Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЕКСИЧЕСКИЙ И МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СЛОВ И СЛОВОСОЧЕТАНИЙ, СВЯЗАННЫХ С ПРИРОДНЫМИ ЯВЛЕНИЯМИ
MORFOLOGIK TAHLILI · Abdurahmonova Dilafro’z · Xidirova Iroda
Современная наука и исследования · 2 · 492-496 · 2023
Аннотация
The article contains words and phrases related to natural phenomena based on Mahmud Koshgari's "Devoni lug'otit turk", "At tuhfat uz zakiyatu fil lug'otit turkiya" dictionary and "Kelurnoma" dictionary by Muhammad Yaqub Chingi. studied, compared and compared words lexically morphologically. Key words: linguistics, lexicon, morphology, "Devoni lug'otit turk", "At tuhfat uz zakiyatu fil lug'otit turkiya", "Kelurnoma", dictionary, term. ЛЕКСИЧЕСКИЙ И МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СЛОВ И СЛОВОСОЧЕТАНИЙ, СВЯЗАННЫХ С ПРИРОДНЫМИ ЯВЛЕНИЯМИ Аннотация. В статье на основе труда Махмуда Кошгари «Девони луг’отит турк», словаря «Ат тухфат уз закияту фил луг’отит туркия» и словаря «Келурнома» Мухаммада Якуба Чинги представлены слова и словосочетания, связанные с природными явлениями. изучали, сравнивали и сопоставляли слова лексически морфологически. Ключевые слова: языкознание, лексика, морфология, «Девони луг’отит турк», «Ат тухфат уз закияту филь луг’отит туркия», «Келурнома», словарь, термин. O’zbek, aniqrog’i, turkiy tilning umumturk adabiy til sifatida shakllanilishi VI – VII asrlarga borib taqalar ekan, uning hozirgi davrgacha bo’lgan faoliyati – o’zining qo’shni qabilalar tomonidan tazyiqlarga uchrab, til manbalarining yo’qotib yuborilishi kabi jiddiy to’siqlarga yuz tutib kelgan bo’lsada, tez orada mustaqil til shaklida rivojlanib chiqa olganligi o’zining qay darajada yuksak til ekanligining asosidir. Bu esa to’g’ridan – to’g’ri, o’z tili taraqqiyoti yo’lida ter to’kib, xizmat qilgan, buyuk taraqqiyparvar namoyondalarimiz faoliyatiga borib taqaladi. Ana shunday taraqqiyparvar namoyondalardan biri bobomiz Mahmud Koshg’ariy edi. U o’zining “Devoni lug’otit turk” asari bilan turkiy tilimiz takomillashuvidagi ilk vositachilaridan biri bo’ldi. Uning X – XI asrlarda yaratilgan bu asari o’sha davr hayot tarzi, madaniyatidan tashqari, til shevasi, tilshunoslikka oid leksika, morfologiya, fonetika kabi uslubiyatlarini o’z ichiga oladi. “Devoni lug’otit turk” – o’z davrining har qaysi soha terminlarini o’rganishdagi noyob qo’llanma bo’lganligi sabab turli guruhlarga bo’lib o’rganiladi. Shu o’rinda biz ham, asarda 4 60 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ keltirilgan “tabiat hodisalariga oid” so’z va birikmalarni tahlil qilib chiqmoqqa bel bog’ladik. Lekin tilshunoslik asari birgina “Devoni lug’otit turk” emasligi yuzasidan XIII – XIV asrlarni o’z ichiga oluvchi, muallifi aniqlanmay qolgan “At tuhfat” lug’ati hamda XVII asr namunasi hisoblanuvchi, Muhammad Yaqub Chingyining “Kelurnoma” kitoblari tarkibida qo’llanilgan “tabiat hodisalariga mansub” so’z va birikmalarni ham o’rganib chiqishni maqsad qildikki, bu uch asar asosida turkiy til tabiat hodisalari terminlari davrlashuvi, o’xshash va farqli jihatlari o’zaro muqoyasalashuvini ko’zda tutdik. Negaki, bu uch asar yozilishi jihatidan, birin – ketin yaratilgan bo’lib, turkiy tilning o’g’uz, qipchoq, qarluq shevalarida tarkibiy almashinilib ishlatiladi. Masalan, “Devoni lug’otit turk”da ko’proq o’g’uz lahjasidagi so’zlar qo’llanilgan bo’lsa, “At tuhfat”da, asosan, qipchoq shevasi so’zlari qo’llanilgan. “Kelurnoma”da bo’lsa, qarluq shevasidagi so’zlardan keng foydalaniladi. “Devoni lug’otit turk” asarining I tomida kelgan “shamol, shabada” so’zini anglatuvchi эсiн (38) va II tomida kelgan тубi (4) so’zlari, “At tuhfat”da jэл (201) shaklida, “Kelurnoma”da esa йэл (88) shaklida qo’llaniladi. Koshg’ariy asari II tomida “yomg’ir” so’zini jaғмур (36), I tomida birikma tarzida: эркин jaғмур (51) ya’ni “kunlab davom etuvchi, bir necha kun to‘xtovsiz yog‘uvchi yomg‘ir” ma’nosida keltirilgan. “At tuhfat”da jaмғур (196), Chingdiy asarida bu so‘z йамғур (87) ko‘rinishida qo‘llangan. “At tuhfat”dagi jïлдïрïм (202) va кокрäк (59) shakllarida berilgan “chaqmoq” so‘zi “Kelurnoma”da йашын (88) tarzida, “Devoni lug’otit turk”ning II- III tomida чак,мак, (191) va jaшïн (28) ko‘rinishida qo‘llaniladi. Aylanma chang ko‘rinishidagi qisqa muddatli kichik shamol ya’ni “quyun” “Kelurnoma”da к,уйун (93) shaklida, “At tuhfat”da коjун (86), “Devoni lug‘otit turk”da bu so‘z qo‘llanilmaydi. Keyingi so‘zimiz ”to‘zon” so‘zi bo‘lib, uning kuchli shamol ko‘tarilishi natijasida havoning changlanish hodisasi ekanligini yaxshi bilamiz. Bu so‘z Koshg‘ariy asarining III tomida тоз (134) shaklida, “Kelurnoma”da чак,ын (109) va “At tuhfat”da ham “Devoni lug‘otit turk”dagi kabi тоз (90) ko‘rinishida qo‘llangan. Demak, o‘g‘uz va qipchoq shevasida “to‘zon” so‘zi ham leksik, ham grafik jihatdan bir xil ko‘rinishda ishlatilgan. Havoga nisbatan qo‘llaniluvchi “sovuq” so‘zi “Devoni lug‘otit turk” asari I tomida тум yoki тумлуғ (258), II tomida ýшùk (24) – “mevalarni uruvchi, ularni o’sishdan to’xtatib qo’yuvchi sovuq” ma’nosida berilsa, “Kelurnoma”da bu so’z савук, (99) holicha keltiriladi. “At tuhfat”da bo‘lsa, aynan “sovuq” so‘zining o‘zi emas balki, “qattiq sovuq” ma‘nosini ifodalovchi аjaз (76) tarzida beriladi. Va shuningdek, “At
Доказательный фрагмент
«The article contains words and phrases related to natural phenomena based on Mahmud Koshgari's "Devoni lug'otit turk", "At tuhfat uz zakiyatu fil lug'otit turkiya" dictionary and "Kelurnoma" dictionary by Muhammad Yaq…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article contains words and phrases related to natural phenomena based on Mahmud Koshgari's "Devoni lug'otit turk", "At tuhfat uz zakiyatu fil lug'otit turkiya" dictionary and "Kelurnoma" dictionary by Muhammad Yaq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linguistics, lexicon, morphology, "Devoni lug'otit turk", "At tuhfat uz zakiyatu, morfologiya, языкознание, tilshunoslik, морфология, leksika, лексика
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024