Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ В ФИЗИЧЕСКОМ И ПСИХОЛОГИЧЕСКОМ ЗДОРОВЬЕ СПОРТСМЕНОВ
Raxmatjonov Shoxjahon Dilshodbek o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
Данная статья представляет собой описание модели личности, в которой формируется толерантность и духовно-психический потенциал личности и общечеловеческие ценности как социально-этическая норма как составляющая этой модели, и сущность развития человека в его центре находятся рекомендации научных исследований. Статья также содержит научное предложение и практические рекомендации, сформулированные автором по данному вопросу. Ключевые слова: толерантность, рефлексивный, субъектный, процессуальный, компонентный, диагностический, феномен. Shaxsning ma’naviy-aqliy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-axloqiy me’yor sifatida ushbu modelining tarkibiy qismi sifatida, uning markazida esa shaxsning rivojlanishi mohiyati aks etadi. Zero, yuqoridagi keltirib o‘tgan fikrlarimizga tayangan holda shuni aytish lozimki, oliy ta’lim muassasalarining dastlabki bosqichlarida tolerantlikni shakllantirish texnologiyasini qo‘llash bir muncha samara beradi va ayni mazkur davrdagi yosh psixologik xususiyatlari ham ushbu bilimlarni o‘zlashtirish uchun ayni muddao bo‘lib hisoblanadi. Shunday ekan, ta’lim muassasalarida “Axborot soati” darslarida talaba shaxsini rivojlanishini modellashtirish vazifasi qo‘yilgan ekan, biz uning markazida tabiiy ravishda nazariy ma’lumotlar va bilimlarni keltiramiz. Uning nazariy asoslari tarkibiga falsafiy, psixologik, pedagogik, texnologik bilimlarni mujassam etamiz. Unda shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni, madaniy muvofiqlik holati hamda bevosita ta’lim jarayonidagi ishtiroki asosiy prinsip sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayoni shaxsning nafaqat ijtimoiylashuviga, balki uning rivojlanishiga, qadriyatlariga va faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. M.Bafaev tomonidan ishlab 7 61 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ chiqilgan modelning komponentlariga ko‘ra, maqsadli-qadriyatli, sub’ekt-sub’ektli, mazmunli, protsessual-faoliyatli, diagnostik hamda refleksiv mexanizmlar yordamida biz shaxs rivojlanishining bazaviy ko‘rsatkichi sifatida milliy bag‘rikenglikni shakllantirishga erishishimiz mumkin. M.Bafaev tomonidan ishlab chiqilagn modelning komponentlariga alohida to‘xtalamiz: Maqsadli-qadriyatli – shaxsning maqsadli-qadriyatli jabhasi o‘z navbatida 2 ta asosiy komponentni o‘z ichiga oladi: shaxs ma’nolari tizimi va qadriyatlar yo‘nalganligi. Ikkalasi ham shaxsiyat tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Umumilmiy tushuncha sifatida tadqiq etiluvchi ob’ektlarni birlashtirishga xizmat qiladi. Sub’ekt-sub’ektli – sub’ekt-sub’ekt munosabatlari ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘zaro hamkorlik faoliyatini paritet (tenglik)asosida tashkil etishdan iborat munosabatlar turi bo‘lib hisoblanadi. Mazmunli – psixologik madaniyatning mazmunli tarkibiy qismi inson psixikasi va uning faoliyati, boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlari sohasida shaxsiy ahamiyatga ega va shaxsiy qadriyatli intilishlar, ideallar, e’tiqodlar, qarashlar, pozitsiyalar, e’tiqodlarning umumiyligi tizimi bilan izohlanadi. Protsessual-faoliyatli – faoliyat sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirining dinamik tizimi sifatida tushuniladi: faoliyatdagi ob’ektiv dunyoni o‘zgartirib, sub’ekt o‘zini o‘zi o‘zgartiradi (uning ongi va shaxsiyati o‘zgaradi). Faoliyat tizimiga motivlar, maqsadlar, shartlar va tegishli harakatlar va operatsiyalar kiradi. Ushbu tuzilma funksionaldir, ya’ni tizimning har bir tarkibiy qismi o‘z faoliyatida aniq funksiyalarni bajaradi. Diagnostik – psixodiagnostika usuli uchta asosiy (ob’ektiv, sub’ektiv, proektiv) diagnostik yondashuvlarda konkretlashtirilgan bo‘lib, ular amalda mavjud diagnostik texnikalarning butun majmuasini qamrab oladi, diagnostik faoliyatning muvaffaqiyati (samaradorligi) va usuli (xususiyatlari) asosida amalga oshiriladi. Refleksiv – mazkur holatda refleksiv mexanizmlarning sub’ektning o‘ziga yo‘nalganligi, konstruktiv o‘zini o‘zi takomillashtirishga qaratilganligi va faoliyatining oraliq va yakuniy natijalarini tahlil qilishligi bilan baholanadi [46]. Modelning natijasi sifatida shaxsda rivojlanishning bazaviy ko‘rsatkichi va axloqiy qadriyat namunasi sifatida milliy bag‘rikenglikni shakllantirishni qayd etish mumkin. Shaxsda ushbu fenomenning tarkib topishi, takomillashuvi kelgusi faoliyatida barqaror ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Bizning fikrimizcha tolerantlik tushunchasi va ko‘nikmalarining shakllanganlik xususiyatlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi: -shaxs qadriyatlari tizimidan o‘rin olishi natijasida yoshlar xatti-harakatlari va amallari mazmuniga ta’sir etishi; -shaxsning o‘ziga ishonchini orttirishi, uning qarorlar qabul jarayoniga ijobiy ta’sir etishi, uning erkin yashash tarzini kuchaytirishi; -shaxsning o‘zga insonlar bilan muloqot darajasini shakllantirishi, boyitishi va ijobiy mezonlar asosiga qurilishiga yordam berishi; -shaxs ma’naviyatiga daxldor gumanitar tamoyillarning asosi bo‘la olishi; -shaxslararo muloqot uchun
Доказательный фрагмент
«Данная статья представляет собой описание модели личности, в которой формируется толерантность и духовно-психический потенциал личности и общечеловеческие ценности как социально-этическая норма как составляющая этой м…»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья представляет собой описание модели личности, в которой формируется толерантность и духовно-психический потенциал личности и общечеловеческие ценности как социально-этическая норма как составляющая этой м… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- толерантность, рефлексивный, субъектный, процессуальный, функция, funksiya, function
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026