Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕРЫ ПО БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ
Soxibov Salohiddin Anvar o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article analyzes the measures to increase the effectiveness of the fight against corruption, legal bases and mechanisms. Also, the reasons for the emergence of corrupt relations and socio-philosophical aspects have been researched. Key words: civil society, public control, monitoring, corruption, corrupt relations, state, law, bribery, conscience, honesty, international standards. МЕРЫ ПО БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ Аннотация. В данной статье анализируются меры по повышению эффективности борьбы с коррупцией, правовые основы и механизмы. Также исследуются причины возникновения коррупционных отношений и социально-философские аспекты. Ключевые слова: гражданское общество, общественный контроль, мониторинг, коррупция, коррупционные отношения, государство, закон, взяточничество, совесть, честность, международные стандарты. Mamlakatimizda shiddatli ravishda xalq va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o‘zgarib boruvchi sharoitlariga insonlarni va ayniqsa yoshlarni tayyorlash, ularning kasbiy bilimlarini muntazam ravishda oshirib borishni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik-tashabbuskorligini qo‘llab- quvvatlash, ularning tadbirkor sifatida iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai-nazarini ishlab chiqishga qaratilgan bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish, kelajak rejalarni amalga oshirishga qaratilgan biznes loyihalariga innovatsion loyihalarni joriy qilishni nazarda tutgan bilimlarini yuksaltirish o‘z navbatida ularning ijtimoiy manfaatlarini, ehtiyojlarini, kelajakdagi istiqbollarini belgilab olish va ro‘yobga chiqarish bugungi kunda shiddatli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlarning talabidir. Bizga ma’lumki, korrupsiya jamiyatni rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi hamda ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirishga sabab bo‘ladigan omil sifatida baholanadi. Ko‘pchilik ekspertlar tomonidan jamiyatda korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo‘llash samarali hisoblanmasligi qayd etilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyat kompleks-majmuaviy tarzda muntazam ravishda izchil amalga oshirilishi yaxshi natija berishi mumkin. 1 03 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Har bir davlat korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va obyekti sifatida alohida olingan korrupsionerga emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘ladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil etishda quyidagi-larni inobatga olish lozim deb hisoblaymiz: har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjat-larini zamon va islohotlar talablari darajasida takomillashtirish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyat a’zolari bo‘lgan fuqarolarimiz ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirib borish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga izchil tadbiq qilish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish va oqibatlarini keng jamoatchilikka tushuntirish, korrupsiyaga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralarni ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan holda tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va bu sohada xalqaro hamkorlikni izchil yo‘lga qo‘yish. Har qanday davlatda korrupsiyaning rivojlanishi davlatning ichki va tashqi siyosatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada jamiyat a’zolarini mazkur davlatning organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazishga olib keladi. “Jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish lozim. Nega deganda, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslar qariyb 25 yil oldin qabul qilingan. O‘tgan davrda jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi dunyoqarashi o‘zgardi. Shu sababli bu kodekslar bugungi kun talablariga javob bermay qoldi. Ma’lumki, qonunchilikda jazoni og‘irlashtirish yoki yengillashtirishga oid moddalar bor. Lekin ular tergovchi yoki sud’yaning ixtiyoriga, ya’ni inson omiliga to‘liq bog‘liq bo‘lib qolmasligi kerak. Aks holda biz uchun muqaddas bo‘lgan adolat mezoni buziladi. Shuning uchun jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni tubdan qayta ko‘rish zarur”[1]. Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslarini rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda bugungi kunda shiddatli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlarni talablariga muvofiq Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslar loyihasi norma ijodkorligi asosida ishlab chiqish jamiyatda jinoyatlarni shu jumladan korrupsi
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the measures to increase the effectiveness of the fight against corruption, legal bases and mechanisms.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the measures to increase the effectiveness of the fight against corruption, legal bases and mechanisms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- civil society, public control, monitoring, corruption, corrupt relations, state, fuqarolik jamiyati, гражданское общество
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024