Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА ДОШКОЛЬНИКОВ
Abduraxmonov Otabek Abdug’affor o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the pedagogical and psychological features of the formation of social intelligence of preschool children. Key words: school, pedagogical and psychological, intellect, child. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА ДОШКОЛЬНИКОВ Аннотация. В данной статье говорится о педагогико-психологических особенностях формирования социального интеллекта дошкольников. Ключевые слова: школа, педагогико-психологический, интеллект, ребенок. Maktabgacha yoshdagi bolalarning pedagogik-psixologik xususiyatlari rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchining faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni, pedagogik - psixologik jihatlarini ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan go’daklik davriga xos bazi xarakatlarni asta – sekin yo`qotish mumkin. Maktabgacha yoshda inson shaxsi kamolotining muxim bosqichi hisoblanadi, maktabgacha yoshdagi bolalarda g`oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik o‘zgarishlar ro`y beradi, bolaning muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur sifatlar ta’lim –tarbiya ta’sirida paydo bo‘ladi, barqaror, mustaxkam iz qoldiruvchi ijobiy xislatlar namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar kamolotga erishgan sayin uning ichki dunyosida yangi fazilatlar va sifatlar paydo bo`la boshlaydi, psixikasida keskin qayta burilish sodir bo‘ladi. O‘zgarishlar uning oldiga yangi talablar qo`yadi, bu esa o‘z navbatida ko‘proq xuquq va erk berilishini, eng avvalo mustaqil qarorga kelish va xulq – atvorini maqbul deb hisoblab amalga oshirishni takozo qiladi. Ijtimoiy rivojlanish, kamolotga intilish, nisbiy barkarorlik maktabgacha yosh davrining eng muxim xususiyatlari hisoblanadi. Bizningcha, mana shu omillar qatoriga shaxslararo munosabatlarning to‘g‘ri yo‘lga qo`yilishi, odamlarning oqilona, odilona muloqotga o‘rgangani, jamoa va guruxlarda ijobiy psixologik muxit yaratilgani, asabiylashish, parokandalik kamayganini ham qo`shish maqsadga muvofikdir. 3-7 yoshgacha bo’lgan davr bog’cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o’zgarishlari bo’lishini inobatga olgan xolda 3 davrga bo’lish mumkin (3-4yosh) kichik maktabgacha davri, (4-5yosh)kichik bog’cha yoshi, o’rta maktabgacha davr( o’rta bog’cha yoshi) 7 07 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog’cha yoshlilarga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida odamlarning ilgari o’tgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. Bola insoniyat ko’lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o’zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti–harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o’sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog’i kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog’cha yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi hususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatinining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko’rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab qoladi. Mana shu so’zlardan bog’cha yoshidagi bola tabiatining asosiy qonuni bo’lmish serharakatliligini ortiqcha cheklab tashlamay, balki maqsadga muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko’rinib turibdi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan munosabat orqali bola ahloq normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog’cha yoshidagi bola endi o’z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning harakati muvofiklashtirilgan xolda bo’ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o’zi bilganlarini mustaxkamlashga ehtiyoj sezadi. O’zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos hususiyatdir. Bog’cha yoshidagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosabatda bo’lish, uynash ehtiyojlarinig mavjudligidir. Bu davrda bolalarda hamma narsani bilib olishga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog’cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo’lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri uning har narsani yangilik sifatida ko’rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosq
Доказательный фрагмент
«This article talks about the pedagogical and psychological features of the formation of social intelligence of preschool children.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the pedagogical and psychological features of the formation of social intelligence of preschool children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- school, pedagogical and psychological, intellect, child, школа, maktab
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025