Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МНЕНИЯ УЧЕНЫХ О РАЗВИТИИ ВНИМАНИЯ ДОШКОЛЬНИКОВ
MASALASIDA OLIMLAR FIKRLARI · Qurbonova Saida Miralimjanovna
Современная наука и исследования · 2 · 512-513 · 2023
Аннотация
In this article, the opinions of scientists on the development of preschool children's attention are presented and analyzed. Reasonable opinions and comments are given throughout the article. Key words: children of preschool age, development of attention, opinions of scientists. МНЕНИЯ УЧЕНЫХ О РАЗВИТИИ ВНИМАНИЯ ДОШКОЛЬНИКОВ Аннотация. В данной статье представлены и проанализированы мнения ученых по вопросу развития внимания дошкольников. Обоснованные мнения и комментарии даны на протяжении всей статьи. Ключевые слова: дети дошкольного возраста, развитие внимания, мнения ученых. Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u insonning jamiki faoliyatlarida bevosita ishtirok etadi. I.P.Pavlovning1 oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limoti va A.A.Uxtomskiylar tomonidan ilgari surgan dominantlik tamoyili va ularning zamondoshlari tadqiqotlarida diqqatning fiziologik asoslari va mexanizmlarini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish imkonini yaratdi. Sobiq sovet psixologiyasida diqqat muammosi xorij psixologiyasiga nisbatan ancha murakkab mustaqil ilmiy manbalarga ega hisoblanadi va u shu bilan o’zaro farq qiladi. Sobiq sovet psixologiyasida diqqatga nisbatan mukammal qat'iy fikr vujudga kelgani yo’q, lekin uning atrofida juda ko’p tortishuvlar, munozaralar bo’lib o’tgan. Diqqatning psixologik tabiati to’g’risidagi 20- 30 yillarda boshlangan ilmiy bahslar, to hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Ilmiy munozaralarning zamirida asosiy fikr diqqatning bitta ob'ektga qaratilishidir. Bu ilmiy model ong ob'ekt tarzida ifodalanadi. Bu g’oyani yirik psixolog P.P.Blonskiy ilgari surgan va asoslagan. Uning fikricha, odamning ongi bitta ob'ektga qaratilgandan keyin u atrofdagi narsa va hodisalarni ko’rmaydi. Ko’pchilik psixologlar P.P.Blonskiyning2 bu fikriga qo’shilmaydilar. Jumladan, atoqli psixolog S.L.Rubinshteyn mulohazasiga ko’ra diqqat ongga ham, ob'ektning xususiyatlariga ham bog’liq emas. Buning ahamiyatli tomoni diqqatning ob'ektga yo’naltirilishidadir. Mazkur yo’naltirishning asosiy sabablari sifatida shaxs, ehtiyoj, maqsad ko’rsatiladi. Demak, diqqat 1 Shаpоvаlеnkо I.V. Vоzrаstnаya psiхоlоgiya (Psiхоlоgiya rаzvitiya i vоzrаstnаya psiхоlоgiya): uchеbnik dlya studеntоv vuzоv. Shаpоvаlеnkо I.V. – M.: Gоrdаriki, 2007. – 344s. 2 Blеyхеr V.M. , Burlachuk L.F. Psiхоlоgichеskaya diagnоstika intеllеkta i lichnоsti. K., 1978. 7 65 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ odamning munosabati orqali ifodalanadi, ya'ni diqqat - munosabatdir. Bu yerda diqqat psixik jarayon emas, balki shaxs xususiyatini belgilab beryapti. Diqqat qaralgan tashqi ifodaga ega bo’lgan ob'ektni sezish, idrok qilishdan iboratdir. Shu o’rinda qarama-qarshilik vujudga keladi, chunki ob'ektning yo’qolishi bilan diqqat ham o’z funksiyasini tugatadi. A.N.Leontev3 mulohazasiga ko’ra, bu orientir faoliyati emas, chunki ob'ektning paydo bo’lishi bilan diqqat ham namoyon bo’ladi, ob'ekt yo’q bo’lsa, demak diqqat ham bo’lmaydi, deb ta'kidlaydi. P.Ya.Galperin esa ob'ektning paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Ob'ekt yo’qolgandan keyin esa psixik qism bo’lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi. Demak, diqqat ongning bir ob'ektga yo’naltirilishi va ongli holatni nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir. Psixologiyada diqqatni "yo’naltirish" deganda, psixik faoliyatning tanlovchanligi va ixtiyoriy hamda ixtiyorsizligi tushuniladi. 20-yillarda bir qancha psixologlar diqqat muammosini ustanovka bilan bog’lab tushuntirishga harakat qiladilar. Buning yaqqol isboti sifatida K.N.Kornilov tahriri ostida 1926 yilda chop qilingan psixologiya darsligidagi bir mavzu "Ustanovka va diqqat" deb atalganligi bilan izohlash mumkin. Darslikda yozilishicha, qator ob'ektlardan bir ob'ektni ajratish diqqatning sub'ektiv kechinmasidir va buni ob'ektiv hodisalar bilan taqqoslash, sezgi organlarining ustanovkasidan, ishlash vaziyatidan iboratdir. Shunga o’xshash g’oya L.S.Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham ko’zga tashlanadi. L.S.Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo’lgan ikkita ustanovka turini ajratib ko’rsatadi, ular: a) sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobiliyati b) motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobiliyati. Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustunligi sezilib turadi. L.S.Vigotskiy4 unga misol qilib jismoniy tarbiya mashg’ulotida komanda (buyruq) berishni misol keltiradi. Safda turganlarga qarab "O’ng" deb aytamiz. Shu zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo’zg’aydi "ga!" deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog’liq motor ustanovka komanda oxirini eshitishni ta'minlaydi. Bu yillarda psixologlar ustanovkani kishining ijtimoiy tajribasi bilan bog’liq ravishda tadqiqot qilishga harakat qilganlar. P.P.Blonskiyning mulohazasicha, diqqatning asosida kishining ijtimoiy qiziqishlari yotadi. Psixologlar orasida diqqatni tushuntirishda turli qarashlar, nazariyalar vujudga keladi. Vaholan
Доказательный фрагмент
«In this article, the opinions of scientists on the development of preschool children's attention are presented and analyzed.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the opinions of scientists on the development of preschool children's attention are presented and analyzed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- children of preschool age, development of attention, opinions of scientists, дети дошкольного возраста, maktabgacha yoshdagi bolalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026