural life of the country. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- trade, Bukhara Emirate, India, China, caravanserai, торговля, savdo-sotiq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024