Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СТРУКТУРНО-СЕМАНТИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ ЭРГОНИМОВ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА
Muyassar Saparniyazova · UZBEKI LANGUAGE
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article is devoted to the issue of structural features of ergonims in the Uzbek language. In the article, based on the analysis of names in the Uzbek language, a number of trends in the modeling of ergonims, the units that make up the ergonim component, are shown on the example of the analysis of the dictionary composition of ergonims of the city of Tashkent. Key words: ergonim, ergonimics, ergonim component, onomastic classifier, real and symbolic ergonims. СТРУКТУРНО-СЕМАНТИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ ЭРГОНИМОВ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА Аннотация. Данная статья посвящена вопросу о структурных особенностях эргонимов в узбекском языке. В статье на основе анализа имен в узбекском языке на примере анализа словарного состава эргонимов узбекского языка показан ряд тенденций в моделировании эргонимов, единиц, составляющих эргонимический компонент. город Ташкент. Ключевые слова: эргоним, эргонимика, эргонимический компонент, ономастический классификатор, действительные и символические эргонимы. Jahon tilshunosligida onomastikaning alohida tarmog‘i sifatida ergonimika masalalari tadqiqiga e’tibor XX asr oxirlaridan boshlab jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarning rivojlanishi, davlatlararo tijoriy aloqalarning ortishi natijasida yanada faollashdi. Ma’lumki, ergonimlar jamiyat hayotining turli sohalarida (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy) faoliyat yurituvchi korxona, tashkilot, firmalar, korporatsiyalar, ta’lim muassasalari, sport jamiyatlari, savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rastish obyektlari nomini anglatuvchi onomastik tizim birliklaridir. Ergonimlar inson ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida nafaqat obyektni nomlaydi, balki shu obyekt haqida ma’lumot beruvchi birliklar ham sanaladi. Ergonimlarning bu kabi xususiyatlarini, shuningdek, jamiyatda tutgan o‘rnini belgilash, hosil qilinish usullari, milliy- madaniy xoslanishi, madaniy nutq me’yorlari bilan bog‘lanishi masalasini tahlil qilish ularning mohiyatini to‘liq ochib berishda muhim ahamiyatga ega. Zero, biror bir obyektga nom berish shunchaki oddiy ish emas, nom hosil qilish o‘ta mas’uliyatli vazifadir. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, “…ijtimoiy obyektlarga nom berish – bu shunchaki shaxsiy yoki xususiy ish emas. Bu 1 36 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviyamizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. (1) Shu jihatdan ham tildagi ergonimlarni sistem-struktur va antroposentrik aspektda komleks o‘rganish, til egalariga nom hosil qilish usullari, tamoyillari bo‘yicha tavsiyalar berish nihoyatda muhim. Ma’lumki, ergonim termini ilk marta N.V.Podolskayaning 1978-yilda chop etilgan “Rus onomastik terminlari lug‘ati”da qayd etilgan.(2) Ergonimlarni ilmiy muammo sifatida tadqiq etish masalasi o‘tgan asrning so‘nggi choragidan boshlab rus tilshunosligida o‘rtaga tashlandi. (3) XXI asr boshlariga kelib ergonimlarni struktur-semantik aspektda tadqiq etish boshlab berildi. Xususan, T.N.Aliyeva, I.V.Kryukova, A.M.Yemelyanova, Z.T.Tanayeva tadqiqotlarida ergonimlarning struktur-semantik, derivatsion xususiyatlari yoritildi, leksik-semantik tasnifi amalga oshirildi. (4) M.Y.Kryuchkova ergonimlarning orfografik xususiyatlarini tahlil qildi.(5) Keyingi yillarda amalga oshirilgan N.V.Shimkevich, E.A. Trifonova, N.V. Nosenko, M.G. Qurbonova tadqiqotlarida rus tilidagi ergonimlarning struktur-semantik, poetik, pragmatik hamda lingvokulturologik xususiyatlari ochib berildi.(6) O‘zbek tilshunosligida ergonim termini bilan nomlanib, maxsus o‘rganilmagan bo‘lsa- da, ayrim ishlarda o‘zbek tilida nom yaratishning lingvistik-me’yoriy asoslari, ba’zi obyekt nomlarining lingvomadaniy xususiyatlari bo‘yicha muayyan xulosalar berildi; respublikamizdagi tashkilot, korxona va muassasa nomlarining izohli-tavsiyaviy lug‘ati yartatildi.(7) Shuningdek, o‘zbek nomshunosligida onomastik birliklarning bibliografik ko‘rsatkichi nashr qilindi.(8) Onomastik tizimning 40dan ortiq tarkibiy qismlari sanalgan ishlarda ham (9) ergonimika haqida deyarli ma’lumot berilmadi. Bu borada amalga oshirilgan ishlarni xolis baholab, shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda ergonimik birliklarni monografik aspektda o‘rganish dolzarb masaladir. Biz ushbu ishda ergonimlarning struktur xususiyatlari haqida to‘xtalamiz. O‘zbek tilida mavjud nomlar tahlili asosida ergonimlarni modellashtirishning bir qator tendensiyalarini kuzatdik. Ergonimlarning hosil bo‘lishida o‘zbek tilining fonetik, leksik va grammatik sathlari asos bo‘ladi. O‘zbek tilida ergonimlar asosan til zaxirasida mavjud bo‘lgan so‘zlarni nom sifatida tanlash yoki ular ishtirokida birikma nomlarni hosil qilish, shuningdek, o‘zga til birliklarini aynan qo‘llash hamda ma’lum til birligiga o‘zga til birligini biktirish orqali hosil qilinadi. Toshkent shahri ergonimlarining lug‘at tarkibini tahlil qilish natijasida ergonimlarning bir qator turlarini tasniflash mumkin bo‘ldi: - bir komponentli ergon
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the issue of structural features of ergonims in the Uzbek language.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the issue of structural features of ergonims in the Uzbek language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ergonim, ergonimics, ergonim component, onomastic classifier, real and, эргоним
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025