К содержанию
РецензированоRU2023

КОММУНИКАТИВНЫЙ ПОДХОД В ОБУЧЕНИИ ЯЗЫКУ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

Xolmatova Zulfiyaxon Tillavoldiyevna · Madaminova Dilnozaxon Bohodirjon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 9 – 15 · 2023

Аннотация

This article focuses on the communicative language teaching and outlines advantages of this approach in teaching and learning. Moreover, some misconceptions about the communicative approach are presented and their reasons are described. Key words and expressions: communicative approach to teaching languages, communicative competence, learning and acquiring, grammar-translation method, stages of language learning, oral communication, written communication. O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish tizimida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Chunki kichik maktab yoshidan boshlab, tilni pragmatik asosda o‘rganish, o‘quvchilarga ruhiy, hissiy ta’sir ko‘rsatish orqali til ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ma’lum tajribalar vujudga keldi. Bu esa ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, o‘sib kelayotgan avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda, ularning jahon standartlari bo‘yicha ta’lim olishida ayniqsa ahamiyatlidir. Ma’lumki, chet tillarini o‘rganishda kommunikatsiya jarayoni, kommunikativ kompetentsiya muhim ahamiyatga ega. Ushbu qarorda belgilangan izchil maqsadni amalga oshirish uchun chet tillarini o‘rgatishni kommunikativ asosda olib borish katta samara beradi. Bu tizimga chet tili o‘qitishga kommunikativ yondashuv o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab olib kirildi. O‘zbekistonda esa ushbu yangicha uslub XXI asrning boshlaridan joriy etila boshlandi 8 54 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ va o‘zining muayyan natijalarini berib kelmoqda. Bunga sabab esa til o‘qitishga kommunikativ yondashuvning o‘ziga xos afzalliklaridir. Shulardan birinchisi va, eng muhimi, bu uslub til o‘rganuvchining kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirishga qaratilganligidir. Har qanday tilni o‘rganishdan maqsad ushbu tilni amaliyotda qo‘llay olish, mazkur til egalari yoki shu tilda muloqot olib boradigan boshqa millat vakillari bilan xoh og‘zaki, xoh yozma tarzda suhbat qila olishdan iboratdir. Kommunikativ yondashuv esa til o‘rganuvchilarni xuddi shu hayotiy vaziyatlarga tayyorlashni targ‘ib qiladi va shuning uchun ham chet tillarini o‘rgatish sohasidagi tadqiqotchilar tomonidan qo‘llab- quvvatlanib kelmoqda. Ikkinchidan esa, ushbu yondashuv chet tilini nazariy asosda o‘rganish bilan birga, uni amaliy tatbiqi, keng o‘zlashtirishga e’tibor qaratadi. Bilamizki, til o‘zlashtirish jarayonini har bir shaxs o‘z ona tilida so‘zlashishga o‘rganish mobaynida boshidan kechiradi, ya’ni hali bola tili chiqmasdan turib muayyan nutq ifodalarini doimo yaqinlari tomonidan eshitadi, qulog‘i shu tilga o‘rganadi, ma’lum sezgilar orqali so‘zlar ma’nosini anglay boshlaydi, shu so‘zlarga taqlid qilib tovushlar, keyinchalik so‘zlar talaffuz qila boshlaydi va ma’lum vaqtga yetib bu tilda bemalol gapira, boshqacha aytganda, muloqot qila boshlaydi. Buning uchun bolaga o‘z ona tilining grammatik qoidalarini o‘rganish yoki so‘zlar va ularning ma’nolarini yod olish zarurati bo‘lmagan, bularni unga hech kim bevosita o‘rgatishi kuzatilmaydi. Kommunikativ yondashuv ham chet tili o‘rganuvchilarni turli hayotiy vaziyatlar, holatlar asosida ma’lum sharoitda chet tilidan qanday foydalanishga o‘rgatadi. Ya’ni bunda o‘qituvchi o‘rganuvchilarga chet tilidagi ma’lum bir hodisalarni ularni o‘zlashtirish muhitini yaratib berish orqali o‘rgatadi. Bundan ko‘rinadiki, kommunikativ til o‘rgatish usuli mamlakatimizda bir necha o‘n yilliklar davomida qo‘llanib kelingan grammatika-tarjima metodidan tubdan farq qiladi. Ma’lumki, bu uslubda chet tili o‘rganuvchilar mazkur chet tilining grammatikasini o‘rganishgan, ushbu grammatik birlikdan foydalanib gaplar tuzishgan, turli mashqlar bajarishgan; ushbu tildagi lug‘aviy birliklarni yod olishgan va ulardan foydalanib chet tilidan ona tiliga, ona tilidan chet tiliga tarjimalarni amalga oshirishgan. Oqibatda ular chet tilining grammatikasini a’lo darajada bilishgan, so‘z boyliklari yetarli bo‘lgan, tarjima nazariyasini puxta egallashgan, zarur hayotiy vaziyatlarda esa chet tilini qo‘llashda qator to‘siqlarga duch kelishgan, katta qiyinchilik bilan mazkur tilda muloqotga kirishishgan. Bunday muammolarga sabab ular tilni quruq o‘rganishgan, ya’ni uni amaliy jihatdan o‘zlashtirishmagan. Shuningdek, kommunikativ til o‘rgatish o‘rganuvchilardan tilni bosqichma-bosqich o‘rganishni targ‘ib qiladi. Bosqichlar sifatida esa til birliklaridan ijodiy foydalanish, uni sinab ko‘rish va ma’lum vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘yish tushuniladi. Xatolarga yo‘l qo‘yish til o‘zlashtirishning me’yoriy holatidir, lekin muloqot kompetentsiyasi rivojlanib borgani sari til o‘rganuvchida mazkur tilni ravon va xatosiz ishlatish ko‘nikmalari shakllanib boradi. Boshqacha aytganda, chet tili o‘qitishga kommunikativ yondashuv til o‘rganish jarayonini mazmunli, samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Yuqoridagi va shu kabi boshqa afzalliklarga ega bo‘lgan kommunikativ til o‘qitish uslubi ko‘plab chet tili o‘qitish guruhlarida muvaffaq

Доказательный фрагмент

«This article focuses on the communicative language teaching and outlines advantages of this approach in teaching and learning.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article focuses on the communicative language teaching and outlines advantages of this approach in teaching and learning. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and expressions: communicative approach to teaching languages, communicative approach to teaching languages, til o‘qitishga kommunikativ yondashuv, коммуникативный подход к обучению языков
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники