Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЯЗЫКОВОЕ ТВОРЧЕСТВО В ДЕТСКОЙ РЕЧИ
NEYROLINGVISTIKA TARIXIGA NAZAR · Axmedova Nilufar Safarovna. · ОБЗОР ИСТОРИИ НЕЙРОЛИНГВИСТИКИ (instituti katta ilmiy xodimi,)
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
The article discusses neurolinguistics, which is considered a new direction in linguistics, and its history. Key words and word expression: neurolinguistics, nervous system, neurology, amnesia, cerebral cortex, empirical method, frontal lobe, speech disorder. Ming yillarki inson o‘z borligi-yu borlig‘ini kashf qilish yo‘lida tinmay izlanadi. Ayniqsa, unga ism olamini tanitishda robita sanalgan miya, ong, tafakkur, til kabi mo‘jizalar tabiati hanuz sirliligicha qolmoqda. Odam anatomiyasi yildan yilga chuqurlashib, insonning har bir a’zosini o‘rganuvchi sohalarga bo‘linib borar ekan, ayni paytda tilning miya bilan bog‘liqligi, ularning ayro holdagi tuzilishi, nutqiy faoliyat, jarayon, nutqiy buzilishlar kabi hodisalarni o‘rganuvchi zamonaviy tarmoq – neyrolingvistika jadal rivojlanish bosqichida turibdi. Darhaqiqat, “neyrolingvistika nevrologiya va tilshunoslik chorrahasida paydo bo‘lgan fan sohasidir. Uni o‘rganishning asosiy obyekti nutq xatti-harakatlarining miya mexanizmiga nisbatan til tizimidir. Neyrolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat mexanizmlarining jarayonlarini, til, tafakkur va inson ongi o‘rtasidagi munosabatlarni, nutqiy bayonotlarni yaratish usullarini o‘rganadi” [4:53]. Neyrolingvistika sohasi asab tizimining faoliyati, tuzilishi va vazifalarini o‘rganuvchi nevrologiya hamda til haqida ma’lumot beruvchi lingvistika fanlarining o‘zaro uyg‘unligidan hosil bo‘lar ekan, ilmiy manbalarga tayanib aytish mumkinki, eramizdan avvalgi 3500-yillardayoq tilning miyada joylashganligi haqidagi ilk qarashlar mavjud bo‘lgan[2:566]. Ularda ta’kidlanishicha, bosh suyagining muayyan qismidagi jarohat tananing boshqa a’zolariga ham ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababdan ular inson a’zolari va ularning faoliyati miyaning turli maydonlariga bog‘liq, deb hisoblaganlar. Ayniqsa, Gippokrat, Gerofil, Platon, Demokrit, Aristotel, Galen kabi zabardast faylasuf olimlarning xulosalari asosida o‘sha qadimgi davrlardanoq inson tanasining har bir a’zosi faoliyati miya bilan aloqador ekanligi ta’kidlangan. 1770-yilga kelib, Iogann Gesner tomonidan yozilgan “Til amneziyasi” nomli monografiyada nutq 4 35 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ buzilishlariga yangicha qarash yuzaga kela boshladi. Shu bilan birga, bu davrga kelib, miyaning turli nuqtalarida, ayniqsa, miya po‘stlog‘ida bajariladigan mavjud yuqori darajadagi vazifalar haqida bahs-munozaralar paydo bo‘la boshladi. XIX asr davomida nutqiy buzilishlar doirasidagi bilimlar kengayib, bu haqdagi ma’lumotlarga o‘sha davrdayoq tamal toshi qo‘yilgan edi. Olim Frans Iosif Gall birinchilardan bo‘lib, aqliy qobiliyat aynan bosh miya po‘stlog‘ida ekanligini hamda miyadagi kulrang modda faol to‘qimalar (nervlar), oq modda esa biriktiruvchi to‘qima ekanligini isbotladi. Tadqiqotning empirik usuli yordamida olim miyaning turli funksiyalarini bosh miyaning muayyan po‘stlog‘i hududlari bilan bog‘laydi. Masalan, u nutq artikulyatsiyasi va so‘zni xotirada saqlab qolish o‘rni peshona bo‘lagining ikki sohasida ekanligini aniqladi. Gall g‘oyalarini uning shogirdi Jan-Batist Bull davom ettirib, peshona bo‘lagi sohalaridagi turli jarohatlarning nutqiy buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hamda boshqa bo‘lak sohalaridagi jarohatlarning bunday buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlarini aniqlaydi. 1861-yilga kelib, fransuz olimi Pol Broka bir bemorni kuzatishi orqali ikkita farazni ilgari suradi: birinchidan, insonning ruhiy holatlari bilan bog‘liq faoliyati miya yadrosi orqali amalga oshadi. Ikkinchidan, nutqiy buzilish bosh miyaning chap yarimsharidagi jarohat asosida yuzaga keladi. Nevrolog Karl Vernike esa Broka tadqiqotlarini, ayniqsa, insonning ruhiy holatlari miya yadrosi orqali amalga oshishiga oid qarashlarini qo‘llab-quvvatlab, nutqni tushunish muammolari bilan bog‘liq hamda bugungi kunda Vernike sohasi deya mashhur sanalgan bosh miyaning yangi sathini ixtiro qiladi. Olim bosh miyada nutq bilan bog‘liq aniq ikki maydon mavjudligini aniqlaydi. Bular bugungi kunda nutqni qabul qilishga javob beruvchi Vernike sathi hamda nutqni ifodalashga xizmat qiluvchi Broka sathi sanaladi. Nemis olimi Lyudvig Lixtshteyn Vernikening qarashlarini to‘ldirib, “hukm markazi” sanalgan uchinchi maydonga asos soldi. Olim so‘z miya tomonidan qabul qilinganidan so‘ng aynan hukm matkaziga ma’no ifodalanishi uchun yo‘naltirilishini ta’kidlaydi. XX asr o‘rtalaridan boshlab neyrolingvistika doirasida L.Vigotskiy, A.Luriya, R.Yakobsonlar tomonidan aniq ilmiy-amaliy kuzatuvlarga asoslangan qarashlar ilgari surila boshlandi. Neyrolingvistikaga oid qonun-qoidalarning amaliy jihatdan o‘rganish esa N.Xomskiy maktabining paydo bo‘lishi bilan yanada rivoj topdi. Ayniqsa, hozirgi kunga qadar alohida e’tirof etiladigan E.Linnebergning quyidagi xulosalarini ta’kidlash lozim: – til tug‘ma xususiyatlari, har bir turning o‘ziga xos jihatlari va biologik tabiati (miya funksiyalari) bilan belgilanadi; – inson tilining ayrim xususiya
Доказательный фрагмент
«The article discusses neurolinguistics, which is considered a new direction in linguistics, and its history.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses neurolinguistics, which is considered a new direction in linguistics, and its history. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and word expression: neurolinguistics, nervous system, neurology, amnesia, mозг, miya, brain
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025