К содержанию
РецензированоRU2023

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СУДЕБНОГО РАССМОТРЕНИЯ СПОРОВ, СВЯЗАННЫХ С ЗЕМЕЛЬНЫМИ ОТНОШЕНИЯМИ

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI · Alimjanov Rustam Irisdavlatovich · TO LAND RELATIONS

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the issues of improving the court hearing of disputes related to land relations. In the course of the article, reasonable opinions and comments were given within the scope of the topic. Conclusions and suggestions are given at the end of the article. Key words: land relations, adjudication of disputes, interethnic harmony and religious tolerance. ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СУДЕБНОГО РАССМОТРЕНИЯ СПОРОВ, СВЯЗАННЫХ С ЗЕМЕЛЬНЫМИ ОТНОШЕНИЯМИ Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы совершенствования судебного рассмотрения споров, связанных с земельными отношениями. По ходу статьи были даны обоснованные мнения и комментарии в рамках темы. Выводы и предложения даны в конце статьи. Ключевые слова: земельные отношения, разрешение споров, межнациональное согласие и веротерпимость. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik muhitini ta`minlash uchun muhim poydevor bo`ldi. Respublikamizda iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlantirish va ularni yer resruslariga bo`lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratildi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatda yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni shakllantish davrida yer munosabatlarini takomillashtirish to`g`risida to`xtalib, “Yer Ollox taolloning bebaho inomidir. U tom ma`noda odamlarni boqadi, kiyintiradi. Bevosita dehqonchilik bilan bog`langan oilaning emas, balki ma`lum bir tarzda qishloq xo`jaligi bilan aloqador barcha tomorqalar va uning ne`matlaridan bahramand bo`layotgan respublikamizning barcha aholisi farovon turmush kechirishi uchun moddiy negiz yaratadi. Ayni vaqtda yer ulkan boylik bo`libgina qolmay, mamlakatning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir”, degan edi. Bu fikrning nechog`liq to`g`ri ekanligini guvohi bo`lmoqdamiz. “Xalq boy bo`lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi” deb o`z nutqlarida keltirgan edilar. Qishloq xo`jaligiga bag`ishlangan yig`ilishda ham Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Bizni boqayotgan ham kiyintirayotgan ham bu yer va mirishkor 1 25 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ dehqonlardir” deb o`z nutqlarida keltirishi yer munosabatlari bugungi kunda ham nechog`liq ahamiyatliligini ko`rsatadi. Yer nizolarining tushunchasi haqida so`z yuritilar ekan, birinchi navbatda yer nizolarining o`zi nimaligini, bu nizolar kimlar o`rtasida va qanday sabablarga asosan vujudga kelishini nazarda tutish lozim. Yuridik va qishloq xo`jaligiga tegishli adabiyotlarda yer nizolarini ular yerga oid munosabatlar doirasida vujudga keladigan, nizolashayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydigan nizoli holatlar sifatida keltirilgan. Biz bilamizki taraflar o`zaro kelisha olmasligi natijasida nizo kelib chiqadi yoki yer munosabatlari subyektlari qonunga xilof harakatlari natijasida nizo vujudga keladi. Maxsus ilmiy adabiyotlarda ta`kidlanishicha, “Yer nizolari - bu manfaatdor tomonlar o`rtasidagi u yoki bu yer uchastkasining o`zlariga tegishliligi va o`zlarining yerga oid huquqlari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirish hamda ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan kelishmovchilikdir”. Bilamizki qonunga belgilangan qoidalarga bilmay amal qilmaslik yoki bilib turib amal qilmaslik oqibatida nizo yuzaga keladi. Yer nizolarini yer qonunchiligini buzish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchilik sifatida ham tushunish mumkin. O`zbekiston Respublikasida sud O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro hujjatlarda e`lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini sud yo`li bilan himoya qilishga da`vat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta`minlashga qaratilgandir. Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar: - yer uchastakasini olib qo`yish to`g`risidagi vakolatli organlarning qarorini bekor qilish va u bilan bog`liq yetkazilgan zararni o`rnini qoplash; - yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yish va qayta sotib olish natijasida yetkazilgan zarar o`rnini qoplash; - yer uchastkasidan belgilanganidan boshqa maqsadlarda yoki yer to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda foydalanganida yer uchastkasini olib qo`yish; - servitutni belgilash yoki bekor qilish; yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bog`liq bo`lmagan huquq buzilishlarini bartaraf etish; birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash va uni bo`lish; - yer

Доказательный фрагмент

«This article talks about the issues of improving the court hearing of disputes related to land relations.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the issues of improving the court hearing of disputes related to land relations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
land relations, adjudication of disputes, interethnic harmony and religious, yer munosabatlari, земельные отношения
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники