К содержанию
РецензированоRU2023

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ХРАНЕНИЕ КОРНЕВОДОВ

Cho‘liyev Mirjalol Bekmurod o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

Vegetables are an important food product and have very beneficial nutritional, dietary and medicinal properties. They contain carbohydrates, proteins, amino acids, vitamins, essential oils, organic acids, potassium, sodium, phosphorus, calcium, iron salts and other substances that help the digestion of food consumed by a person. Key words: tuber, carrot, beetroot, radish, turnip, radish, root and leaf parsnips, parsley, celery, tuber head, neck and root, Central Asian and European subspecies, seed farming. Ildizmevali sabzavotlarni uzoq saqlash ularning saqlanuvchanligi bilan aniqlanadi. Ko‘p turadigan ildizmevali sabzavotlar uyumini uzoq muddat davomida ortiqcha isrofsiz, fiziologik buzilishsiz, xaridorgir va isteg‘moldagi sifatlarini yomonlashmasligi yaxshi saqlanishi hisoblanadi. Sabzavot ekin tur va navlari, ularning hosildorligi, noqulay ob-havo, kasallik, zararkunanda va boshqa ko‘rsatgichlar asosiy xo‘jalik-biologik tarifiga kiradi. Miqdoriy saqlanuvchanlik mahsulotni optimal sharoitda yetishtirish va saqlashni maksimal muddati bilan ifodalanadi. Ikki yillik sabzavot va boshqa o‘simliklarning jamg‘aradigan a’zolari (sabzi, qand va osh lavlagi, turp, sholg‘om va boshqalar) hamda ulardagi o‘suv nuqtalari (kurtaklari) bilan saqlanadi. Ikki yillik sabzavotlarni saqlashdan maqsad keyingi o‘sish mavsumida o‘suv nuqtalari reproduktiv rivojlanishga tayyorlashdan iborat. Bu tayyorgarlik qat’iy qoidaga muvofiq dastlab o‘suv nuqtalari 1 01 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tartibli shakllanishi sekin kechadi, keyinroq esa tezlashadi. To‘xtovsiz differentsiyalanish jarayonida o‘suv nuqtalarini reproduktiv rivojlanishi urug‘lik o‘simlik tashkil etgunga qadar boradi. Ayrim ildizmevalardan, jumladan, qand lavlagi ildizlarining to‘qimalaridan saxaroza, asosan, diffuziya yo‘li bilan ajratib olinadi, shuning uchun qand lavlagi mevalari zich, turgorlik holatini yo‘qotmagan bo‘lishi kerak. Turgorligini yo‘qotgan ildizmevalar maydalash paytida bo‘tqasimon bo‘lib, diffuziya jarayonini qiyinlashtiradi. Shuning uchun qabul qilinayotganda texnik talablarga binoan, egilgan, so‘ligan va burishgan ildizmevalar 5% dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari qand lavlagi ildizmevalarida quyidagi kamchiliklari bo‘lgan mevalarni saqlashga qabul qilishga ruxsat etiladi. Ya'ni, qand lavlagining mexanik yo‘llar bilan shikastlanganlik darajasi 12% dan, gullab turgan mevalarining miqdori 1% dan hamda uyumlarda yashil massa 3% dan oshmasligi talab etiladi. Qurigan, turgorligi tiklanmaydigan, chirigan, qoraygan to‘qimali ildizmevalar umuman qabul qilinmaydi. Qand lavlagining umumiy ifloslanganligi unda turli xil aralashmalar mavjudligini aniqlashda zamonaviy asbob-uskunalardan, avtomatlashtirilgan laboratoriyalarda uyumlardan namunalar olinib, davlat standartlari asosida sifat ko‘rsatkichlari baholanadi. Korxonalarda bir soatning ichida 48 ta namunada qand lavlaginig qandlilik darajasini aniqlovchi avtomatik tizimlar o‘rnatilgan. Lavlagini uzoq saqlash uning saqlanuvchanligi bilan aniqlanadi. Ko‘p turadigan ildizmevalar uyumini uzoq muddat davomida ortiqcha isrofsiz, fiziologik buzilishsiz sifatlarini yomonlashmasligi yaxshi saqlanishi hisoblanadi. Ildizmevalarning saqlanuvchanligini nafaqat nav tabiiy xususiyatlari, balki kuchli darajada saqlash sharoiti bilan belgilanadi. Shuning uchun lavlagini saqlash sharoiti chegaralarini belgilashda quydagi talablarga amal qilish lozim: 1. Moddalar almashinishida biokimyoviy moddalar jadalligini minimal darajaga tushirish kerakki, qachonki fiziologik buzilishga sabab bo‘lmasin; 2. Saqlash ob'ektlariga nam bug‘lanishini maksimal cheklash; 3. Fitopatogen mikroorganizmlar rivojlanishini yo‘qotish. Qand lavlagini saqlashda asosiy tashqi sharoitlar harorat, namlik va gaz muhiti tarkibi hisoblanadi. Undan tashqari, amalda saqlanayotgan ob’ektlarga ishlov berishda o‘sishni boshqaruvchi fiziologik moddalar va har xil turdagi nurlanishlardan foydalaniladi. Hаrоrаt. Ildizmevali sabzavotlarni saqlashda haroratning pasayishi moddalar almashinuvida biokimyoviy jarayonlar, shuningdek, fitopatogen mikroorganizmlar rivojlanishini susayishi bilan bog‘lash mumkin. Shuning uchun qand lavlagini vaqtinchalik saqlash kagatlarida sun’iy shamollatish tirqishlari bilan ta’minlash undagi isrofgarchiliklarni kamaytirishni hal etishdagi asosiy omil hisoblanadi. Saqlanadigan ildizmevalarga haroratning ta’siri Vant-Goff qoidasiga bo‘ysunadi. Bunda harorat 10°C ga tushirilsa, kimyoviy reaksiyalar tezligi ikki marotaba sekinlashadi. Birinchidan, mahsulotning muzlashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu holda to‘qimalar tuzilishi buziladi. Hujayra shakli o‘zgaradi va hosil bo‘lgan muz bo‘laklari ta'sirida parchalanadi, ya'ni sun'iy to‘qimalar ulanadi. Muzlagan sabzavotlar erigandan so‘ng, ulardan sharbat oqib, fitopotogen mikroorganizmlar tomonidan yengil zararlanadi. Ildizmevali sabzavotlarni saqlashda harorat tanlash, mahsulotning terim pa

Доказательный фрагмент

«Vegetables are an important food product and have very beneficial nutritional, dietary and medicinal properties.»

Образец извлечения

Демо-превью

Vegetables are an important food product and have very beneficial nutritional, dietary and medicinal properties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tuber, carrot, beetroot, radish, turnip, radish, root and leaf parsnips, parsley, ildizmeva, клубень
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники