К содержанию
РецензированоRU2023

ИССЛЕДОВАНИЕ ФИЗИКО-ХИМИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ СОРТОВ И ГИБРИДОВ КУКУРУЗЫ

KOʼRSАTKICHLАRINI TАDQIQ QILISH · Xushvaxtov Ruslan Аbdiraximovich · Ishmuxamedova Raʼno Chorievna (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti magistranti) · ГИБРИДОВ КУКУРУЗЫ (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti)

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

People, especially children, love to eat corn because of its large size, attractive color, and high carbohydrate, protein, and fat content compared to other cereals. Due to the valuable substances contained in corn grain, it is recognized throughout the world as a healing grain for many diseases. Keywords: corn grain, physical and chemical parameters, starch. Bugungi kunda makkajo‘xori doni oziq-ovqatda turli shakllarda ishlatiladi va ko'plab tayyor oziq-ovqat sifatida ham iste’mol qilinadi: don, popkorn, shirin makkajo'xori, makkajo'xori yog'i, makkajo'xori bo'tqa, makkajo'xori noni, spirtli ichimliklar (jin, viski). Bu dunyoning ko'plab mintaqalari, masalan, Meksika va Markaziy Afrika mamlakatlari aholisining ratsionining asosini tashkil qiladi. Makkajo‘xori donining bunday ko‘p tarqalishiga uning tarkibida kraxmal miqdori ko‘pligi bilan bog'liq. Bundan tashqari parrandachilik va chorvachilikda em xashak sifatida keng foydalanib kelinmoqda. Makkajo’xorining asosiy tarkibiy qismini uglevodlar, jumladan kraxmal tashkil qiladi va bu o‘z navbatida bugungi kunda rivojlanib borayotgan yengil sanoat, qandolatchilik, qog‘oz sanoati kabi ko‘plab sohalarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan kraxmal mahsulotlarini makkajo‘xori donidan ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Makkajo‘xori ekini yer sharidagi yovvoyi holda o‘smaydigan eng qadimiy ekinlardan biridir [1]. Uning vatani Markaziy va Janubiy Amerika (Meksika, Gvatemala). Dastlab Meksika hududida qadimiy mayya va atstek qabilalari tomonidan miloddan 5200 yil avval ekib 1 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yetishtirilgan [2]. Bu haqda arxeologik qazilmalar – changlar, ro‘vaklar, don va so‘tasining sodda shakllari hamda genetik, sitoembriologik tadqiqotlar guvohlik beradi. Amerikaning kashf etilishi bilan (1492 y) makkajo‘xori Yevropaga (XV asr), XVII asrda Gruziya orqali Rossiyaga, XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida O‘rta Osiyoga G‘arbiy Xitoydan keltirilgan [1]. Makkajo‘xori doni yirik, yumaloq, tuxumsimon yoki tishsimon, rangi va morfologik belgilariga ko‘ra, tishsimon, kremniysimon, kraxmalli, qandli, kraxmalli-qandli, bodroq, mumsimon va po‘stli kenja turlari keng tarqalgan. Oziq-ovqat maqsadlarida dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan makkajo‘xori donidan oziq-ovqat uchun 20 %, texnikaviy 15-20 %, qolgan qismi ya'ni uchdan ikki qismi yem-xashak maqsadlarida foydalaniladi. Don tarkibida uglevodlar 65-70 %, oqsil 9-12 %, yog‘ 4-8 %, shuningdek, ma'danli tuzlar va vitaminlar bor. Uning donidan un, yorma, konservalar (qand makkajo‘xorisidan), etil spirti, dekstrin, pivo, glyukoza, qand, qiyom, sharoblar, asal, moy, vitamin Ye, askorbin va glutamin kislotalari, makkajo‘xori tayoqchalari, sut va boshqa ko‘plab mahsulotlar tayyorlanadi. Makkajo‘xorini onalik iplari meditsinada o‘t xaltasi, jigar xastaliklarida qo‘llaniladi. Poyalaridan, barglaridan va so‘talaridan qog‘oz, linoleum, viskoza, faollashtirilgan ko‘mir, sun'iy po‘kak, plastmassa, og‘riqsizlantiruvchi vosita va boshqalar olinadi [1]. Dunyoda oziq-ovqat iste'moli bo‘yicha tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, 50% oqsil moddalari, 70% uglevodlar va 15% yog‘ moddalari don va urug‘lardan olinadi. Uglevodlardan bug‘doy va makkajo‘xori doni tarkibida eng ko‘p miqdorda (bug‘doyda – 78-82%, makkajo‘xorida – 54,3-59,8%) kraxmal saqlaydi. Agar insonning kundalik ehtiyoji uchun 600-700 g uglevod talab qilinsa, shundan 400-450 grammini kraxmal tashkil qiladi [3]. Kraxmal (polyakcha “Krochmal”, nemischa “Kraftmehl”, inglizcha “Starch” – kley, lotincha “Amylum”) – o‘simliklarning urug‘larida, dukkaklarida yoki ildizlarida to‘planadigan asosiy zahira moddadir. Kimyoviy tabiati jihatidan kraxmal polisaxarid – (C6H10O5)n bo‘lib, uning tuzilishining asosini glyukoza qoldiqlari tashkil etadi. Shuning uchun kraxmal gidrolizlanganda glyukozaga parchalanadi. Organizm tomonidan to‘liq hazm qilinadi. Sanoatda kraxmalni kartoshka, batat tuganaklaridan, bug‘doy, makkajo‘xori, guruch donlaridan ko‘proq, arpa va no‘xatdan kamroq olinadi. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlab, kraxmal-patoka korxonalari quruq kraxmal, glyukoza, kraxmal patokasining har xil turlari, modifikatsiyalangan kraxmal, dekstrinlar, glyukoza-fruktoza qiyomlari va boshqalarni ishlab chiqaradi. Kraxmal va kraxmal mahsulotlari oziq-ovqat sanoatining qandolatchilik, nonvoychilik, konserva, sut, oziq-ovqat kontsentratlari, umumiy ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari kraxmal – parfyumeriya, kosmetika, kimyoviy farmatsevtika, to‘qimachilik, qurilish, qog‘oz ishlab chiqarish sanoatlarida foydalaniladi [4]. Ayniqsa, makkajo‘xori kraxmalida to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari, oziqa tolasi, vitamin PP, fosfor, kaliy, natriy, magniy, kalьtsiy va boshqa elementlar mavjud. Makkajo‘xori kraxmali yuqori kaloriyaliligiga qaramay, u parhez mahsulot hisoblanadi. [5] O‘simlik to‘qimalarida kraxmal donlar

Доказательный фрагмент

«People, especially children, love to eat corn because of its large size, attractive color, and high carbohydrate, protein, and fat content compared to other cereals.»

Образец извлечения

Демо-превью

People, especially children, love to eat corn because of its large size, attractive color, and high carbohydrate, protein, and fat content compared to other cereals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
corn grain, physical and chemical parameters, starch
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники