Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О СОДЕРЖАНИИ ЭПОСА «СУХАЙЛ И ГУЛДУРСУН»
Mamatqulov Botir · Murtazayev Babanazar Xurramovich
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
The article analyzes the epic "Suhail and Guldursun" by Saifi Saroi, focuses on the adventures of the heroes, their activities, and draws relevant conclusions. Events such as the creation of the epic, its value, the events of the image, the art of the adventure of the main characters are carefully considered. Attention is also paid to common myths and legends that are close to this work, they are comparatively studied, and their significance and role are not overlooked. Keywords. Epic, folk, creativity, hero, adventure, love, love, love, Temur, Tokhtamysh, Suhayl, Guldursun, battle, dungeon, desert, desert, sand, heat, thirst, thirst, grave, tragedy, death, comparison, comparison, comparison. О СОДЕРЖАНИИ ЭПОСА «СУХАЙЛ И ГУЛДУРСУН» Аннотация. В статье проведен анализ эпоса Сайфи Сарои «Сухайл и Гульдурсун», акцентировано внимание на приключениях героев, их деятельности, сделаны соответствующие выводы. Тщательно рассматриваются такие события, как создание эпоса, его значение, имиджевые события, художественность приключения главных героев. Обращается внимание и на распространенные мифы и легенды, близкие к данному произведению, они сравнительно изучаются, не упускается из виду их значение и роль. Ключевые слова. Эпос, народ, творчество, богатырь, приключения, любовь, любовь, романтика, Темур, Тохтамыш, Сухайл, Гулдурсун, битва, подземелье, пустыня, пустыня, песок, зной, жажда, жажда, могила, трагедия, смерть, сравнение, сравнение, сравнение. “Suhayl va Guldursun” dostonini professor Abduqodir Hayitmetov (12) “Oʻzbek tili va adabiyoti” jurnalining 1974-yil 4-sonida soʻz boshi yozgan va Nasrullo Davron nashr ettirgan edi. Bu doston 1966–67 yillar olib borilgan izlanishlar natijasida shoir Nasrullo Davron tomonidan qoʻlga kiritiladi. Qoʻlyozma Fargʻona, Oʻzbekiston tumani Kamolxon Sultonov xonadonida saqlangan, u 1398-yili Misrda koʻchirilgan, kotib Abul ibn Qodirdir. Qoʻlyozma moʻjaz boʻlib, uning muqaddimasidan soʻng Tugʻlixoja Xorazmiy, Mavlono Isʼhoq Xorazmiy, Mavlono Ahmad Urganjiy gʻazallari beriladi. Tugʻlixoja va Mavlono Isʼhoq nomlari Sayfi Saroyi (1321–1396)ning 1 09 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Guliston bit-turkiy” qoʻlyozmasi sahifalaridagi mushoira qismida ham uchraydi. Ammo Mavlono Ahmad Urganjiy nomi sheʼriyat muxlislariga, mumtoz adabiyotimiz muhiblariga maʼlum emas edi. Qoʻlyozmaning keyingi sahifalaridan Sayfi Saroyining 2 bayti, 2 qitʼasi va 82 baytdan iborat “Suhayl va Guldursun” dostoni joy olgan. “Suhayl va Guldursun” mundarijasi debocha ila ibtido topib, u asar mavzusini va mazmunini ifoda etadi: Emas afsona chin ushbu bitilmish, Bu chin, afsonatek ishqda yetilmish (7–B.76). davomi: ...Temur Urganja tortib keldi lashkar, Koʻrub koʻz – koʻr, boʻlub qoldi quloq – kar. Oʻlib qatti soʻgʻishdi Toʻxtamishxon, Tiri oyrildi tuvgʻondin tugʻushgʻon. Suhayl alpni elittilar asirgʻa, Hama qoldi boʻlub ojiz bu sirgʻa (7–B.76). Doston 19 baytdan iborat debochasi ila boshlanadi, dostonning 2-qismi “Suhaylning chohda yotmishi” deb nomlanadi va u 6 baytli, 3 - qism 11 baytli, uning sarlavhasi: “Suhaylning tush koʻrishi” deyiladi. Dostonning 4-qismi: “Shoh qizi Guldursun Suhaylni koʻrgani va uni sevib qolgʻonin bayoni” deya atalib, u 12 baytli, uning boshlanmasi: Oʻlan uzra qurulgʻon xaymada shoh, Zafardin shod boʻlub yotmishdi ogoh. Bor erdi shoh qizi Guldursun oti, Tilim evrilmas aytmogʻi sifoti (7–B.77). Dostonning 5-qismi “Guldursunning chohga tushub Suhayl bilan soʻzlashgani” tarzida nomlanib, u 10 baytlidir. Dostonning xotimaviy 6-qismi 24 baytli, u “Suhayl bilan Guldursunni chohdan chiqib qochganlari bayoni” deb nomlanib, ikki sevishganning kimsasiz sahro sari qochgani voqeasini hikoya qiladi. Sahro quyosh taftidan alanga sifat oʻt ichida yonmoqda: Alar koʻp yurdivu sahrogʻa kirdi, Gunashdin sahro uzra doʻzax erdi (7.–B.78). Ochlik va suvsizlikdan, gunash – quyosh alangasidan doʻzaxga aylangan sahro qoʻynida Guldursun hushidan ketib yiqiladi. Suhayl suv va non ilinjida behuda sahro kezadi: Suhayl bordi topargʻa suvgʻa, dongʻa, Vale darmon berolmay qoldi jongʻa(7.–B.78). Choʻlning otashi ogʻushida Guldursun tashnalikdan halok boʻladi, bu holga chiday olmagan Suhayl: – “Menga yaxshi, – dedi, – yor birla oʻlmak, – Na lozim gʻam bilan dunyoda qolmak” (7.–B.78). oʻz bagʻriga tigʻ sanchadi, ana shu bayt “Uch bulbul gulshani”dagi “Suhayl va Guldursun” (10– B.329)da ayni shu xilda, ammo ustoz N.M.Mallayev kitobida bir soʻzda farqni kuzatdik: Menga yaxshi bukun yor bilan oʻlmak, Na lozim gʻam bilan dunyoda qolmak (5.–B. 261). Dostonning oxirgi baytida uning yozilgan 796 (1394) yili qayd etiladi: Yeti yuz toʻqson olti navroʻz oyi 1 09 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Xatm etti buni Sayfi Saroyi (7–B.78). Dostonda Amir Temur (1336–1405) va Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxon nomlari tilga olinadi, bunda ayrim tari
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the epic "Suhail and Guldursun" by Saifi Saroi, focuses on the adventures of the heroes, their activities, and draws relevant conclusions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the epic "Suhail and Guldursun" by Saifi Saroi, focuses on the adventures of the heroes, their activities, and draws relevant conclusions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Epic, folk, creativity, hero, adventure, love, love, love, Temur, Tokhtamysh, Doston, Эпос
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018