К содержанию
РецензированоRU2023

САХАРНЫЙ ДИАБЕТ – НАРУШЕНИЕ ОБМЕНА ВЕЩЕСТВ, НЕГАТИВНО ВЛИЯЮЩЕЕ НА ЗДОРОВЬЕ И ЖИЗНЬ ЧЕЛОВЕКА

KO’RSATADIGAN METOBOLIK BUZILISHDIR · Atabayeva Ozoda Faxriddinovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article discusses and analyzes diabetes mellitus, a metabolic disorder that negatively affects human health and life. Key words: diabetes, human health, disease, metabolic, surgical model, chemical model. САХАРНЫЙ ДИАБЕТ – НАРУШЕНИЕ ОБМЕНА ВЕЩЕСТВ, НЕГАТИВНО ВЛИЯЮЩЕЕ НА ЗДОРОВЬЕ И ЖИЗНЬ ЧЕЛОВЕКА Аннотация. В данной статье рассматривается и анализируется сахарный диабет – нарушение обмена веществ, негативно влияющее на здоровье и жизнь человека. Ключевые слова: сахарный диабет, здоровье человека, заболевание, метаболические процессы, хирургическая модель, химическая модель. Oxirgi o’n yillik natijalarga ko’ra kasallik uzluksiz o'smoqda, epidemiologik prognozlarga ko'ra, 2030 yilga kelib kasallik dunyo aholisining 7-8 foizini tashkil qiladi[1]. Qandli diabetning taxminan 10 foizi 1-tip qandli diabetga to’g’ri keladi (QD1) [2], oshqozon osti bezi betta hujayralarining nobud bo'lishi natijasida rivojlanadi, tanadagi uglevod va yog’ almashinuvi boshqarilishini buzulishi insulin ishlab chiqarilishini to'xtatishga olib keladi. Ushbu kasallikni o'rganishga qaratilgan ko'plab tadqiqotlarga qaramay, kasallik rivojlanishda davom etmoqda. 1-tip qandli diabetning oldini olish va davolash uchun vositalar yetarli emas, bu esa ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlarni asoratlariga ko’ra yuqori xavf guruhiga kirishini va diabetli odamlar orasida o'limning umumiy xavfi diabet kasalligi bo'lmagan tengdoshlariga qaraganda ikki baravar yuqori ekanligini ko'rsatadi [3]. Asoratlar ichida shuni takidlash kerakki, ayollarning reproduktiv salomatligiga nojo’ya ta’siri, hayz siklidagi o’zgarishlar, bepushtlik, homiladorlik va tug’ruq holatlarni patologik kechuviga va yana ko’plab asoratlarga olib keladi [4, 5]. Yuqoridagi faktlarni hisobga olgan holda, diabet va uning asoratlari asosida yotgan murakkab mexanizmlarni chuqur tushunish, davolashning yangi usullarini ishlab chiqish va ushbu kasallik bilan bog'liq oqibatlarni kamaytirish uchun mavjud davolash usullarining yangi istiqbollarini aniqlash va amaliyotga tadbiq qilish kerak. Biroq tibbiyot muammolarini yechimida invaziv muolajalar yoki kuzatuvlar, bemorni etik va psixologik holatlarini inobatga olish kerak. Eksperimental modellar har qanday kasallikning patofiziologiyasini o'rganish uchun eng qulaydir. Tadqiqotda hayvonlardan foydalanish jiddiy muammoga aylanishi mumkin, chunki hayvonlarda fizik va psixologik zo’riqish kuzatilishi mumkin. [6]. Bu boradagi eng muhim 5 99 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tushunchalardan biri 1959 yilda Rassel va Birch tomonidan ishlab chiqilgan 3R konseptsiyasidir (qisqartirish, takomillashtirish va almashtirish) [7]. Ushbu konseptsiyaga rioya qilish, eksperimentda ishlatiladigan hayvonlarning sonini ularning azob-uqubatlarini kamaytiradi. So'nggi o'n yilliklarda qandli diabetni o'rganish va diabetga qarshi dori-darmonlarni sinab ko'rish uchun ko'plab hayvonlar modellari yaratilgan, ular orasida kimyoviy, jarrohlik, gormonal, virusli va genetik aralashuvlar mavjud. Qandli diabetni modellashtirish metodologiyasiga yondashuvlar uzoq vaqtdan beri ma'lum bo'lishiga qaramay, eksperimental usullar bir xil modelda ham farq qiladi. Ushbu maqolada biz ulardan eng ommabop va arzonlarini ko'rib chiqamiz. Xirurgik model Hayvonlarda giperglikemiya ta'sirini o'rganishning eng aniq usullaridan biri bu oshqozon osti bezini qisman yoki to'liq olib tashlash. Bu modelda foydalanadigan hayvon turi tadqiqot maqsadiga bog’liq. Umuman olganda, hayvon qanchalik kichik bo'lsa, model turli xil sharoitlarga moslashtirilgan va shunga mos ravishda eksperimentning narxi arzonroq bo’ladi, shuning uchun ko’proq kalamush va sichqonlardan foydalaniladi. Shunga qaramasdan kemiruvchilardan foydalanishning asosiy kamchiligi shundan iboratki, olingan ma'lumotlar odamlarga nisbatan kasallikni yetarli darajada aks ettirmasligi mumkin, shuning uchun bu holatlarda yirikroq hayvonlardan quyonlar, mushuklar, itlar, cho'chqalardan foydalaniladi[8]. Tadqiqotlar moliyaviy holatlarga qaramasdan, total pankreatektomiya operatsiyadan keyingi birinchi kunlarda gipoinsulinemiya va giperglikemiya rivojlanishida ushbu modelda quyidagi omillarni cheklashga olib keladi: -tehnik jihozlar va xirurgik mahoratning yuqori darajadaligi; -oshqozon osti bezining ekskretor yetishmovchiligida o’rnini bosuvchi terapiya talab qilinishi; -80% subtotal pankreatektomiyada diabetning 9 oydan keyin rivojlanish holatlari; -letal holatlar darajasi yuqori bo’lishi; -operatsiyadan keyingi holatlarda infeksion asoratlanish darajasining yuqoriligi va yana ko’plab omillarga sabab bo’ladi. [10] Kimyoviy model Qandli diabet modelini yaratish uchun kimyoviy agentdan foydalaniladi, tasir qilish mehanizmi oshqozon osti bezidagi betta hujayralarni zararlashi natijasida qandli diabet rivojlanadi. Bu modelni qo’llashda har xil diabetogen aktivlikga ega bo’lgan moddalardan qo’llaniladi: alloksan, streptozototsin, dialuron kislota [1

Доказательный фрагмент

«This article discusses and analyzes diabetes mellitus, a metabolic disorder that negatively affects human health and life.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses and analyzes diabetes mellitus, a metabolic disorder that negatively affects human health and life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diabetes, human health, disease, metabolic, surgical model, chemical model, qandli diabet, сахарный диабет
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники