К содержанию
РецензированоRU2023

ПОЧВЫ И ОРГАНИЧЕСКИЙ МИР СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Safaraliyeva Sabrina Akbaraliyevna · Abdunazarova Nilufar Choriyor qizi · Berdiqulova Barno Nodir qizi · Ziyodova Dilfuza Maxmud qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article discusses the soil and organic world of Surkhandarya region and their importance in the national economy. Key words: Soil, Surkhandarya region organic, plants. Viloyatning tuproqlari iqlim va relyef sharoitiga bog`liq ravishda turli joylarda turlichadir. Tekisliklarda och tusli bo`z tuproqlar tarqalgan, ulardagi chirindi miqdori 1-1,5 % atrofida. Okean sathidan 500-600 m gacha balandliklar oddiy bo`z tuproqlar bilan qoplangan. Bular och bo`z tuproqlarga nisbatan chirindiga boyroq, ularda chirindi miqdori 1,5-2,5 % atrofida bo`ladi. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlashgan bo‘z tuproq uchraydi. Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayirlarida allyuvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uchrasa, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi. O‘lkaning 500 m dan 1200 m balandlikkacha qismida oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p joylarda o‘zlashtirilib, madaniy bo‘z tuproqqa aylantirilgan. Surxondaryoning 1500 - 2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘ jigarrang tuproqlari tarqalgan bo‘lib, tarkibida chirindi 4 - 6 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib tog‘ o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq- botqoq tuproq uchraydi. Viloyatning grunt suvi yer betiga yaqin bo`lgan janubi-g`arbiy qismida sho`rlangan tuproqlar, gil jinslardan iborat bo`lgan yerlarda esa taqir tuproqlar uchraydi. Viloyatning janubiy qismidagi qum massivlarida cho`l qo`ng`ir tuproqlar uchraydi. Surxondaryo va Amudaryo qayirlarida esa allyuvial o`tloq, o`tloq-botqoq tuproqlar tarqalgan. Vohalardagi bo`z tuproqlar tabiiy xususiyatlarini yo`qotib sug`oriladigan madaniy voha tuproqlariga aylangan. O`simliklar viloyatda janubidan shimoliga va tekislikdan tog`larga tomon o`zgarib boradi. Viloyatning eng issiq va eng quruq yerlarida shuvoq, efemerlardan rang, iloq, qo`ng`irbosh, no`xatak va issiqqa moslashgan boshqa o`simliklar o`sadi. Qumliklarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, daryo vodiylarida to`qaylarda yulg`un, jiyda, turong`il, terak, 4 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qamish, savag`ich keng tarqalgan. O‘lkaning 500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida cho‘l mintaqasiga oid o‘simliklardan rang, iloq, qo‘ng‘irbosh, no‘xatak, shuningdek, shuvoq va boshqa o‘simliklar o‘sadi. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘ralar o‘sadi. Surxondaryo vodiysining janubiy qismidagi qumloqlarda juzg‘un, qum ilog‘i, quyonsuyak kabi o‘simliklar uchraydi. Viloyatda adir va tog` o`tloqlari ko`p. Adirda ko‘proq efemer o‘simliklar hamda shuvoq, kavrak, qo‘ziquloq, bir yillik astragal, javdar, bug‘doyiq kabilar mavjud. Shuningdek, adirlarda butasimon o‘simliklardan itburun, bodom, zirk kabilar ham o‘sadi. Surxondaryo tog‘larida (1500-2500 m) bug‘doyiq, javdar, tipchoq, yovvoyi arpa, shirach, qurg‘oqchil va toshloq yerlarda astragal o‘sadi. Butalardan bodom, irg‘ay, itburun, zirk, daraxtlardan archa, zarang, xandon pista, yong‘oq, do‘lana, terak kabilar o‘sadi. Surxondaryo o‘lkasining sharqida joylashgan Bobotog‘ o‘zining xandon pistalari bilan mashhurdir. Surxondaryo o‘lkasining 2500 m dan baland qismida yaylov mintaqasi joylashib, unda subalp va alp o‘tloqlari mavjud. Undan balandroqda (1200 m dan 4000 m gacha) Sangardak To`polondaryo va boshqa daryolarning havzalarida daraxtzor, butazorlar ham keng tarqalgan. Bu yerlarda archa, zarang, xandon pista, yong`oq, zirk va boshqa daraxtlar o`sadi. Daraxtzorlardan yuqoriroqda tog` o`tloqlari keng maydonlarni egallab yotadi. Viloyat quruq subtropik iqlimli o`lka bo`lganligi uchun unda anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitruslar va boshqa issiqsevar mevali daraxt va ekinlar yetishtiriladi. Denovdagi subtropik botinika bog`ida issiq mamlakatlarda o`sadigan mevalar, daraxtlar ko`paytirilmoqda. Surxondaryo vodiysida quruq subtropik iqlim tufayli anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitrus va boshqa issiqsevar mevali daraxtlar va mevalar yetishtiriladi. Jumladan, Denov subtropik o‘simliklar maskanida issiq mamlakatlarda o‘suvchi daraxt va mevalar yetishtirilmoqda.

Доказательный фрагмент

«This article discusses the soil and organic world of Surkhandarya region and their importance in the national economy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the soil and organic world of Surkhandarya region and their importance in the national economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Soil, Surkhandarya region organic, plants, почва, Tuproq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники