К содержанию
РецензированоRU2023

ВОЗМОЖНОСТИ ОБРАЗА В КОМПОЗИЦИИ ПРОЗАИЧЕСКОГО ПРОИЗВЕДЕНИЯ

Gulboyeva Feruza Mamatkarimovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article reveals the role of the components of the composition of the epic work - narrative, description and dialogue as an element that organizes the text as a whole. Also, the image, which is an integral part of the description, is analyzed as a separate component and its role in the composition of the prose work is shown. Key words: Prose work, writer, image and character, way of expression of the image, interest and mystery in the work, providing artistry, creator. ВОЗМОЖНОСТИ ОБРАЗА В КОМПОЗИЦИИ ПРОЗАИЧЕСКОГО ПРОИЗВЕДЕНИЯ Аннотация. В данной статье раскрывается роль компонентов композиции эпического произведения - повествования, описания и диалога как элемента, организующего текст в целом. Также образ, являющийся составной частью описания, анализируется как отдельный компонент и показывается его роль в композиции прозаического произведения. Ключевые слова: прозаическое произведение, писатель, образ и персонаж, способ выражения образа, интерес и загадочность в произведении, художественность, творец. Yozuvchilar o'z asarlarida tasvirlar yordamida shaxsning qiyofa va harakter, psixologiya va kechinmalari, shuningdek kayfiyati va tashqi olam, muhit bilan o’zaro munosabatini belgilaydi. Ayniqsa, bugungi zamonaviy asarlarda tasvirning ifoda yo’sini va imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Bugungi zamonaviy yozuvchilar, jumladan, Omon Muxtor. Xayriddin Sulton, Erkin A’zam, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton, Ulug’bek Hamdam kabilarning turli xil katta-kichik janrdagi nasriy asarlarida tasvir yo’sini va maqsadi anchayin kengaynini ko’rish mumkin. personajlar harakteri, kayfiyati, psixologiyasi haqida, shuningdek, kelajakda ro’y berishi kutilayotgann voqea-hodisalar haqida o’quvchiga habar berishda rivoya usulidan, aniqroq aytganda, bayonchilikdan qochib, asardagi qiziqarlilik va sirlilikni, ijodkor niyati va maqsadidagi badiiylikni ta’minlash maqsadida tasvirning turli ko’rinishlaridan ijodiy imkoniyat sifatida zo’r mahorat bilan foydalanib kelmoqdalar. Xususan, yozuvchi Isajon Sulton nasriy asarlarida tasvir imkoniyatlarini teran anglab, his qilgan ijodkor sifatida keng va samarali foydalana olgan deya ayta olamiz. Shu sabab yozuvchi Isajon Sulton zo’r mahoart bilan o’z asarlarida tasvirning go’zal namunalarini yaratib kelmoqda. Jumladan, “Alisher Navoiy”, “Ozod”, “Boqiy darbadar” kabi romanlari hamda “Oydinbuloq 1 20 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ to’plami” (1995), “Boqiy darbadar”(2011), “Ozod”(2013), “Bog’i Eram” (2015), “Hazrati Hizr izidan” (2018) nomli to’plamlaridan joy olgan qissa va hikoyalarida tasvirning bejirim, shuningdek, falsafiy ahamiyat kasb etgan betakror namunalarini ko’plab uchraydi. Yozuvchining ana shunday asarlaridan biri “Ozod” romanining “Birinchi aks” deb nomlanuvchi faslidan lavha keltiramiz: “Qishloqda odatiy hayot davom etmoqda edi. (rivoya) Har yer-har yerdan ko‘kimtir tutun ko‘kka o‘rlar, qiy-chuv, chaqaloqlar yig‘isi eshitilardi. Kimdir tandirgami, o‘choqqami o‘t yoqdi. Qaydadir qo‘ylar ba’radi; o‘n-o‘n ikki yoshlar chamasidagi bolakay bir to‘da qo‘yni o‘tlatgani haydab keta boshladi. Quyiroqdagi hovlida choponining o‘ngirini qayirib olgan bir kishi quruq yaydoq yerga tosh tashirdi”.1 Birinchi jumlada roviy qishloqning odatiy hayot tarzi davom etayotganini aytadi-yu, ko’p so’zlab o’tirmay, keyingi jumladan o’sha odatiy qishloq hayotini tasvirlashga o’tadi. Dastlab, qishloqning umumiy tasviri beriladiki, go’yoki o’quvchi biror trepalikdan turib qishloq hayotini o’z ko’zlari bilan tomosha qilayotgandek tuyuladi. Shuningdek, bunday tasvirlash usuli qishloq hayotidan olingan kinoning boshlanish qismini ham esga solidi. Bir necha tasvir va voqea-hodisani ichiga olgan bunday tasvirni faqatgina uzoqdan ko’ra olish mumkin yoki kinoda umumiy plandagina aks ettirish mumkin. Tasvsifning bunday usuli kinodagi tasvirga olish jarayoni bilan deyarli bir xil. Yozuvchi tasvir obyektlarini o’zgartirar ekan, har bir tasvirga olingan manzarani asar matnida ham alohida abzas bilan ajratib tasvirlaydiki, o’quvchi ham tasvir nuqtasi o’zgarganini darhol fahmlab oladi. Keyingi tasvir obyekt nuqtai nazaridan torayib, “quyiroqdagi hovlida choponining o‘ngirini qayirib” olib tosh tashiyotgan bir kishiga qaratiladi va bir necha sniya tasvir kamerasi ushbu jarayonni muhrlaydi. Shuningdek, tasvirda ayni jarayonga alohida to’xtalishning sababi, o’quvchi asarning asosiy qahramonini uzoqdan tanishtirib o’tishdir. Ushbu matning birgina gap orqali qisqagina to’xtalib o’tishining sababi ham shunda. “Bostirma ostidagi biqini chandig‘li otning sag‘risiga loy sachragan, oldiga bir quchoq beda tashlab qo‘yilgan edi. Uning yemish bilan ishi yo‘q, nimadandir bezovta. Sal narida shotisi tikka qilib qo‘yilgan, ulkan g‘ildiraklariga aylanasiga temir qoplangan, xom teridan ishlangan qayishlari osilib-osilib qolgan ko‘hna arava ko‘zga tashlandi”2. Keyingi abzas bilan yana tasvir o’rni o’zgarib, jarayon yana odatdagicha dav

Доказательный фрагмент

«This article reveals the role of the components of the composition of the epic work - narrative, description and dialogue as an element that organizes the text as a whole.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article reveals the role of the components of the composition of the epic work - narrative, description and dialogue as an element that organizes the text as a whole. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Prose work, writer, image and character, way of expression of the image, Nasriy asar, прозаическое произведение
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники