Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
MUTRIB SHE’RLARIDA MATN TAHRIRI VA UNING NAMOYON BO‘LISH USULLARI
ADABIY MEROS · MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK · SOHIBA MADIRIMOVA · NAMOYON BO‘LISH USULLARI
in Library · 1923
Аннотация
In this article, the lyrical poems of the Khorezm literary milieu poet Muhammad Hasan Mutrib Haji Tabib son (1853-1923) are studied from the aspect of textual studies. The poet’s poems were studied based on the classification of author’s edition and scribe’s edition. Keywords: text, devon, manuscript source, original, conversion, ghazal, maqtaʼ, couplet. Аннотация: В данной статье с текстологической точки зрения исследуются лириче- ские поэмы поэта хорезмской литературной среды Мухаммада Хасана Мутриба Хаджи Табиба сына (1853-1923). Стихотворения поэта изучались на основе классификации ав- торского издания и переписного издания. Ключевые слова: текст, диван, рукописный источник, оригинальность, адаптировать, газель, стих, клаузула. M atn tahriri adabiy asarlarning muallif dastxati yoki unga yaqin variantlarini nashr nusxalari bilan qiyosiy o‘rganish, yuzaga kelgan tafovutlarning sabablarini aniqlash- da muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday yaratilayotgan asar biror maqsadga yo‘naltirilgan holda yoziladi. Shunday ekan “tahrir” jarayoni ikki usulda namoyon bo‘ladi. Bi- rinchisi, muallif ongli ravishda yoki o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy voqealariga binoan yaratgan asa- rining qayta sayqallanish jarayonida yuzaga kelgan tahrir, ikkinchisi yaratilgan asarning kotib- lar tomonidan amalga oshirilgan bilvosita yoki bevosita qilingan tahrir. Rus olimi D.S.Lixachov “Tekstologiya” kitobida tahrirning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi: 1) g‘oyaviy tahrir; 2) uslubiy tahrir; 3) asardagi faktlarni boyitish, kengaytirishga qaratilgan tahrir; 4) bir necha turni o‘zida mujassam etgan qorishiq tahrir1. Matnshunos Q.Pardayev o‘zining tadqiqotida matn tahririni g‘oyaviy tahrir, muallif tahriri, kotib tahriri2 kabi turlariga ajratib o‘rganadi. Mutrib Xonaxarob adabiy merosi tadqiqida yuqorida keltirilgan tahrir turlarini to‘liq tatbiq etib bo‘lmaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shoir devoni qo‘lyozmalariga ko‘chirilgan lirik asarlar matnida jiddiy o‘zgarishlar borligi namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Mutrib asarlari matniga doir tahrirni quyidagi tasnif asosida o‘rganish mumkin: 1. Muallif tahriri; 1 Лихачев Д.С. Текстология. Краткий очерк. – М. –Л: Наука, 1964. – С.7. 2 Pardayev Q. Muqimiy she’riyatida matn tarixi, tahriri va talqini. Filol. fan. d-ri... diss. – Toshkent, 2019. – B. 47-48. 49 2. Kotib tahriri. Mutrib she’rlari matnida muallif tahririning quyidagi uch ko‘rinishi ko‘zga tashlanadi: 1. Yaxlit she’r baytlarining qisqarishi; 2. Bayt tarkibidagi so‘zlarning o‘zgarishi; Yaxlit she’r baytlarining qisqarishi. Tahrirning bu turi Mutrib ijodida g‘azal baytlariga bog‘langan muxammaslar matnida ko‘proq uchraydi. Bu hol shoirning Navoiy, Munis, Oga- hiy g‘azallariga bog‘lagan taxmislarida yorqinroq ko‘rinadi. Masalan, 1134 raqamli “Majmuat ush-shuaroi payravi Feruzshohiy” qo‘lyozma manbada Mutribning Ogahiy hamda Feruz g‘azal- lariga bog‘lagan 5 ta muxammasi berilgan. Bular O‘zR FA ShIda saqlanayotgan shoir devoni qo‘lyozmalarida uchramaydi. Jumladan, shoir Ogahiyning rajazi musammani solim (– – V – / – – V -/ – – V -/ – – V -) vaznida yaratgan “Jonbaxsh la’ling uzra to xat qildi paydo orazing3” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azaliga taxmis bog‘lagan. Muxammasning birinchi bandi quyidagicha: Qildi xirad begonasi ko‘rgach, nigoro, orazing, Aylab manga har lahzada mehr oshkoro orazing, Bazmimg‘a yetkurdi bu tun ming zebu oro orazing, Jonbaxsh la’ling uzra to xat qildi paydo orazing, Xurshid uza jam’ ayladi Xizru Masiho orazing (1134 inv. 22b, 23a ). Shoir Ogahiyning 9 baytli g‘azalidan uchinchi hamda oltinchi baytlarini tushirib qoldirib, 7 baytiga taxmis bog‘lagan. Tushirib qoldirilgan baytlar quyidagicha: Zohid tilar jannat guli sarvin magarkim ko‘rmamish, Lutf ichra zebo qomating husn ichra hamro orazing. Oydek yuzung mahjurlari shom g‘amini yorutur, Partav maning shomimg‘a ham solg‘aymu oyo orazing. Mutrib Ogahiyning “Orazing” hamda “Qoshu ko‘zung” radifli g‘azallariga taxmis bog‘lar ekan, ustozi g‘azallarining biror so‘zini o‘zgartirmagan. Ammo g‘azalning aksar baytlari tushirib qoldirilgan. Bizningcha, buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, shoir Ogahiy tomonidan yaratilgan ushbu g‘azallarning ba’zi baytlariga har jihat- dan muvofiq keluvchi taxmis bog‘lashga jur’at eta olmagan; ikkinchidan, shoir tayangan manbada, ya’ni bayoz, majmua yoki devonlarga ko‘chirilgan vari- antlardagi qo‘lyozmalarda yuqoridagi baytlar qisqargan holda berilgan bo‘lishi ehtimoli bor; uchinchidan, shoir g‘azalning o‘zi tanlagan baytlarigagina taxmis bog‘lagan bo‘lishi mumkin. Bayt tarkibidagi so‘zlarning o‘zgarishi. Mutrib Xonaxarobning devon qo‘lyozmalariga kiri- tilmagan muxammaslari 1127 raqamli qo‘lyozmaga ham ko‘chirilgan. Bu qo‘lyozmaga kiritilgan muxammaslar 1134 raqamli qo‘lyozmada ham uchraydi. Ushbu ikki qo‘lyozma manbadagi muxammaslar matni o‘zaro solishtirilganda ular orasida ayrim matniy o‘zgachiliklar borligi aniqlandi. Ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan ikkala man- bada ham muxammaslar Feruz qalamiga m
Доказательный фрагмент
«In this article, the lyrical poems of the Khorezm literary milieu poet Muhammad Hasan Mutrib Haji Tabib son (1853-1923) are studied from the aspect of textual studies.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the lyrical poems of the Khorezm literary milieu poet Muhammad Hasan Mutrib Haji Tabib son (1853-1923) are studied from the aspect of textual studies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- text, devon, manuscript source, original, conversion, ghazal, maqtaʼ, couplet, клаузула, текст, asliyat, tabdil, оригинальность, bayt, адаптировать, газель, диван, g‘azal, стих, band, qo‘lyozma manba, maqta, рукописный источник, matn
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024