К содержанию
РецензированоRU2023

ПРИМЕНЕНИЕ КОНЦЕПТА "ТОЧКА" В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ

Raximjonova Gulnoza

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

One of the current topics of modern linguistics is the concept. This term is one of the important categories of cognitive linguistics and linguistic culture. This article presents excerpts from artistic works about the concept and its meaning, the uniqueness of the concept of "longing" and its expression in speech. Key words: Linguistics, lexicon, understanding, concept, abstract units, longing, artistic text, linguistics. ПРИМЕНЕНИЕ КОНЦЕПТА "ТОЧКА" В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ Аннотация. Одной из актуальных тем современного языкознания является концепт. Этот термин является одной из важных категорий когнитивной лингвистики и лингвокультуры. В данной статье представлены отрывки из художественных произведений о понятии и его значении, своеобразии понятия «тоска» и его выражении в речи. Ключевые слова: Языкознание, лексика, понимание, концепт, абстрактные единицы, тоска, художественный текст, языкознание. So'nggi paytlarda til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Olimlarning ushbu muammoga qiziqishi 20-asr oxirida til birliklarining milliy- madaniy semantikasini butun mazmuni, milliy mentalitetini va tuslari boʻyicha oʻrganish maqsadida oʻrganilishi lingvokulturologiyaning paydo boʻlishiga olib keldi. Lingvokulturologiya tilda milliy madaniyatni aks ettirish muammosini o‘rganuvchi tilshunoslikning bir yo‘nalishidir. Ma’lumki, inson bolaligidan boshlab o’z millatiga xos til va til orqali madaniyatni o’rganib boradi.Shundagina u inson hisoblanadi.Xalqning nozik madaniy belgilari uning tilida aks etadi.Til insonning o’ziga xos va o’ziga mos atributlaridan bo’lib,u orqali inson o’zini va olamni anglaydi.1 Haqiqatdan ham til millatning ko’zgusidir. Qayga bormay, boshda do’ppim, G’oz yurarman gerdayib (Erkin Vohidov) Tong bilan jahon bo’ylab Bir xabar qoqdi qanot, O’zbek yana o’z so’zin O’z so’zin do’ndiribdi. 1 Saidova.M,Qo’ziyev.U.Lingvokulturologiya.Uslubiy qo’llanma.-Namangan,2017.-B.6 1 05 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bemisol talato’pda Muzaffar-u bosabot, O’zbek yana do’ppisin Qiyalab qo’ndiribdi.(A. Oripov) Demak, tilni shunchaki aloqa quroli va tafakkur natijasi sifatida emas, millatning madaniy ochqichi sifatida tadqiq etish kerakligi yuzaga chiqyapti.Shuning uchun mutafakkir Abdulla Avloniyning “Har bir millatning duyoda borligini ko’rsatadurg’on oyinayi hayoti bu uning tili va adabiyotidur.Milliy tilni yo’qotmak, millat ruhini yoqotmakdir” deb bejizga aytmaganlar. Lingvokulturologiyada til nafaqat muloqot va bilish vositasi, balki birinchi navbatda etnik guruhning madaniy kodi sifatida qaraladi.Ya’ni til milliy mentalitet yoki inson psixalogiyasini ochib beruvchi aloqa vositasi. Tilning inson bilishi va madaniy-ijodiy faoliyatining asosiy mexanizmlarining paydo bo'lishi va faoliyatidagi roli va ishtirokini o'rganish bizga voqelikning tilda aks ettirilgan xususiyatlarini bilish va falsafa, axloqiy va estetik tushunchalar olish imkonini beradi. Olamning milliy-madaniy manzarasi haqida B. Gumboldt “har bir tilda til egalarining dunyoqarashi aks etishi, xalq ruhi va tili o’rtasidagi munosabat o’zaro zich bog’langanligi, ularni ayro tasavvur qilib bo’lmasligini, til xalqning ruhi xalqning ruhi esa uning tili ekanini, tillarning xilma- xilligi faqat tovushlarning xilma- xilligi emas, balki har bir millatdagi dunyoni ko’rishning farqliligi natijasi”ekanini ta’kidlaydi.2 Lingvokulturologiyaning diqqat markazida inson tursa,til ana shu insonning bilimi va qaysi bir xalqning madaniyat vakili sifatida belgilaydigan xatti- harakatlar normalari haqida gapirishga imkon beradi. Til har doim etnosning eng yorqin identifikatsiyalash xususiyati bo'lib kelgan. Til nafaqat muloqot va bilish vositasi, balki birinchi navbatda etnik guruhning madaniy kodi sifatida ham ko'rib chiqiladi. Til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlar muammosi ko'plab tadqiqotchilarni hayratda qoldirdi. Tilning etnik tajriba va dunyoqarashni shakllantirish jarayonida asosiy rolini tushunishning kelib chiqishida, ma'lumki, faylasuf va tilshunos Vilgelm fon Gumboldt bo'lib, uning kontseptsiyasi til va madaniyat o'rtasidagi sababiy bog’liqlikni tan oladi. O’tgan asrning oxiridan boshlab, gumanitar bilimlarning ilmiy paradigmasidagi o'zgarishlarning bir qismi sifatida tizimli-strukturaviy va statistik paradigma antropotsentrik, funktsional, kognitiv va dinamik paradigma bilan almashtirildi. Antropotsentrizm ma’lum bir tilni nafaqat insonni o’rab turgan voqelikka, balki uning tafakkuri, ruhiyati, tarixi, madaniyati va ona tilida so’zlashuvchilarning ijtimoiy mavqeiga qarab o’rganish talabida ifodalanishini ta’kidlashadi. Kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, psixolingvistika, etnolingvistikaga oid adabiyotlarda ishlab chiqilgan “tildagi odam” va “insondagi til” muammolari antropotsentrik paradigma doirasida olib borilgan tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi. Antroposentrik paradigm yo’nalishida bajar

Доказательный фрагмент

«One of the current topics of modern linguistics is the concept.»

Образец извлечения

Демо-превью

One of the current topics of modern linguistics is the concept. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Linguistics, lexicon, understanding, concept, abstract units, longing, artistic, Языкознание, Lingvokulturologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники