К содержанию
РецензированоRU2023

ПРОБЛЕМА ПОЭТИЧЕСКОЙ РЕЧИ ГЕНЕТИЧЕСКОГО РОМАНА

Toshpo‘latov Zayniddin

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the writing style of Isajon Sultan's Genetic novel, the issue of poetic speech. What is poetic speech? The role of poetic speech in epic works is given. Key words: Work, style, poetic speech, epic work. ПРОБЛЕМА ПОЭТИЧЕСКОЙ РЕЧИ ГЕНЕТИЧЕСКОГО РОМАНА Аннотация. В данной статье говорится о стиле написания Генетического романа Исаджона Султана, о проблеме поэтической речи. Что такое поэтическая речь? Приводится роль поэтической речи в эпических произведениях. Ключевые слова: Произведение, стиль, поэтическая речь, эпическое произведение. Fikrlar, fikrlar yo‘g‘rilgan asarlar gul navlari kabi xilma-xil bo‘lgan hozirgi kunda o‘quvchiga biror fikr, og‘riqli o‘ylov, o‘ylovli xulosa berish juda mushkul. Va buni ko‘pchilik marhamati doirasiga kirita olmaydi. Sultonning “Genetik”i o‘zida bir qancha ilmiy ma'lumotlarni, yoki ilmiy ta'sirlarni aks ettirgan, kitobxonni o‘ylovga chorlaydigan asar. Albatta, asarning birinchi qismi haqida bunday deya olmaymiz. Birinchi qismda qishloq hayoti, uning yosh avlod vaqtini o‘g‘irlaydigan yumushlari-yu, iste'dodlarga bo‘lgan e'tiborsizliklar yoritilgan. Lekin bu tasvirlar qishloq tongini ko‘rsatolmagan, yomg‘irdan keyingi chang ko‘cha hidini his qildirmagan. Asarning ikkinchi qismi bir muncha ilmiy bo‘lib so‘ngida xulosa birlashib ketgan. Genetikning so‘zi ko‘lamdor. Bitiktoshlardan keltirilgan parchalar butun asarga "soya solgan", ya'ni muallif so‘zlar va jumlalar takrorini, sodda gaplarni qo‘ymagan bitiktoshlardagi kabi. Syujetning tarqoqligi kitobxon diqqatini kuchaytirish emas, balki aksiga xizmat qilgan, chamamda. Ilk bor o‘qigan o‘quvchiga genlar haqida savolli xulosa berishi mumkin, bu ayrim ilmiy faktlar va hayotiy misollar hisobiga. Mavzu yangicha. Genlar haqida badiiy talqin. Yagona millat tuyg‘usini, ellat qayg‘usini, ota-bobolarimizdan bizning qon-qonimizga singib ketgan iste'dod yog‘dusini eslatgan. Olg‘a yurishi, o‘z oldiga ulkan maqsad qo‘yishi uchun qaysidir ma'noda turtki boʻlishi kerak edi bu eslatma. O‘z-o‘zidan o‘ylab qolasiz, menda qanday iste'dod borki, haligacha nega u uyg‘onmagan!? Axir, sabablar ishonarli. Poetik nutqning o‘ziga xos xususiyatlari — tantanaliligi, o‘lchovdorligi, ohangdorligi, romantizmga moyilligi, anʼanaviylikka asoslanishi ayrim leksik vositalarni shu nutq uchun differentsiatsiyalanishiga olib kelgan. Bunday lug‘aviy birliklar, o‘z navbatida, poetik so‘zlar qatlami vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan. Leksik vositalarning poeziya tilida bunday differentsiatsiyalanishi poeziya tili leksikasi va poetik leksika tushunchalari orasida keskin farq 1 28 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ borligini ko‘rsatadi. Poeziya tili leksikasi tushunchasining maʼnosi keng. U poeziyada qo‘llaniladigan barcha so‘zlarii, so‘z formalarini, shu jumladan, poetik leksikani ham qamrab oladi. Poetik leksika tushunchasi nisbatan tor tushuncha, u boshqa nutq turlarida qo‘llanilmaydigan yoki kam miqdorda uchraydigan (arxaik, traditsion poetik so‘zlarni yoki badiiy nutqni mustasno qilganda, nutqning boshqa turlarida deyarli uchramaydigan) sof poetik so‘zlar, poetik so‘z formalari, poetik qisqartmalar, poetik neologizmlar, okkozionalizmlarni qamrab oladi. Poeziya tilini o‘ziga xos ajratib turuvchi bu leksik vositalar poetik uslub vujudga kelishi uchun ham zamin yaratadi. Binobarin, poetik leksika tub mohiyati bilan stilistik qatlam, nutq jarayonida maʼlum uslubiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchungina tabaqalangan. Shunday ekan, bunday lug‘aviy birliklarni poeziya tili uchun neytral deb bo‘lmaydi. Chunki poetik leksika avvalam bor o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Uni poetik nutq uchun tabaqalanishiga tilning o‘zi imkoniyat yaratib beradi. Shu maʼnoda sinonimiya va ekvivalentlik poetik so‘z hosil qiluvchi manbadir. Zero, tildagi sinonim va ekvivalent so‘zlar orasidan poetik nutq uchun mosi ajraladi va shu nutqqa moslanadi. Chunki: a) bir tushunchani bildirgan so‘zlar ifoda darajalari bilan o‘zaro farqlanib, ulardan biri poetik nutq uchun xoslanadi. Masalan: tirik, barhayot sinonimlaridan barhayot so‘zi ifodador. Bu so‘zda «hayotning abadiyligi» tushunchasi mavjud. Shu boisdan bu so‘zni ko‘proq poetik asarlarda uchratish mumkin; b) bir tushunchani ifodalagan so‘zlar emotsional-ekspressivligiga ko‘ra farqlanib, ularning ham poetik nutq uchun mosi ajralgan. Masalan: shamol, yel, sabo, shabbada sinonimlaridan sabo, shabboda so‘zlari emotsional bo‘yoqdorligi bilan farqlanadi; v)poetik leksika nutq talabi bilan tilda mavjud ekvivalent so‘zlarning poetik nutq normasiga mutanosib forma va variantlarini tanlab qo‘llash natijasida boyib boradi. Bunday forma tildagi o‘z ekvivalentidan fonetik yoki leksik jihatdan ham farqlanishi mumkin. Masalan, -aro — ora, ajoyib — ajab, bukun — bugun fonetik butkul — butunlay, yiroq — uzoq, leksik jihatdan farqlanuvchi ekvivalentlardir; g)poetik nutqning maʼlum o‘lchovdorlikka asoslanishi natijasida poetik ixchamlikka erishis

Доказательный фрагмент

«This article talks about the writing style of Isajon Sultan's Genetic novel, the issue of poetic speech.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the writing style of Isajon Sultan's Genetic novel, the issue of poetic speech. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Work, style, poetic speech, epic work, Произведение, Asar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники