Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПОНЯТИЕ ГРАЖДАНСТВА И ПОРЯДОК ПОЛУЧЕНИЯ ГРАЖДАНСТВА
Beknazarov Jaloliddin Olimjon oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the concept of citizenship and the procedure and issues of acquiring citizenship. Reasonable opinions and comments are given throughout the article. Key words: the concept of citizenship, the procedure for acquiring citizenship, legal status. ПОНЯТИЕ ГРАЖДАНСТВА И ПОРЯДОК ПОЛУЧЕНИЯ ГРАЖДАНСТВА Аннотация. В данной статье говорится о понятии гражданства, а также о порядке и вопросах приобретения гражданства. Обоснованные мнения и комментарии даны на протяжении всей статьи. Ключевые слова: понятие гражданства, порядок приобретения гражданства, правовой статус. Shaxsning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolik muhim omil ekanligi e’tirof etilgan qoida. Har qanday mamlakatda, jumladan, O‘zbekistonda yashovchi aholining asosiy qismi O‘zbekiston fuqarolaridan iborat bo‘lib, aholining ma’lum qismi O'zbekiston fuqarosi bo‘lmasligi mumkin. Ular O‘zbekistonda turli sabablar bilan yashayotgan, ishlayotgan, o‘qiyotgan, safarga kelgan, xorijiy mamlakatlar fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin. Shaxs ma’lum davlatga mansub bo‘lsagina u fuqaro hisoblanadi. Bu tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi. Fuqarolik - Konstitutsiyaviy institut. Uning asoslari Konstitutsiyada belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganlikdan qat’iy nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi, ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi» (Konstitutsiyaning 21-moddasi). Shu moddada fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi, deb ko‘rsatilgan. Fuqarolik masalasi 2020-yilgacha 1992-yil 2-iyuldagi qonun bilan tartibga solingan. Bu qonun eskirib qolgani uchun O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida «...fuqarolik masalasiga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlash borasida navbatdagi muhim qadam qo‘yish zarurligini hayotning o’zi taqozo etmoqda», deb qayd qildi va 2020-yil 13-martda «O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Qonunning 4-moddasida fuqarolikning huquqiy tushunchasi berilgan bo‘lib, unga asosan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiyhuquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqalar ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. Demak, fuqarolik shaxsning davlatga huquqiy mansubligi va uning natijasida fuqaro - shaxs bilan davlat o‘rtasida ma’lum munosabat, o‘zaro huquq va burchlar vujudga keladi. O‘zbekistonda yakka fuqarolik o‘rnatilgan, yakka fuqarolikning siyosiy ahamiyati ham katta. Fuqarolik shaxs bilan davlat o‘rtasida siyosiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Fuqarolik natijasida shaxs ma’lum huquq va erkinliklarga ega bo‘libgina qolmay, ma’lum burchlarga ham ega bo‘ladi. Natijada, shaxsning 6 91 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ davlat oldidagi mas’uliyati oshadi. Ma’lum mamlakatlarda yashovchi hamma kishilar, albatta, fuqaro deb qaralmasligi kerak, mamlakatda yashovchilar aholi bo‘lishi mumkin. Aholi tarkibiga fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari ham kiradi. Ularning huquqiy holatida sezilarli tafovutlar mavjud. Shaxsning ma’lum davlatda yashashining o‘zigina uni fuqaro deb hisoblashga asos bo‘lmaydi, shaxs fuqaro bo‘lishi uchun shaxs bilan davlat o‘rtasida alohida munosabatlar mavjud bo‘lishi kerak. Fuqarolik davlat bilan shaxs munosabatlarining alohida tartibda amalga oshishini ta’minlaydi. Umumiy asosda davlat qonun yo‘li bilan kim shu davlatning fuqarosi hisoblanishini, fuqarolikka ega bo‘lish, uni yo‘qotish asoslari va tartibini belgilab qo‘yadi. Har bir shaxsning fuqaroligi alohida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘zbekistonda bunday hujjat shaxslarning pasportidir. Fuqarolik shaxs bilan davlatning barqaror munosabatlarini vujudga keltiradi. Fuqaro va davlat munosabatlarini belgilashda xalqaro huquq normalari ham e’tirof etiladi. O‘zbekistonda fuqarolikni quyidagicha xarakterlash mumkin. O‘zbekistonda yakka fuqarolik e’tirof etilgan. Konstitutsiya va qonunda bu mustahkamlangan. O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiston fuqaroligidan chiqmasdan turib, boshqa mamlakatlarning fuqaroligini qabul qilishi mumkin emas va aksincha. O‘zbekistonda fuqarolik tenglikka asoslangan, ya’ni fuqarolikka ega bo‘lish qanday asoslarda bo’lmasin (tug‘ilish bilan bo‘ladimi, keyinchalik fuqarolikka o‘tganmi) ular hamma sohada tengdir. O‘zbekistonda fuqarolikka ega bo‘lish ochiq va erkinlikka asoslanadi. Ya’ni O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lish uchun ortiqcha cheklovlar o‘rnatilmagan. Fuqarolikning ochiqligi, erkinligi, har qanday O‘zbekiston fuqarosi o‘z xohishi bilan O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechishi mumkinligi qonunlarda mustahkamlangan. Hech kim o‘z qarashlariga ko‘ra fuqarolikdan majburiy ravishda chiqarilishi mumkin emasligining o‘rgatilishi fuqarolikning muhim prinsiplaridan biridir. Fuqarolikdan qar
Доказательный фрагмент
«This article talks about the concept of citizenship and the procedure and issues of acquiring citizenship.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the concept of citizenship and the procedure and issues of acquiring citizenship. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- the concept of citizenship, the procedure for acquiring citizenship, legal status, понятие гражданства, fuqorolik tushunchasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024