К содержанию
РецензированоRU2023

ОРГАНИЗАЦИЯ УЧЕБНОГО ПРОЦЕССА В КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ

Mamatqulova Gulzoda Xolmurodovna · СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

The article presents views on the objective and subjective conditions for organizing self-study in the credit-modular system and the training system. Key words: Credit, module, credit-module system, academic mobility, credit hour, independent education. O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar asosan inson huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Shubhasiz, globallashuv va postmodernizatsiya jarayonlari hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ta’limga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Maʼlumki, davlat rivojlanishi va huquqiy davlat maqomini olishi uchun yuqori malakali Yuridik kadrlar boʻlishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislar tayyorlash darajasi va huquqiy ta’lim sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimi zamon talablarini hisobga olgan holda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim mazmunini yangilash va sifatini oshirishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020-yil 29- apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit- 6 45 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 359-son qaroriga asosan yuridik texnikumlarda kredit-modul tizimi joriy qilingan. Kredit - modul tizimi – mustaqil ta’lim olishga qaratilgan va individuallik asosida bilimni ijodiy o‘zlashtirish, o‘quv jarayonini qat’iy belgilangan holda ta’lim yo‘lini tanlash va kredit holida bilim hajmini belgilovchi tizimdir. Bu tizim hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida umumiy yo‘lga qo‘yilgan, vaqt sinovlarida o‘zini yetarlicha oqlagan va bir biridan farq qiluvchi, lekin bir – birini o‘zaro to‘ldiruvchi ikkita – modul va kredit o‘qitish texnologiyalarini birlashishidan hosil bo‘lgan. Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: o‘quvchilarning mustaqil ishlashini taʼminlash; o‘quvchilar bilimini reyting asosida baholash. Yuridik texnikumlarda o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa modeli (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS)ga muvofiq tashkil qilinadi. ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, o‘quvchi o‘qishi davomida har semestrda 30 kredit to‘plab borishi kerak bo‘ladi. Professional ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi texnikumlarda o‘qish muddati 2 yilni tashkil etib, yakunda 120 kredit to‘lashi talab etiladi. Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit o‘quvchi bajarishi kerak bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 soatlik o‘qish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan bo‘lsa, o‘quvchi ushbu fan bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi (25*6=150; 30*6=180). Shunday ekan, kredit-modul tizimini joriy etgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar har bir fan uchun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, o‘qish hali boshlanmasdanoq har bir fanni o‘qish va o‘rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligini bilib oladilar. Bu ta’limda shaffoflikning bir ko‘rinishidir. 1 kredit o‘qish yuklamasi (25-30 soat oralig‘ida) aynan necha soat bo‘lishini odatda har bir ta’lim muassasasi o‘zining ichki qoidalarida belgilaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o‘qish yuklamasi bu fanni o‘rganish uchun sarflanadigan jami harakatlar jamlanmasi bo‘lib, unga nafaqat dars vaqti, balki o‘quvchining fanni o‘rganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, o‘quvchi ushbu fanni o‘zlashtirish uchun sarflagan barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi. Umumiy o‘qish yuklamasining aynan qancha qismi darsga, auditoriya soatlariga to‘g‘ri kelishi quyidagicha: Kredit-modul tizimi amaliyotida auditoriya va mustaqil o‘qish soatlari nisbati o‘rtacha 40/60 foizni tashkil etadi. Bu nisbat, boshqacha qilib aytganda, 1/1.5ga to‘g‘ri keladi, ya’ni o‘quvchi muayyan fan bo‘yicha belgilangan har bir soat dars uchun darsdan tashqari bir yarim soat mustaqil o‘qishi, tayyorlanishi kerak bo‘ladi. Bunda OTM 1 kredit uchun 30 soatlik o‘qish yuklamasi belgilagan bo‘lsa, undan 12 soati (30*40 %=12) auditoriya soatlari, 18 soati (30*60 %=18) esa o‘quvchining mustaqil o‘qish soatlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu taqsimot asosida 6 kreditlik fan

Доказательный фрагмент

«The article presents views on the objective and subjective conditions for organizing self-study in the credit-modular system and the training system.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents views on the objective and subjective conditions for organizing self-study in the credit-modular system and the training system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Credit, module, credit-module system, academic mobility, credit hour, Кредит, Kredit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники