Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОРГАНИЗАЦИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНСПЕКТОРА ПО ПРОФИЛАКТИКЕ ПО ЗАЩИТЕ ЖЕНЩИН ОТ ДОМОГАТЕЛЬСТВ И НАСИЛИЯ.
Choriyev Asqarali Bayramali o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
To study the process of organization of activities of prevention inspector against harassment and violence against women. Key words: violence, epidemic, economic violence, physical violence. ОРГАНИЗАЦИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНСПЕКТОРА ПО ПРОФИЛАКТИКЕ ПО ЗАЩИТЕ ЖЕНЩИН ОТ ДОМОГАТЕЛЬСТВ И НАСИЛИЯ. Аннотация. Изучить процесс организации деятельности инспектора по профилактике домогательств и насилия в отношении женщин. Ключевые слова: насилие, эпидемия, экономическое насилие, физическое насилие. Dunyodagi barcha davlatlarning milliy qonunchiligida inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, xususan shaxsning hayoti, sogʼligʼi, shaʼni va qadr-qimmatini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga alohida ahamiyat beriladi. Аfsuski, soʼnggi yillarda butun dunyoda oila-turmush munosabatlari doirasida ayollar, bolalar va qariyalarga nisbatan jabr-zulum va zoʼravonlik qilish koʼp tarqalgan ijtimoiy hodisalardan biri sifatida namoyon boʼlmoqda. Ushbu muammo Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollar muammolariga bagʼishlangan toʼrtinchi anjumani dasturida «oiladagi zoʼravonlik» koʼpgina davlatlarda «epidemiya» deb tan olingan. Bunday turdagi zoʼravonliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish, zararsizlantirish, oiladagi zoʼravonliklardan jabrlangan shaxslar bilan ishlash, ayniqsa oila-turmush doirasida huquqbuzarlik sodir etuvchi shaxslarga nisbatan samarali profilaktik choralarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Jahonda oiladagi zoʼravonlik bilan bogʼliq huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼyicha ayrim davlatlarda maxsus qonunlar qabul qilingan boʼlib, mazkur qonun hujjatlari asosida oiladagi nizolarni hal qilish, undan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy, tibbiy, ruhiy, huquqiy yordam koʼrsatish boʼyicha maxsus markazlar tashkil etilgan. Lekin, ushbu markazlarga oila aʼzolari tomonidan zoʼravonlik ishlatilishi oqibatida jabrlangan shaxslarning aksariyati murojaat qilmasligi natijasida oiladagi zoʼravonlik bilan bogʼliq huquqbuzarliklar latentlik darajasining yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Bu esa, huquqni qoʼllash amliyotida shu kabi muammolar yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy yechim topishni taqozo etmoqda. Respublikamizda mustaqillik yillarida inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, turli tahdid va tajovuzlardan ishonchli himoya qilish, xususan, oiladagi zoʼravonlik bilan bogʼliq huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishning maʼnaviy, huquqiy va institutsional asoslari yaratildi. Mazkur qonun hujjatlari talablari asosida inson huquq va erkinliklarini, oila manfaatlarini taʼminlash, ularni qoʼllab-quvvatlash, shuningdek ularni har 5 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qanday koʼrinishdagi tahdid va tajovuzlardan himoya qilish boʼyicha respublika «Oila» ilmiyamaliy markazi, Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari va ularning huzuridagi «Yarashtirish komissiyasi», Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʼyicha mutaxassis lavozimi, Oʼzbekiston «Yoshlar ittifoqi» kabi maxsus institutlar tashkil etilib, ularning faoliyati takomillashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, mamlakatimizda har yili 30 mingdan ortiq oilalarning ajralishiga oid ajrimlar qayd etilib, bu masalalar boʼyicha sudlarga murojaat etganlarning 70 foizidan ortigʼi oilasida nosogʼlom ijtimoiy-ruhiy muhit, er-xotin, qaynona-kelin oʼrtasida kelishmovchilik va nizolar mavjudligi kuzatilmoqda . Tahlillar bugungi kunda shaxs hayoti va sogʼligʼiga qarshi jinoyatlarning, xususan qotillikning 29 foizi, qasddan badanga shikast yetkazishlarning 20 foizi, haqorat qilish va tuhmatning 13,5 foizi aynan oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotganligini koʼrsatmoqda . Shuning uchun ham Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev: «Oilalarda nosogʼlom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin oʼrtasidagi janjallar, xotin- qizlarimiz orasida oʼz joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga solmoqda», – deb taʼkidlagan edi. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiqva zo’ravonliklarga oid turli tushunchalar mavjud: zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik); jinsiy zoʼravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zoʼravonlik shakli, shuningdek zoʼrlik ishlatish yoki zoʼrlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash; jismoniy zoʼravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ogʼirligi
Доказательный фрагмент
«To study the process of organization of activities of prevention inspector against harassment and violence against women.»
Образец извлечения
Демо-превьюTo study the process of organization of activities of prevention inspector against harassment and violence against women. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- violence, epidemic, economic violence, physical violence, zoʼravonlik, насилие
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026