К содержанию
РецензированоRU2023

ПОЯВЛЕНИЕ ИНСТРУМЕНТА "ДОИРА" И НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ

Eminov Latif

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article focuses on the emergence of circle instruments and folk instruments. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are cited throughout the article. Conclusions and suggestions are given at the end of the article. Key words: emergence of circle instrument, folk instruments, "Chirmanda". ПОЯВЛЕНИЕ ИНСТРУМЕНТА "ДОИРА" И НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ Аннотация. Данная статья посвящена возникновению круговых инструментов и народных инструментов. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы цитируются на протяжении всей статьи. Выводы и предложения даны в конце статьи. Ключевые слова: возникновение кругового инструмента, народные инструменты, «чирманда». Musiqa sohasida, O’rta Osiyo va Sharq xalqlari qatori, o’zbek usullari, ya’ni ritmik yo’llari va ularning rivojlanish usullari alohida o’rin egallaydi. Chalish usullar qoida bo’yicha urib chalinadigan musiqa asboblari ijrosida qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan urma zarbli musiqa asboblaridan, O’zbekistonda, Tojikistonda va Uyg’ur xalqlarida va shu bilan bir qatorda, Sharqda o’zining shirali ovoziga ega bo’lgan, musiqa cholg’u asbobi doira hisoblanadi. Doira iborasi ba’zan «Dapp», «Childirma», «Chirmanda» deb ham yuritiladi. Xorazmda dapp, childirma ijrochini esa “Dappchi”- childirmachi deb aytadilar, Buxoroda doiradast, Farg’onada chirmandachi, Samarqanda esa doirachi deb yuritiladi.O’zbek xalqi qadimdan doira asbobini juda ardoqlab kelgan. O’tmishda bu asboblarning sadolari ostida xalqni maydonlarga, to’y-tomoshalarga, musobaqa kurashlarga va har-xil sayillarga chaqirganlar. Jumladan: "Hosil bayrami", "Uzum sayli", "Qovun sayli" va shunga o’xshash kabi mavsumiy bayramlar keng tarqalgan.Bayramlarda, 7 22 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ madaniy marosimlarda ayniqsa karnay, surnay va nog’ora, doira kabi urma zarbli musiqa cholg’ulari keng qo’llanilgan.Buyuk Shark mutafakkirlarining merosi, xalq cholg’ularini o’rganish sohasida ham tarixiy qimmatga ega. Abu Nasr Muhammad Farobiyning mashhur asari "Musiqa haqida katta kitob" ("Kitob al-musiqa, al-kabir") ulkan ahamiyatga ega hisoblanadi. O’rta asr olimi bu kitobdan ikki xil musiqa ijrochiligi: ohangni inson ovozi (qo’shiq san’ati) va cholg’ular vositalarida qayta tiklashga ajratadi. Darvish Ali o’z davri (XVII acr) da mavjud bo’lgan cholg’u ansambllari va ularning ijrochilari haqida ma’lumot bergan. Saroyda 60 cholg’uchidan iborat ansambl bo’lgan. «Nog’ora xona» deb atalgan 60 kishilik cholg’uchilar ansamblni nog’orachi boshqargan. Darvish Ali misol tariqasida shunday dalilni keltiradi: «Sulton Husayin saroyida ansamblning rahbar-mehtar vazifasini nog’orachi Sayid Ahmadbin mehtariy Miroqiy bajargan. «Nog’ora xona» nog’ora va damli musiqa cholg’ularida kuy chalayotgan paytda ijrochilar joylashgan xona ko’zda tutiladi.Bizning jumhuriyatimizda doyra ritmik usullarini dunyoga mashhur qilishda o’z hissasini qo’shgan Usta Olim Komilovning boy merosi avlodlar uchun katta maktab vazifasini o’tamoqda. Mashhur doyrachilar G’ofur Azimov, G’ofur Inog’omov, Rahim Isaxo’jayev, Evner Barayev, Qahramon Dadayev, Ravshan Akbarbekov, Odil Kamolxo’jayev, Dadaxo’ja Sottixo’jayev, To’ychi Inog’omovlar ustaning ananalarini davom ettirdilar.Shuningdek, Toshkent Davlat konservatoriyasi dosenti A.XLiviyev ham "Doira uchun etyudlar" to’plamini yaratgan edi. SamDU musiqa fakulteti dosenti Y.Haqqulov "Doira uchun pyesalar" to’plami yaratganlar. A.Rasulov nomidagi SamDSBY katta o’qituvchisi Asliddin Sirojev "Doyra uchun pyesalar» yaratdilar, A.Ashrafxo’jayev "Doira sinfi bo’yicha xrestomatiya"yozganlar. Doira ko’rinishidan oddiy aylanma shaklida bo’lib, diametri taxminan 400 mm bo’lgan, gardishi ilgari uzum zangidan qilingan, so’ngi vaqtlarda yog’ochni egib yoki kichik bo’laklarga bo’lib, ularni bir-biriga ulab yasaladi. Doyraning gardishiga buzoq yoki baliq, ba’zan toyning terisidan qoplangan. Gardish o’rtasiga qirqdan ortiq halqachalar taqiladi. Bu halqachalar doyrani chalganda ijroga qo’shimcha sado beradi. Bu halqachalarning nomi shing’iroq, shilshila deyiladi, shing’iroqlar mayda doiracha shaklida bo’lib, misdan va temir metallardan ishlab yasaladi. Doyrada 2 ta asosiy tovush bor. Biri past "bum" (Xorazmda "gup") ikkinchisi baland "bak" (xorazmda "toq") deb yuritiladi. Ketma-ket 7 23 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ kelgan ikkita qisqa tovush "bakko" yoki «bakka» (tak-tak) yoki (bak-bak) "taka" deb yuritiladi. Ilgarilari Bum (gup) 1ta chorak notaga teng bo’lgan. Bak (tak) ham 1ta chorak nota hisoblangan. Bak-bak (tak-tak) 2 ta-choraktalik notaga teng. Bakka (taka) esa 2 ta 8 talik notaga teng. Agar taktlar o’rtasida pauza kelsa "Ist" so’zi qo’llanilgan. Masalan: bakka bum bak ist baka bak. 30 yillardan so’ng doyra usullari, ya’ni "Bum" chiziq ostiga "Bak" esa chiziq ustiga yozilib, ijro etiladigan bo’ldi. Bu doira usullar

Доказательный фрагмент

«This article focuses on the emergence of circle instruments and folk instruments.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article focuses on the emergence of circle instruments and folk instruments. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emergence of circle instrument, folk instruments, "Chirmanda", doira cholg’usining paydo bo’lishi, возникновение кругового инструмента
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники