Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МУНЧОКТЕПСКИЙ АРХЕОЛОГИЧЕСКИЙ КОМПЛЕКС И ЕГО ОПИСАНИЕ
Abduvaliyeva Nozimaxon Abdushukur qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In the article, it is explained that in the history of mankind, special attention has been paid to rituals related to death, and it is necessary to research various traditions related to burial by the science of archeology in cooperation with the science of ethnography. The discovery of the Munchaktep tomb was of great importance in the study of materials that could provide complete information about this in our country. The article analyzes the rites related to the dead buried in reed coffins researched by Professor B. Matboboev. Keywords: Bead mound, ceremony, customs, ethnography, archeology, coffins. МУНЧОКТЕПСКИЙ АРХЕОЛОГИЧЕСКИЙ КОМПЛЕКС И ЕГО ОПИСАНИЕ Аннотация. В статье поясняется, что в истории человечества особое внимание уделялось обрядам, связанным со смертью, и необходимо исследовать различные традиции, связанные с погребением, наукой археологией во взаимодействии с наукой этнографией. Открытие гробницы Мунчактеп имело большое значение в изучении материалов, которые могли бы дать полные сведения об этом в нашей стране. В статье анализируются обряды, связанные с погребением умерших в тростниковых гробах, исследованные профессором Б. Матбобоевым. Ключевые слова: Бусинный курган, обряд, обычаи, этнография, археология, гробы. Kirish. Insoniyat butun tarixi davomida o‘lim bilan bog‘liq marosimlarga alohida e’tibor berib kelgan. O‘z qavmlarini mavjud rasm-rusumlarga qat’iy rioya qilgan holda so‘nggi yo‘lga kuzatganlar. Dafn etish bilan bog‘liq har xil urf-odatlarni asosan arxeologiya etnografiya fani bilan hamkorlikda tadqiq etadi. Chunki etnografiya bilan arxeologiya bu sohada bir-birini boyitadi va qadim tariximiz uchun to‘laqonli ma’lumotlar berishi mumkin. Bu boradagi etnografik va arxeologik materiallarni o‘ziga xos «yerosti muzeyi» — Munchoqtepa mozorini topilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qadimgi mozorda (IV–V–VII asrlar) murakkab muhandislik inshootlari bo‘lmish yerosti sag‘analari va ularda ajoyib saqlangan qamishdan tayyorlangan tobutlar aniqlangan [7]. Quyida professor B.Matboboyev tomonidan tadqiq qilingan qamish tobutlarga solib dafn etilgan marhumlar bilan bog‘liq marosimlarga to‘xtalingan. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Avvalam bor sag‘analar qurilishi haqida. Munchoqtepadagi sag‘analarning barchasi (kovlab ochilganlari 8ta) tepalik yon tomonidan tabiiy 1 29 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ yer (materik) qatlamga o‘yib yasalgan. Sag‘analarni katta-kichikligiga qarab, ularda 1 tadan 50 tagacha jasadlar ustma-ust qilnb dafn etilgan. Sag‘analar qurilishi uchun umumiy bo‘lgan bir narsa bor, ya’ni ular tuzilish jihatidan uch qismdan iborat: 1. Sag‘ana old tomoni (предвходная площадка); 2. Sag‘ana yo‘lagi (дромос); 3. Murda qo‘yiladigan joy (погребальная камера) [8]. 1. Sag‘ana old qismi — bo‘lajak qabr inshootining kiraverish joyi bo‘lib, qurilish davomidagi ishlar uchun 12-15 kv.m sathdan maxsus tayyorlangan maydon. By maydon uchta sag‘anada, ayniqsa, 9-sag‘anada yaxshi saqlangan. Arxeologik dalillarga ko‘ra ba’zi sag‘analar old qismiga maxsus inshoot bunyod qilingan, uni portal qismi deyish ham mumkin. Xom g‘ishtdan tiklangan bu qurilmaning uzunligi 1,65 m; eni 2,50 m; balindligi 1,25 m. Bu qurilmalar faqat mayda sag‘analarning old qismida topilgan, xolos. 2. Sag‘ana yo‘lagi — o‘liklar qo‘yiladigan joyga o‘tishga mo‘ljallangan. 5-sag‘anada yo‘lak juda yaxshi saqlangan: uni shifti gumbazsimon, ikki yontomoni esa qalin somonli loy bilan suvalgan. Yo‘lakda bir kishi engashgan holda yurishi mumkin. Yana yo‘lak o‘rta qismida shiftni biroz ostidan har ikki tomondan ikkitadan teshik qolgan, ularda yog‘och qoldiqlari saqlangan. Aynan ularga parallel qilib pol sirtiga tarnov o‘yilgan. Bundan moslama 9-sag‘ana yo‘lak qismida ham aniqlandi. Yo‘lakni o‘rtasidagi ushbu qurilma murda qo‘yiladigan joyni tashqi «tiriklar dunyosidan» saqlash uchun qilingan timsoliy eshik (darvoza)yoki bir vaqtni o‘zida ostona va vazifasini bajargan bo‘lishi mumkin. Ostonani dunyoviy inshootlarda qanchalik ulug‘langanligini biz yaxshi bilamiz. Shularga asoslanib yuqoridagi qayd etilgan qurilmalar yengil eshik o‘rnidir, deyish mumkin. 3. O‘liklar dafn etiladigan joy. Unga yo‘lak oxiridagi maxsus zinapoya orqali kirilgan. Zitsapoyalar 1-sag‘anada qisman, 5 va 9-sag‘analarda butunlay saqlanib qolgan, ustki tomonlari qalin loy bilan suvalib mustahkam qilingan 2-3 pog‘onadan iborat. Kichik sag‘analarda dafn joylari yumaloq va tuxum shaklida bo‘lishi mumkin, kattalarida esa to‘rtburchak ekanligi kuzatildi. Qurilishda biror material (yog‘och, guvala, g‘isht) ishlatilmagan bo‘lsada devorlari juda tekis va silliq, shifti esa gumbazsimon qilib yasalgan. Faqat birgina 9-sag‘anada dafn qilinadigan joyni sharqiy devorida o‘yib bejirim ishlangan tokcha bor (o‘lchamlari: uzunlngi 1,75 m,eni 0,80 m, balandligi 0,55 m). Tokchada hech narsa yoki uni izlari aniqlanmadi. Ushbu tokcha vazifasini aniqlashda ikki xil taxmin bo‘lishi mumki
Доказательный фрагмент
«In the article, it is explained that in the history of mankind, special attention has been paid to rituals related to death, and it is necessary to research various traditions related to burial by the science of arche…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the article, it is explained that in the history of mankind, special attention has been paid to rituals related to death, and it is necessary to research various traditions related to burial by the science of arche… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bead mound, ceremony, customs, ethnography, archeology, coffins, Бусинный курган, Munchoqtepa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026